1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


-Mavzu: MTTda “Odobnoma” mavzulari bo’yicha ta’lim-tarbiyaviy ishlarni loyihalash



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə45/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

19-Mavzu: MTTda “Odobnoma” mavzulari bo’yicha ta’lim-tarbiyaviy ishlarni loyihalash.

Reja:

1.”Odob salomdan boshlanadi”mavzuli ta’lim-tarbiyaviy jarayon.

2.”Ota-onaga hurmat” mavzuli ta’lim-tarbiyaviy jarayon.

ODOB SALOMDAN BOSHLANADI

Maqsad: Bolalarga kattalarga va tengdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lish malakasini shakllantirish, kattalarga “Assalomu alaykum” degan so‘zni to‘g‘ri va to‘liq aytib salomlashishga o‘rgatish. Bolalarga “Assalomu alaykum, sizga salomatlik tilayman” degan ma’noni anglatsa “Vaalaykum assalom, sizga ham salomatlik tilayman” ekanligini tushuntirish. O‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi tabassum, ochiq chexra, samimiy mehr bilan bir-biriga boqish. “Assalomu alaykum” deb salomlashganda ochiq chexrali va tabassum bilan salom beruvchi alik oluvchilarning, tovushlari bir-biriga eshitarli bo‘lishi kerakligini tushuntirish.

Kerakli jixozlar: Mavzu bo‘yicha mazmunli rasmlar, AKT, videoroliklar, qo‘shiq, kalonka.

Faoliyatning borishi: Tarbiyachi : Qani keling bolajonlar bir salomlashib olaylikchi. Assalomu alaykum, mening jajidan, shakar bolajonlarim bugun siz bilan odob salomdan boshlanadi mavzusida suxbatlashamiz. Qani bolajonlar biz suhbatimizni nimadan boshlab oldik.
Parizoda: Salomlashishdan.
Tarbiyachi: Ertalab yuz-qulimizni yuvgach, kimlarga salom beramiz?
Adiba: Bobomiz va buvijonlarimizga va ota-onamizga hamda aka-opalarimizga.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri bolajonlar ko‘cha-kuyda yurganimizdachi.
Dilbar: O‘zimizdan kattalarga
Tarbiyachi: Assalomu alaykum so‘zining ma’nosi sizga sog‘liq-salomatlik tilayman, degan ma’nolarini anglatadi. SHuning uchun xar birimiz “Assalomu alaykum” so‘zini to‘liq aytishimiz kerak. O‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi bu tabassum, ochiq chexralik, samimiy mehr bilan bir-briga boqib qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib sal oldinga engashib, jilmayib Assalomu-alaykum deyish lozim.
Tarbiyachi: Videorolikdan turlicha salomlashish qoidalarini ko‘rsatib izoxlab beradi. Tarbiyachi bolalarga, kichiklar kattalarga salom berishlarini eshikdan kirgan mehmonga jo‘r bo‘lib salom berilishini va salom berishda ochiq chexralik, samimiylik va xo‘shmuomilalik bilan berishlarini tushuntiradi. Ko‘cha-kuyda qo‘ni-qo‘shnilarni ko‘rganimizda, uchragan notanish kishilarga albatta o‘n qo‘lni ko‘ksingizga qo‘yib oldinga sal egilgan holda tavaze bilan salomlashing. Bolajonlar salom berish yaxshi odat-a. YAxshi odatlar doimo kattalarni xursand qiladi. Qani salom berish xaqida kim she’r aytib beradi.
Saida: Salom bilan boshlanar
Bilsang odob va axloq
Salom bilan begona
Bo‘lar tezda do‘st-inoq
Marjona: Salom assalom ming ming
So‘zlar ichra durdona
Salom xar bir bolaning
Odobidan nishona
Tarbiyachi: Bolajonlar raxmat sizlarga. Uyga borganingizda to‘g‘ri salomlashishni o‘rganganingizni ota-onangizga va bobo-buvingizga aytib bering.

Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin