1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


-Mavzu: MTTda “Zumradoylar davrasi” to’garagi ish mazmuni



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə47/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

20-Mavzu: MTTda “Zumradoylar davrasi” to’garagi ish mazmuni.

Reja:

1.”Tozalik bu salomatlik” mavzuli to’garagini tashkil etish.

2.Qo’l yuvish qoidalari.

MAVZU : TOZALIK BU SALOMATLIK

Maqsad: Bolalarga toza-ozoda yurishlarini o‘rgatish. SHaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni o‘rgatish. Xar kuni uyquga yotishdan oldin, uyqudan uyg‘ongandan so‘ng qo‘llarni, tishlarni va o‘z a’zolarini yuvib toza saqlashni hamda b ularning sog‘lom hayot kechirishlari uchun qanchalik ahamiyatli ekanini tushuntirib berish. Trabiyalanuvchilarga tozalik bu salomatlik bilan bog‘liq masala ekanligi haqida tushuncha berishyu Qo‘l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarning alohida bo‘lishligi kerakligi haqida ma’lumot berish va ularni farqlashga odatlanish.

Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasmlar to‘plami, AKT, video roliklar, sochiq, sovun, toza suv, tish pastasi va cho‘tkasi.

Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Salom bolajonlar-bugun biz siz bildan birgalikda, tozalik-ozodalik va salomatlik to‘g‘risida suhbatlashamiz. Qani bolajonlar tozalik deganda nimani tushunasiz?
Farzona: Tozalik bu bizning toza-ozoda yurishimiz, qo‘llarimizni toza saqlashimiz.
Tarbiyachi: To‘g‘ri nafaqat qo‘limiz balki barcha tana a’zolarimizni toza-ozoda saqlashimiz hatto kiyib yurgan liboslarimiz ham toza-ozoda bo‘lishi zarur. Bolajonlar bir qanchalik gigiena qidalariga rioya etsak shunchalik sog‘-salomat yuramiz, o‘samiz, rivojlanamiz. Biz tozalik yordamida kassalikni chaqiruchi bakteriya va viruslarga qarshi kurashamiz. Hozirgi kunda kasallik chaqiruvchi viruslarning 1000 dan ortiq turi mavjud. Biz oddiygina taom eyishdan oldin qulimizni yuvmasak ana shu qulimizning o‘zidan 5-6 tadan ko‘proq kasallik chaqiruvchi bakteriya organizmimizga kiradi albatta bizning organizmimizda kasallikka qarshi kurashuvchi imunitetimiz mavjud ammo shunda xam doim bakteriyaning organizmga kirishi natijasida kasallik bizning organizmimizni engib oladi. SHu sababli ham doimo toza-ozoda yurib kasalliklardan xolos
bo‘lmog‘imiz lozim.
Qani mana tozalik va salomatlik haqida suxbatlashdik kim she’r maqollar biladi tozalik va ozodalik haqida.
Saida : Jajjigina Ozoda
Endi uchda yoshi
Xavas qilguday toza
Ozodaning ust boshi
Sochlarini taraydi
Silliq qilib ertalab
Singlisiga qaraydi
O‘rgatadi bittalab
Tarbiyachi: Raxmat she’rni juda chiroyli o‘qidi Saida. YAna kim qanday she’r biladi ozodalik va salomatlik xaqida. Marxamat
Asila: Kir bo‘lsa qo‘lu-yuzim
YUvib artaman o‘zim
Minnatdorman ochig‘i
Sendan oppoq sochig‘im
Solixa: Maqollar
1. Sog‘liging- boyliging
2. Sog‘ bo‘lay desang-toza-ozoda bo‘l!
Tarbiyachi: Raxmat bolajonlar, juda zukko va bilimdonlar. Bundan keyin doimo sog‘-salomat bo‘lishni xoxlasangiz toza-ozoda yurishimiz kerakligini bilib oldingiz-a?
Barakalla!
Mashg‘ulot yakunida tarbiyalanuvchilarga amaliy tarzda qo‘l yuvish qoidalari-tish yuvish qoidalari ko‘rstaib beriladi.



Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin