1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə8/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

Bolalar javoblari:
Kelinglar tanishib olaylik. Men Angliyalik mexmon Ketringman Men O’zbekiston poytaxti Toshkent shaxriga birinchi marotaba kelishim. Sizlar menga Toshkent haqida gapirib beringlar. Men o’zbek tilini yaxshi tushunaman.

Tarbiyachi: kelinglar bolalar Ketringga Poytaxtimiz Toshkent haqida gapirib beraylik. “Mening shaxrim, mening mahallam” mavzusiga oid surat ilib qo’yiladi. Bolalar ko’rgazmali rasmlar orqali Toshkent haqida quyidagilarni gapirib beradilar.
- Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U katta va chiroyli shahar, Uning juda ko’plab chiroyli va baland binolari bor.
- Mustaqillik maydonida ezgulik monumenti va favvoralar joylashgan, kiraverishda esa “Ezgulik arkasi” ustida laylaklar timsoli tushirilgan.
- Oliy majlis binosi, milliy bank, park binolari bir juft kurant soati, teleminora, teatr binolari, sirk binosi, chiroyli metro bekatlari, xayvonot bog’lari va boshqa ko’plab binolar mavjud.
Ketring: shaxringiz juda chiroyli ekan.
Tarbiyachi: bolalar ona shaxrimizni juda yaxshi ko’rishadi. Toshkentimiz va Vatanimiz xaqida ko’plab she’rlarni biladilar hozir sizga aytib berishadi.
Onamdek ardoqlisan, azizsan Toshkentim.
Sen menga qadrdon, tug’ilgan makonim.
Men seni avaylab, asrayman xar chog’.
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog’.

Tarbiyachi: tez aytish qilamizmi, bizga Ketring ham qo’shiladi.
- Toshkent – Shoshkent bo’lganmi?
- Shoshkent – Toshkent bo’lganmi?
Tarbiyachi: - Kelinglar bolalar sizlar bilan baland – baland binolarni quramiz. Ketringga baland binolarni qurib, Toshkent sitini yasab ko’rsataylik.
Bolalar jamoa bo’lib, binolar yasaydilar, manzaralar bilan bezatadilar. Ketring bolalarni ishlarini kuzatib, rag’batlantiradi va Toshkentga yana mexmon bo’lib kelishini, boshqa o’rtoqlariga Toshkentni go’zal shahar ekani, u yerdagi bolalar bilimli, aqlli, bolalar ekanini aytib berishini aytadi. Bolalarbilan xayrlashadi.

Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin