1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə4/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

3-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish

Reja:


  1. Voqeaband–rolli o‘yinlar.


  2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar.


  3. Ta’limiy o‘yinlar.
  4. O‘zbek xalqining milliy san’ati haqida” nomli faoliyat namunasi


Bolaning tasavvuri, tafakkuri hamda ijodiy layoqatini turli o‘yinlar orqali shakllantirish, tashabbus, faollik va mustaqillikni rivojlantirish. Turli o‘yinlar tashkil etish, o‘yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilishni o‘rgatish.


Mustaqil ravishda xonasini yig‘ishtirishga va o‘yinchoqlarini o‘z joyiga terib qo‘yishga odatlantirish.


Voqeaband–rolli o‘yinlar. Bolaga o‘yin mazmuniga mos tarzda turli xildagi rollar ijro etishni, anjomlar, qurilish materiallaridan foydalanish, o‘yin uchun etishmayotgan narsalarni (teatr bileti uchun chipta, xarid uchun pullar) mustaqil olish va yasashni o‘rgatish.
Bolani o‘yin jarayonida atrof-borliq haqidagi tasavvurlaridan, kundalik hayotdan, adabiy asar va multfilmlardan olgan taassurotlaridan ijodiy foydalanishga undash. O‘yin davomida, o‘z g‘oyasini tengdoshlarining g‘oyalariga moslashtirgan holda o‘yinni kengaytirish qobiliyatini rivojlantirish; barcha o‘yin ishtirokchilarining harakatlarini rejalashtirish va muhokama qilish, kelishish ko‘nikmalarini shakllantirishda davom etish.
Hamkorlik va o‘zaro yordamga asoslangan munosabatlarni shakllantirish. Xayrxohlik, tengdoshlariga yordam berish, o‘yinda o‘rtoqlarining manfaatlari, fikrlari, xohish istaklari bilan hisoblashish kabi yaxshi odatlarni tarbiyalash, bahsli o‘rinlarni xushmuomalalik bilan hal qilishga o‘rgatish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Teatrlashtirilgan o‘yinlar orqali bolada teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
Bolaga sahnalashtirish uchun ertak, she’r va qo‘shiqlarni mustaqil tanlash, bo‘lg‘usi spektakl uchun zarur anjom va dekoratsiyalarni tayyorlash, rollarni o‘zaro taqsimlash imkoni berishlozim.
Ijro etayotgan obrazini etkaza bilishda ijodiy mustaqillik, estetik did va talaffuzdagi aniqlikni rivojlantirish. Ifoda vositalaridan (gavda holati, imo-ishora, yuz ifodasi, ohang, harakat) foydalanishga o‘rgatishda davometish.
Teatrlashtirilgan o‘yinlarda teatrning turli xillari (barmoqlar teatri, teatr, rasmlar teatri, qo‘lqopli teatr, qo‘g‘irchoq teatri)dan keng foydalanish.
Ta’limiy o‘yinlar. Bolaning ta’limiy o‘yinlarga qiziqishini kengaytirish va chuqurlashtirish, uning irodasini mustahkamlaydigan, chaqqon, ziyrak va hushyor bo‘lishga undaydigan o‘yinlardan keng foydalanish.
Bolada turli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish, etakchilik rolini bajarish malakasini rivojlantirish. Ta’limiy o‘yin jarayonida tengdoshlari bilan hamkorlikda xarita va sxemalarni tanlash tartibi haqida kelishib olishga, o‘z harakatlarini boshqa o‘yin ishtirokchilari harakatlari bilan muvoffiqlashtirishga o‘rgatish. O‘yinda topqirlik, ziyraklik, sabr-toqatlilik, do‘stlik, o‘zaro yordam, vazifani mustaqil va maromiga etkazib bajarish malakasini rivojlantirish.
Bolani ayrim ta’limiy o‘yinlarni o‘ylab topishga jalb qilish.
Sensor qobiliyatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.



Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin