1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


MAVZU: QO‘L YUVISH QOIDALARI BILAN TANISHTIRISH



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə48/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

MAVZU: QO‘L YUVISH QOIDALARI BILAN TANISHTIRISH

Maqsad: Bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishni o‘rgatish. Bolalarga iflos qo‘llarda juda ko‘p kasallik tarqatuvchi mikroblar to‘planishini qo‘llarini toza yuvishga odatlanishlari kerakligi xaqida tushuncha berish. Qo‘l yuvish vaqtida suvni isrof qilmaslik, suvni tejash xaqida tushunchalarni mustaxkamlash.

Kutilayotgan natija: Bolalarni shaxsiy gigiena qoidlalariga rioya etishni o‘rganadilar. Qo‘l yuvish texnikasiga amal qilgan xolda qo‘l yuvishga odatlanadilar.

Kerakli jixoz: Qo‘l yuvish odobi mavzusida so‘ratlar, suyuq sovun, salfetka, mashg‘ulot asosida tayyorlangan videorolik, slaydlar, kompyuter, tarkatma materiallar.

Faoliyatning borishi: Tarbiyachi Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Xammangizni kayfiyatingiz yaxshimi?
Bolalar: Xa yaxshi
Tarbiyachi: Bolajonlar xozir o‘lkamizga qaysi fasl?
Bolalar: Qish fasli
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri bolajonlar. Bugungi ob-havomiz qanaqa?
Bolalar: Sovuq
Tarbiyachi: Qish fasli bo‘lgani uchun xavo juda sovuq. Bolajonlar bugun sizlar bilan qo‘l yuvish odobi xaqida suxbatlashamiz. Tozalik deganda nimani tushunasizlar?
Bolalar: Har doim toza ozoda yurishni.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar tozalik bu toza ozoda yurish degani. Tozalik bor joyda doimo sog‘lik bo‘ladi. Iflosgarchilikdan turli kasalliklar kelib chiqadi, chunki iflos yuvilgan qo‘llarda nimalar bo‘ladi?
Bolalar: Turli xil mikroblar, odamni ichiga kirib kasal qiladi.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar iflos yuvilmagan qo‘llarda mikroblar bo‘ladi. Mikroblar ko‘zga ko‘rinmaydigan, juda mayda zarrachalar bo‘ladi. Mikroblar o‘ta zarali, ular odam organizmiga yuvilmagan qo‘llar, tirnoqlarni og‘izga tiqish, yuvilmagan mevalar eyish sababli tushadi va zararlaydi. Natijada kishilarda turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Bugun biz qo‘l yuvish odobi xaqida suxbatlashamiz. Qo‘l yuvish odobini siz qanday tushunasiz?
Bolalar: Ovqat eyishdan oldin doim qo‘llarimiz yuvilgan bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolalar ozoda bo‘lib yurishning tartib qoidalariga amal qilish shaxsiy gigiena deyiladi. SHaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish xar bir bolaning vazifasidir. Bolalar qo‘limizni nima uchun yuvamiz? Siz qo‘lingizni qachon yuvasiz?
Bolalar: Uyqudan turganda, ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan so‘ng.
Tarbiyachi: Uyqudan turganda, ovqatlanishdan oldin, ovqatlangandan keyin, xojatdan so‘ng qo‘llar iflos bo‘lganda, uy xayvonlari bilan aloqa qilgandan so‘ng yutal va aksirishdan so‘ng qo‘llarimizni yuvamiz. Bolajonlar qo‘lni qanday yuvish kerak?
Bolalar: Suyuq sovun quyib yaxshilab yuvish kerak.
Tarbiyachi: Bolalar bugun men sizlarga qo‘l yuvish qoidalarini slaydlar orqali ko‘rsatib beraman. Xamma diqqatini monitorga qaratsin. Bolalar qo‘llarini yuvishda eng avvalo kuylak englari shimarib olinadi, nima qilinadi?
Bolalar: Englar shimariladi.
Tarbiyachi: So‘ngra qo‘llar sovunlanadi, Nima qilinadi?
Bolalar: Sovunlanadi
Tarbiyachi: Sovunlangan kaftlar yaxshilab ishqalanadi. Nima qilinadi?
Bolalar: YAxshilab ishqalanadi.
Tarbiyachi: So‘ngra tirnoqlar osti yaxshilab ishqalanadi. Nima qilinadi?
Bolalar : Tirnoqlar osti ishqalanadi.
Tarbiyachi: So‘ngra qo‘llar toza suv bilan yuviladi. Nima qilinadi?
Bolalar: Toza suv bilan yuviladi.
Tarbiyachi: So‘ngra qo‘llar toza va quruq sochiq bilan quritiladi. Nima qilinadi?
Bolalar: Quruq va toza sochiqda quritiladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar qo‘llarni artishda xar bir bolaning aloxida o‘z sochig‘i bo‘lishi kerak. Qo‘l artishda bir martalik mana bunday salfetkalardan xam foydalaniladi. Endi bolajonlar qo‘l yuvish so‘ratlaridan bittadan olamiz. So‘ratlarni ketma-ketlikda joylashtirib chiqing. Har bir guruh a’zosi ketma-ketlikda o‘zining so‘rati xaqida navbat bilan so‘zlab beradi. Bolajonlar sizlar qo‘l yuvish odobini juda yaxshi bilib oldingiz. Keling endi qo‘l yuvishni amalda bajaramiz.
Tarbiyachi va bolalar qo‘l yuvishni o‘rganishadi.
Tarbiyachi: Barakala bolajonlar mana endi siz qo‘l yuvish qoidasini juda yaxshi bilib oldingiz. Xozir biz suv, sovun xaqida she’r aytish bilan faoliyatni yakunlaymiz.
Madina : Mikrob bo‘lar juda quv,
YAshirinib yurar u
Unga qarshi kurashgan
YAsha sovun, yasha suv!
Ishqaganda ko‘pirgan
Dog‘larni xam o‘chirgan
CHarchamagan xizmatda
YAsha sovun, yasha suv
Ruxshona: Ozodalik asosi
Buyumlarning a’losi
Mikroblarni qiruvchi
YAsha sovun, yasha suv
YUzlarimni yuvaman
YAlqovlikni quvaman
Sog‘lik bergan tanamga

YAsha sovun, yasha suv



Tarbiyachi: Bugungi faoliyatimizda qo‘l yuvish odobi xaqida bilib oldingiz. Aziz bolajonlar faoliyatda yaxshi ishtirok etganingiz uchun raxmat . Mana bu yulduzchali, rangli qog‘ozchalarni sizlarga tarqatib beraman.
http://hozir.org
Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin