I. Rilizing-gormonlar (liberinlar) 1.Tireotropin-rilizing-gormon (tireoliberin). TRG Tiretrop gormon (TTG)
2. Lyuteinlivchi gormonning rilizing-gormoni (lyuliberin). LG-RG Gonadotrop
gormonlar(GTG)
3. Kortikotropin-rilizing-gormon (kortikoliberin). KRG Adrenokortikotrop
gormon (AKTG)
4. O‘sish gormonining rilizing gormoni (somatoliberin). GR-RG O'sish gormoni
5. Prolaktinning rilizing-gormoni (prolaktoliberin). PRL-RG Prolaktin
6. Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormonning rilizing-gormoni (melanoliberin).
MSG-RG Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon.
II. Ingibitor gormonlar (statinlar) 1. O'sish gormonining ingibitoromili (somatostatin). GR-IG O'sish gormoni
2. Prolaktinnig ingibitor omili (prolaktostatin) PRL-IG Prolaktin
3. Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormonning ingibitor omili (melanostatin)
MSG-IG Melanotsitlarni rag‘batlantiruvchi gormon
O‘sish garmoni - o‘sishni boshqaradi organizmda oqsil hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Somatotropin garmoni ta’sirida qo‘l – oyoqdagi suyaklarni o‘sishini kuchaytiradi. Agarda gipofizning oldingi bo‘lagining aktivligi oshsa (giperfunksiya) bola gavdasi bo‘yiga kuchli o‘sib ketadi, uning funksiyasi pasayib ketsa pakanalikka olib keladi. Katta yoshli odamlarda ortiqcha garmon hosil bo‘lsa qo‘l-oyoq panjalari burun pastki jag‘, til, ko‘krak va qorinb o‘shliqlari kattalashadi, bunda yalomatakromegaliya kasalligi deyiladi. Prolaktin sut bezlarida sut hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi. Tug‘ishdan keying pofizning prolaktin ajratishi kuchayadi va sut yullari kengayadi sut so‘rg‘ichlarga keladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezini funksiyasini kuchaytiradi. Adrenokortikotron gormoni esa buyrak usti bezlarini po‘stloq qismida ishlab chiqaruvchi glyukokartik oid gormonlarini fiziologik stimulyatoridir. Kartikotropin oqsil parchalanishini yuzaga keltirib sintezlanishini tormozlaydi. Adrenokortikotron gormon ta’sirida limfa tugunlari, taloq va ayrisimon bezning kattaligi va og‘irligi kamayadi. Gonadotroplar uchta gormonlarni o‘z ichiga oladi (follikul-kuchaytiruvchi, lyuteinlashtiruvchi va lyuteotrop). Follikul-kuchaytiruvchi garmon tuxumdonda follikulning o‘sishini, undagi suyuqlik ajralishini, follikulani o‘rab turadigan qobiqlarini shakllantirishini kuchaytiradi. Lyuteinlashtiruvchi garmon ovulyatsiyadan oldin tuxumdonning vezikulyar follikulaning o‘sishi uchun zarur. Bu garmon ta’sirida ovulyatsiya bo‘lib sariq tana hosil bo‘ladi. Lyutropin esa estrogenlarning hosil bo‘lishini kuchaytirdi. Erkaklarda esa bu garmon androgenlar hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi. Gipofizning o‘rta bo‘lagidagi melonatropiya garmoni pigment almashinuviga ta’sir etadi. Gipofizning orqa bo‘lagi gipotalamik sohaning supraoptik va paravenrikulyar yadrolari bilan bog‘langan. Bu yadrolar neyrosekret suyuqligini o‘tkazadi. Paraventrikulyar yadro hujayralarida oksitotsin farmoni, supraoptik yadro neyronlarida vazoperssin garmoni gipofizning orqa bo‘lagida hujayralarida to‘planadi.. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishini tezlashganligi aniqlangan. Bu xaqdagi ma’lumotlar 1876 yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E. KOX o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya — lotincha so‘z bo‘lib tezlashuv degan ma’noni bildiradi.