1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja


O‘rta Osiyo olimlarining xronologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan hissalari



Yüklə 69,54 Kb.
səhifə3/13
tarix20.11.2023
ölçüsü69,54 Kb.
#166494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org

3. O‘rta Osiyo olimlarining xronologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan hissalari.
O'rta asrlarda xronologiya yanada rivojlanib bordi. Xronologiya
rivojiga O'rta Osivolik olimlar, jumladan Ahmad al-Farg‘oniy (797-865),
Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Xayyom (1048-1131) va Mirzo
l ilug'bek (1394-1449) katta hissa qo‘shdi.
Ahmad al-Farg‘oniy. Ahmad al-Farg‘oniy ilmi-hay’at (falakiyotshu-
noslik - astronomiya, riyoziyot - matematika) va jo‘g‘rofiya (geografiya)
lanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi.
Ahmad al-Farg‘oniy al-Ma’mun topshirig'iga binoan Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha «zij»
yaratish ishlariga rahbarlik qildi.
Ahmad al-Farg‘oniyning «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’
ilm an-nujum» (Samoviv harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi) asari
astronomik asar hisoblanadi. Bu asar «Astronomiya asoslari haqidagi
kitob» nomi bilan ma'lum bo‘lib, 1145—1175-yillardan Yevropada lotin
tiliga tarjima etilgan. Olim «Alfraganus» nomi bilan G‘arbda shuhrat
topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida
asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining
astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boigan bilimlarini o'z ichiga
olgan edi. Ahmad al-Farg‘oniyning «Yerdagi ma’lum mamlakatlar va
shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida» asari ham
mashhur. Asarda Yerning yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining
turli vaqtda ko'tarilishi. tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha
ko'rinishi. masofalar o'zgarishi bilan ularning ko'rinishi ham o'zgarishi
haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.
Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy Sharqning eng yorqin va
ulug' siymolaridan biri hisoblanadi. Uning «Al-osor al-boqiya ani-l-qurun
al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»),
«Qonuni Mas’udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko'plab ma’lumotlar
berilgan.
Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»
asarida arab, eron, so'g'd. xorazm, vunon kalendari hamda asosiy vaqt
birliklari, turli vaqt o’lchovi tartiblari haqida batafsil ma'lumot bergan.
Olim har bir xalqning o‘z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat
tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini
ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy «Movarounnahr otashparastlari, ya'ni Xorazm va
So'g'd aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi, Movarounnahr]iklarning
kalendaridagi oylarining soni va yilning, uzunligiga ko‘ra eronliklar
kalendariga o'xshashi, faqat ovlarning boshlanishi orasida farq borligini
ko'rsatib o’tadi. Abu Rayhon Beruniy xorazmliklar kalendaridagi oylar
va kunlarining nomlarini ham keltirib o‘tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy»
(o‘n ikkinchi) oyining oxiriga qo'shiladigan ortiqcha besh kunning
birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham
birin-ketin keyingi kunlarning nomlarini berishlarini aniqlaganini
ta'kidlaydi. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan turkiy xalqlar
o'n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning
nomlari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Qolaversa, eronliklarning
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini ham shu asarda uchratish mumkin.
Eronliklar tuzgan kalendarda har bir oy 30 kundan hisoblanib,
qo‘shimcha 5 kun o'n ikkinchi oy oxiriga qo'shilgan. Abu Rayhon
Beruniyning ko‘rsatishicha, bu 5 kun qadimgi eron tilida «panji»,
«andargoh» deb atalgan. Keyinchalik. bu nom arabchalashib, «andarjoh»
deb o‘zgartirilgan. Bu besh kun «o'g’irlangan kun», deb ham atalgan,
ular biror oy kunlari hisoblanmagan. Eronliklar ularni «obonmoh» bilan
«ozarmoh» olrtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlardan
boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yil uch yuz oltmish
besh kun boMgan. Ular chorak kunlar bir oy boMmaguncha hisobga
olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo'lgan. Shunda ortiqcha
oyni yil oylari qatoriga qo‘shganlar va u o‘n uchinchi oy bo‘lgan. 0 ‘sha
yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari bilan
ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab
haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma'lumot beradi:
«Dastlab haftalarni ishlatganlar g’arb tomon aholisi, ayniqsa Shorn
va uning tevaragida yashovchilar bo'lganlar. Bunga sabab. u tomonda
payg'ambarlar yuzaga chiqib, Tavrotd^aytilganidek, birinchi hafta va bu
haftada olam paydo bodganidan xabar berganlar. Keyin bu odat ulardan
boshqa millatlarga tarqalgan».
Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o’tgan. U
Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini o‘z asarida berib o'tadi.
Misrliklar qo'shimcha besh kunni «abag'amno» (kichik oy), kabisali yilni
esa «anqnaqt» (alomat) deb ataganlar. Qo’shimcha kun so’nggi «musriy»
nvining oxiriga qo‘shilgan. Abu Rayhon Beruniy «Shorn mamlakati»
iSiiriya) kalendaridagi o‘n ikki oy nomlari va to‘rt yilda bir marta
be.sliinchi (shubat) oyga bir kun qo‘shib hisoblashlari haqida yozadi.
Ilu manbaga ko‘ra «Shorn mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng
Inrqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar
biIan belgilar ekan.
Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas’udiy» asarida qadimgi arab
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat
ikkiiasining lug'aviy ma’nosini berib o'tadi. «Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar»da zamonaviv arab kalendaridagi o'n ikkita oy va
vetti liafta kunining nomi va o'z ta’riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon
Beruniyning vozishicha. arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oy
qo'shishni o'rganganlar va bu oyni «ayyom an-nasi» deb ataganlar. Abu
Kayhon Beruniy o'z asarida milodiy yil hisobiga ham to‘xtalib o'tadi.
I i mazkur kalendarni «rumiy kalendari» deb ataydi va bu kalendarga
hirmchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim
milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan
qiyoslaydi. «Qonuni Ma’sudiy» asarining ikkinchi kitobi xronologiya
masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda «Qadimgi xalqlardan qolgan
vodgorliklar» asarida ko'rilgan masalalar to'ldirilib, davom ettiriladi.
Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari hukmronlik qilgan
yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha
iranskripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat
lomonidan qo'llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Iskandar, Filipp.
«Buxtunassar» (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham
so'z boradi.
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o'lkada yashovchi
xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bilan bog'liq astronomiyasi
ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, olim burjlar. oy fazalarining o'zgarishi,
hind eralari. Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter
davriyligi nomlarini keltirib o'tgan.
Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan biri bo‘lgan
Isfaxon rasadxonasini 1076-yili Umar Xayyomning iltimosiga ko‘ra
Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko‘p yillik
kuzatishlari natijasida o'zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar
Xayyomning xronologiya faniga qo'shgan katta hissasi kalendar islohotiga
tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro'zga, bahorgi
tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar 

Xayyom bu davrda qo'llanib kelingan mashbur Yulian kalendarining


xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik
uchun, yangi kalendarning kabisa yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni
taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko'ra har o'ttiz uch yillik davrning
dastlabki yigirma sakkiz vilida kabisa yillari xuddi Yulian kalendaridek
yetti kabisa yildan. sakkizinchi kabisa vili esa odatdagidek uch yildan
so'ng emas, to'rt yildan so'ng beshinchi vili qabul qilinadigan bo‘ldi.
Natijada. Umar Xayyom tuzgan kalendarning yil uzunligi 365 sutka
5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo'ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom
kalendarining xatoligi aniqlangan bo'lib, u 19.5 sekundni tashkil etdi. Bu,
kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi. demakdir.
Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat
beradi. Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079- yil (hijriy
qamariy 471-yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalendari Eronda
XIX asrning o'rtalariga qadar qoMlanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom
kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalendari»
ham deb yuritilgan.
Umar Xayyomning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari
«Navro‘znoma»dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi batafsil bayon
qilinadi. Navro‘z kunining qanday belgilangani, bayram qanday
nishonlangani to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi hamda oy nomlarining
lug'aviy ma’nosi ham beriladi

Yüklə 69,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin