Sardor: Har balodan asraguvchi eng muhim himmat yarog’
Tiyri vahshat xanjari zillatga qalqondir kitob
Umida: Har kishi yoshlikda qilsa vaqtida g’ayrat agar
Tez zamonda oshno bo’lmog’I osondir kitob.
Alibek: Ilm kaliti kitob
Gar o’qisang bobma bob
O’rganib bor bilimni
Ochar bag’ri dilingni
Safarga chiqqan chog’ing
U eng yaqin o’rtog’ing
Oshno bo’lsang kitobga
Yuksalasan oftobga
Ayubxon: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda
G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda
U bilan hol tanho hech bermas ozor
Joningga yuz rohat beradi takror
Ibrohim: Jovonimga qarab qo’y
Qilar yalt-yult kitoblar
Har xonaga ko’rk obro’
Gavhar jild jild kitoblar
Bamisoli keng dunyo
Javon ichra joylashgan.
Azizbek: Kitobimni qanday sevsam oz bo’lur
Kitob desam ko’nglim bahor yoz bo’lur
Kitobimni desam agar ko’klam yoz, ko’klam yozning umri lekin undan oz
Tezda chaman yaprog’i so’lar, qurur
Kitob chaman bo’stonim so’lmas bo’lur.
Ro’zbibi: Oqillar safiga qo’shmay qo’yaqol
U goh qo’yindadir, goh bag’ringda
Kitob egasining mahbubi misol
Raxmat bolajonlarim kelingalar endi internetda kitob haqida dunyo yangiliklari nimalardan iborat ekan qani aytichiMiraziz: Dunyodagi eng og’ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrda oid geografik atlasdir. Uning bo’yi 1,9 metr og’irligi 320 kg
Barotjon: Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni Napaleondir. U haqda 10 000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan.
Alibek: Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarimidan ko’pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.
Raxmat bolalar kitob haqida anchagina bilimlar oldika kelinglar endi ana shu kitoblarimizni tasvirlaymiz. Bolalar kitoblarni tasvirlaydilar. Akvarel bo’yog’ida bo’yab olamiz.
Mashg’ulot yakunida bolalar rag’batlantiriladi ularga kitoblar sovg’a qilinadi. Va uyga vazifa beriladi uyga vazifa beriladi.