1-mavzu: yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti, tarixi hamda bolalar o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari reja



Yüklə 65,29 Kb.
səhifə12/14
tarix31.03.2023
ölçüsü65,29 Kb.
#91894
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1 MAVZU-MA\'RUZA

Muskul to‘qimasi. Bu to‘qima tolalarida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan miofibrillar bo‘ladi. Shu bilan u boshqa to‘qimalardan farq qiladi. Organizmda silliq va ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimalari bor.
Nerv to‘qimasi tashqi muhit tasirida ichki organlarda ro‘y beradigan, tasirotni, yani nerv impul’slarini o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Nerv to‘qimasi neyron va neyroglildan tuzilgan. Organizm irsiyatini o‘rganmay turib, nasldan - naslga o‘tuvchi kasalliklarning oldini olish va davolash mumkin emas.
Epiteliy to‘qimasi. Epitiliy hujayrasi asosiy vazifasiga ko’ra sirtqi epitiliy, bezli epitiliy va sensor epitiliy hillariga bo’linadi. Barcha epitiliy hillari uchun yupqa bazal membrana (bazal qavat gialinli membrane oynasimon membrana) hos bo‘lib, u epitiliyning mehanik tasirlariga chidamligini taminlaydi. Yuza (qoplovchi) epitiliy organizmning ichki va tashqi tarafdan o‘rab uni himoyasini sekretsiya jarayonini va rezorbsiya (moddalar yetilishi) va tashqi muhit bilan aloqasini ta'minlaydi. Bezli epitiliy tashqariga (ekzotrin bezlar) yoki qonga (endokrin yoki ichki sekretsiya bezlar) turli suyuqliklar (so‘lak ter, ferment, garmon) ajratiladi. Sensor epitiliy o’z navbatida sezuv o’rganlariga uchrab tashqi tasirotni qabul qilib uzatadi (masalan, ko’zning to‘r pardasi) qoplovchi epiteliy joylashgan organ yuzasiga bog‘liq holda yassi, kubsimon, silindirsimon, qoplamasiga qarab oddiy, qavatli (bir qavatdan ko’proq)va ko‘payadi, epiteliyga bo‘linadi stratsfikatlangan epitiliy nomlanishi uning hujayra yuzasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Masalan ko‘p qavatli yassi epitiliy-teri mehanik tasirotlarga berilmasligini taminlaydi.
1.8. O‘sish va rivojlanish qonuniyatlari
O‘sib kelayotgan organizmni tug‘ri tarbiyalash uchun bola organizmini o‘sish va rivojlanish kabi asosiy hususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi, odam organizmiga xos hususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir.
O‘sish deganda tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, ya’ni bo‘yning chuzilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma’lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to‘qima va hujayralarda ya’ni organlarda o‘sish bir vaqtda ayollarda o‘rtacha 17-18 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o‘sayotgan organizm to‘qima hujayralarining va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o‘smirlik va etuk yoshdagi odamlarga xos bo‘lgan bir muncha murakkab to‘qima va organlarga ega bo‘lishiga aytiladi.
Odam organizmining rivojlanishi umr bo‘yi davom etib, turadigan tuxtovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanishi tuxum hujayraning otalanishidan boshlab umr oxirigacha davom etadi. Organizm jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi, ya’ni, murakkablashadi. Organizm o‘sish va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yoshlik, etuklik davrlarini bosib o‘tadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning harakterli hususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari, kelgusi davrning kurtaklari paydo bo‘ladi. O‘sish bu organizmning miqdor ko‘rsatkichi, rivojlanish sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3,5 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4 kg bo‘ladi. Bolaning vazni tug‘ilganidan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kg ga etadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo‘shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5-2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy etilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4-5 kg dan 14-15 yoshda har yili 5-8 kg ortadi. O‘g‘il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.
Aqliy rivojlanishning notekisligini barcha sinf o‘quvchilarida ko‘rish mumkin. Bu notekislik ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo‘lsa, boshqa holda shaxsning nisbatan tez o‘sib ketishi sabab bo‘ladi. Birinchi holda bu hususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo‘lsa, boshqa xolatda o‘qituvchining dars berish maxoratiga ham bog‘liqdir. Ikkinchi xolatda o‘quvchi uz sinfdoshlaridan o‘zib ketgan holda, u mustaqil bo‘lishga va uzbilarmonlikka berilib o‘qituvchiga ham buysinmay qoladi. Bunday o‘quvchilar o‘qituvchiga nisbatan tenglashishga harakat qilib, o‘z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab hayot tajribasidan orqada qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy munosabatda bo‘lish kerak bo‘ladi.
Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab to‘rgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o‘sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar orasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar (nemis tilida sehrli bolalar) deyiladi.
Ko‘pgina atoqli odamlarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo‘lganliklari bizga ma’lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib-hakim bo‘lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb Italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan. Viktor Gyugo esa Fransiya Akademiyasining rag‘batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Bunday misollarni tarixda ko‘p keltirishimiz mumkin. Hozirgi davrda bunday bolalarga davlatimizda katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.
Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida, yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og‘rigani muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, kuyosh radiatsiyasi ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul—avgust) hususan tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa u cog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uygun rivojlanadi. (m-n. bola nafas organlarining takomillashuvi yurak - qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Somatotrop gormon yoki o‘sish gormoni. O‘sish gormoni organizmda o‘sish va jismoniy rivojlanish jarayonlariga ta’sir etadi. Bu gormonning nishon -a’zolari bo‘lib suyak hisoblanadi. Bundan tashqari, biriktiruvchi to‘qimalarga boy: muskullar, paylar va ichki a’zolarga ham o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. 0 ‘sish jarayonining stimulyatsiyasi, somatotrop gormonining anabolik ta’siri tufayli ro‘yobga chiqadi.
Gipotalamusning gipofizotrop gormonlari to’liq nomi qisqartirilgan nomi qaysi gormon ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi

Yüklə 65,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin