1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 69,54 Kb.
səhifə4/13
tarix20.11.2023
ölçüsü69,54 Kb.
#166494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. Н181опска chronologie / Marie В1а^о^а. - Praha : Libri, 2001. - 948 s.


  2. Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.


  3. Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.


  4. Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75-80.


  5. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: Voris, 2013.


  6. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.


7.Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.


8. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.


2- mavzu. Yil va davrlarni aniqlash.

Reja

1.Vaqtning boshlang‘ich o‘lchov birliklari.

Vaqt oʻlchov birliklari - vaqtni belgilashda qoʻllaniladigan birliklar — asr, yil, oy, kecha-kunduz (sutka), soat, daqiqa, sekund (lahza), shuningdek vaqtning 12 yillik davr — muchal yil hisobi; 60 yillik davr va b. oʻlchov birliklari (yana q. Shamsiya. Qamariya, Hijriy yil hisobi).

Shamsiya (arabcha quyosh yili)— Quyoshning Yer atrofida yillik koʻrinma aylanish davri — tropik yil. Ushbu yil Quyosh kalendarini tuzishda asos qilib olinadi va ular shamsiy (yoki kuyosh) kalendari deyiladi

Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.


Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Q. qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Q. sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Q. sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng . Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg . Q. oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Q.ning spektral sinfi S2U.
Q. Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan . Q. Galaktika markazi atro-fida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nis-batan Q. sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Q.ning yoshi 5T09yil.
Q. optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Q.ning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.
1611 yilda G.Galiley teleskop yordamida Q.ni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G.Shvabe esa 1843 yilda Q. oʻzgarishining soni yoki Q. faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814 yilda Y.Fra-ungofer Q. spektrida yutilish chiziqlarini, 1859 yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Q.ning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Q.ning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913 yilda amerikalik astronom J.Xeyl Q. dogʻlari Q. sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Q. sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi (qarang Quyosh magnetizmi). 1940 yillar boshida Q. radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942 yilda shved olimi B.Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Q. tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. 20-asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Q.ning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pul-kovo va boshqa rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston FA [[Astronomiya in-tida ham Q.ni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda (qarang [[Astronomiya).Q. oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Q. ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng . Q.ning toʻla nurlanishi Q. zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Q.dan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Q.ning yorugʻlik kuchi 2,84-1027shamni tashkil qiladi.


Yüklə 69,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin