3.Yakuniy qism: 3-5 daqiqa
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
- Zardo‘z kim?
- Korcho‘p qanday dostgoh?
-Qanday zardo‘zlik buyumlarini ko‘rib chiqdik?
- Kashta tikuvchi hunarmandni kim deb ataymiz?
- Kashtado‘zlar qanday buyumlarni tayyorlaydilar?
4-Mavzu: “Mening shahrim – mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish. Badiiy-ijodiy mavzudagi syujеtli-rolli o’yinlarni markazlarda tashkil etish.
Reja:
Voqeaband–ijroli o‘yinlar.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
“Mening shahrim, mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.
Boladagi ijodkorlik layoqatini, o‘yin uchun g‘oyalar o‘ylab topishini, yangi o‘yinlar tashkil etish istagini rag‘batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o‘ynashga, o‘yinchoqlari bilan o‘rtoqlashishga odatlantirish.
Bolaga o‘yinlarda o‘z imkoniyatini haqqoniy baholashga va achchiqlanmasdan mag‘lubiyatni tan olishni o‘rgatib borish.
Voqeaband–ijroli o‘yinlar. Bolaning o‘yin jarayonida atrof-olamni idrok etishga, insoniy munosabatlarni anglashga, kasblar haqidagi tushunchalarini yanada boyib borishiga e’tibor berish lozim.
Bolaga badiiy asarlar, teleko‘rsatuvlar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar, sayohatlardan olgan taassurotlari asosida o‘yin mavzusini rivojlantirishni o‘rgatish. O‘yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilish, ishtirokchilar soniga qarab, turli axborot manbalaridan (kino, adabiyot, ekskursiya) foydalanib o‘yin mazmunini kengaytirish va boyitish, o‘yinda o‘rinbosar narsalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bolani o‘yin mavzusi bo‘yicha tengdoshlari bilan kelishishga; rollarni to‘g‘ri taqsimlashga, tengdoshlariga o‘yin qoidalarini tushuntirishga, kerakli jihozlarni tayyorlashga, harakatlar ketma- ketligiga rioya etishga, birgalikda uyushib harakat qilishga; bir-biriga yon berishga, o‘yin davomida yuzaga keladigan ba’zi ziddiyatlarni mustaqil bartaraf qilishga o‘rgatishda davometish.
Bolaga o‘yin syujetiga mos tarzda qanday harakatlanish lozimligini oldindan kelishish, mo‘ljallash, birlashuvchi syujet yo‘nalishi (tanish o‘yinni yangicha fikrlar bilan boyitish; ishtirokchilar, anjomlarni o‘zgartirish, o‘rinbosar narsalarni kiritish yoki rollar tarkibini kengaytirish v.b.) hisobiga rivojlantirish orqali o‘yinni yanada qiziqarliroq bo‘lishiga erishishnio‘rgatish.
Bolaning ijodiy jihatdan o‘zini namoyon qilishiga, yangi o‘yinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga; o‘yin uchun zarur bo‘lgan qurilmalarni jamoa bo‘lib yasashiga, ishni rejalashtirishiga, mo‘ljallangan ishni oxirigacha etkazishiga sharoit yaratish. Mashg‘ulotlar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish.
O‘yinchoqlarni o‘z joyiga yig‘ishtirib qo‘yishga odatlantirish.
Dostları ilə paylaş: |