4. Zamonaviy antropologiyaning maktablari.
Bashariyat tarixining Napoleon Banopart urushlari va Birinchi Jahon urushi
davri oralig„idagi yillarida jahonning, xususan, Yevropaning rivojlanishi jadallik
bilan kechdi. Bularning barchasi sanoat inqilobi asrida sodir bo„ldi. XVIII asrda
Buyuk Britaniyaning qishloq xo„jaligi va manufaktura sohasida yuksalishi, bug„
mashinasi va shu kabi ixtirolarning amalga oshirilishiga olib keldi. Biroq eng
buyuk o„zgarishlar hali oldinda edi. XIX asrning birinchi yarmidan yirik temir
yo„llar qurila boshlandi. Oradan biroz vaqt o„tgach bug„da harakatlanadigan
poroxodlar Atlantika okeanini kesib o„ta boshladilar va okean bo„ylab doimiy
qatnov yo„lga qo„yildi. Ulkan axborot manbayi, qayta ishlanuvchi material, boy
xomashyo resurslari, odamlar tomonidan ulkan (xalqaro) masofalarning kesib
o„tilishi o„ziga xos yuksalish belgisi edi. Bu rivojlanishning tub mohiyati ham
qishloq xo„jaligida, ham manufakturada mahsulot ishlab chiqarishning o„sishi bilan
belgilanadi. Madaniyat va jamiyatdagi o„zgarishlar antropologik o„zgarishga
qanchalar ta‟sir ko„rsatdi? Biz million yillardan buyon o„zgarish bosqichidamiz.
Shu oo`rinda insonlar biologik va madaniy tomondan moslashishda davom
etmoqdalar.
Yevropada mahsulot ishlab chiqarishining o„sishi koplab aholini oziq-ovqat
bilan ta‟minlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Natijada Yevropada aholi soni o„sib
bordi. Dehqonlarning qishloqlarni tashlab, shaharlarga kelishi shaharlarni
urbanizatsiya markaziga aylantirdi va shaharlarda ishchilar sinfi shakllandi. Ishlab
chiqarishga bo„lgan talabning keskin sur‟atda oshishi kasalliklar va epidemiyalarni
ham keltirib chiqardi. XIX asr davomida poyezd va poroxodlarsiz ishchilar
harakatini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo„lmasdi. Millionlab migrantlarning
quruqlik va dengiz orqali AQSH, Avstraliya, Argentina, Janubiy Afrika, Sibir va
boshqa hududlarga doimiy yoki uzoq muddatga yashash uchun ketishi
Yevropadagi ishchilariga bo„lgan bosimni yengillashtirdi.
Shu davrda koloniyalarda ma‟muriyat va mahalliy aholi o„rtasidagi aloqalar
yangicha ruhda rivojlanib bordi. Quldorlikka qarshi yurishlar bunga ilk misollar
edi, ayni paytda 1830-yillarda Britaniya va Fransiya mustamlakachiligida quldorlik
bekor qilindi. XIX asr mafkurasi bilan bir davrda shakllangan irqchilik ham
yuqoridagi jarayonlarga javob tarzida paydo bo„ldi.
Tarixiy rivojlanish jarayonining bir bo„lagi sifatida yuqoridagi davrlarda ham
antropologiya bir tartibda o„sdi va rivojlandi. Tarixchilar va tarixga asoslanuvchi
antropologlar bu kabi o„zgarishning ham kichik ham yirik ko„rinishlarini
o„rganadilar.
Tarixiy antropologiya va gumanitar fanlarning bog„liqlik zanjirining oxirgi
xalqasi ularning etnografik ma‟lumotlarni yozuv shaklida qabul qilib
o„rganishlaridadir.3 Bu o„rinda tarixiy antropologiya madaniyatlararo ma‟lumotlar
bilan yordamga keladi. «Inson» fiziologiyasi borasidagi fikrlar bir jamoa yoki bir
jamiyat turigagina asoslanib bildirilishi noto„g„ridir.
Tarixiy antropologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo„yicha baxsli
munozaralar mavjud. Tarixiy antropologiya fani XX asrga kelib amalda olib
borilayotgan tarixiy bilimlarni o„rganishga oid tadqiqotlardagi nazariy modellari va
usullarining o„zgarib borish zarurati asosida mavjud tarixni o„rganish,
muammolarni tanlash, tadqiq etishda shakllangan an‟analarga qarshi chiqish,
tarixni tadqiq etishda yangicha metodologiyalarni, ya‟ni umumiylikdan
xususiylikka yo„naltirilgan usullardan keng foydalanish asnosida ko„plab yangi
tarixiy fakt va dalillarning muomalaga kiritilishi asosida vujudga kelgan. Bu
fanning asosiy o„ziga xosligi tarixni tadqiq etishda e‟tiborni yirik siyosiy, iqtisodiy,
madaniy voqeilikka qaratish emas, balki ijtimoiy hayotga yo„naltirilgan
institusional mexanizmlar, siyosiy va harbiy tarix, hukmron tabaqalarning kundalik
buyumlari, din tarixi, san‟at tarixi, jinoyatchilik tarixi, kundalik yozishmalar
umuman olganda ijtimoiy munosabatlarning barcha tarmoqlarini tarixiy davrlar
bo„yicha qamrab olganligidadir. Misol tariqasida, tadqiqotchi biror-bir tarixiy davr
uchun xos bo„lgan kundalik hayot tarixini o„rganishga kirishsa, u o„sha davrda
mavjud bo„lgan tabaqalarning hayot kechirishi tartiblari, ularni qurshab turgan
dunyo manzarasi, odatlari, ularning steriotiplari, o„sha davr odamlarining
“madaniy mentallik” xususiyatlarini, shahar va qishloq hayoti kabilarni o„rganishi
zarur hisoblanadi. Tarixiy antropologiyada tadqiqotchilar kichik, e‟tibordan chetda
qolgan tarixiy voqealik yoki odamlar qadrlagan odat, an‟ana, shaxslarni yaqindan
o„rganish asosida shu davr tarixiga keng xulosalar berishgan. Shuning uchun
Tarixiy antropologiya fani turli davlatlarda turlicha nomlar asosida rivojlangan.
Jumladan, Fransiyada “Annallar maktabi”, Italiyada “Mikrotarix”, AQSHda
“Madaniy antropologiya”, Angliyada “Ijtimoiy antropologiya” va boshqalar.
Ularda tarix fanini tadqiq etishda ham o„ziga xos metodologik yondashuvlar
ko„zga tashlanadi. Fransus tarixchisi Anri Berr ilk bor tarixga bunday yondoshuvni
“Yangi tarix” atamasi nomi ostida olib kirgan.
Tarixiy antropologiya vujudga kelishi Fransiyadagi “Annallar” maktabi
faoliyati bilan uzviy bog„liq hisoblanadi. Ushbu maktab namoyondalari tarixni
tadqiq etishda amalda qo„llanilayotgan metodlar ancha eskirib qolganligini
ta‟kidlashgan. An‟anaviy tarixiy tadqiqotlarni rad etuvchi va tarixiy tadqiqotlarga
yangicha uslublarda yondashish tarafdori bo„lgan bu maktab namoyondalariga
Mark Blok (1886 – 1941 yy) va renessans davri tadqiqotchisi Lyusen Fevr (1878 –
1956yy.) kabi olimlarni kiritish mumkin. Ular Strasburg shahrida ”Tarixning
iqtisodiy va ijtimoiy annallari” nomli jurnalga asos soladilar. Bu jurnal keyinchalik
bir necha marta o„z nomini o„zgartirdi. Jumladan, 1939 yilda “Ijtimoiy tarixning
annallari” deb nomlangan bo„lsa, 1954 yilda “Iqtisod, jamiyat, sivilizatsiya
annallari” deb nomlanadi. Bu jurnal atrofida birlashgan olimlar tarixiy bilimlar
yo„nalishida o„ziga xos inqilob yasaydilar. Tez orada Blok va Fevrning izdoshlari
va shogirdlari Ferman va Brodellar “Annallar maktabi”ni rad etib, Anri Berr ilgari
surgan “yangi tarix” atamasi atrofida birlashib, o„z g„oyalarini qo„llay
boshlaydilar.
Tarixiy antropologiya fanining vujudga kelishi dastlabki jarayoni sifatida
jurnal ta‟sischilari Blok va Fevr tarixiy bilimlarni yangilash ularning asosiy
maqsadlari ekanligini bildirganlar. Buning sababi an‟anaviy tarix XIX asrning
oxiri – XX asrning boshlarida jamiyat uning oldiga qo„ygan muammolarga javob
bera olmay qoldi. Bu esa tarixiy antropologiyaning vujudga kelishining asosiy
sabablaridan biri bo„ldi. CHunki, aniq va tabiiy fanlar taraqqiy etayotgan bir
paytda, tarix fani an‟anaviy ravishda davlatlar tarixi, yirik urushlar, davlat, siyosat,
jamiyat arboblari tarixini o„rgangan holda tarixiy jarayonlardagi mayda, kichik
detallar va voqeliklarga deyarli e‟tibor qaratmasdan qolgan edi. Blok va Fevr
an‟anaviy tarixga qarshi fikr yuritar ekan, yangi yo„nalishni “Total tarix” nomi
ostida vujudga keltirmoqchi bo„ldilar. “Total tarix” o„z ichiga iqtisod, ijtimoiy
jarayonlar, madaniyat, jamoaviy psixologiya va boshqa elementar bo„lib ko„ringan
jarayonlarni tadqiq etish orqali yangi fakt va dalillarni topishga yo„naltirilgan edi.
Bu bilan antropologiya namoyondalari hikoya qilinadigan tarixdan muammoli
va munozarali tarixga, yozishdan tushuntirishga o„tishni maqsad qilib qo„ygan
edilar. Dastlabki davrlarda tarixiy antropologiyada quyidagi masalalarga e‟tibor
qaratilgan:
- tarixda kichik voqeilikka sintez faoliyatini qo„llab quvvatlash;
- tarixiy xulosalar berishda har bir davr odamlarning psixologik o„ziga
xosligini inobatga olish, buning uchun umumiylikdan qochish va xususiylikka
e‟tibor qaratish;
- insonning dunyoqarashi va fikrlashining tarixiy jarayonlarda o„zgarishi
mumkinligini esdan chiqarmaslik;
- u yoki bu madaniyatda, tarixning ma‟lum bir vaqtida ommaviylik va
e‟tiqodning o„ziga xosligini bilish;
- insonni vaqt oralig„ida o„rganilishi tarixda aniq faktlarni berishini
isbotlashga harakat qilganlar.
Birgina Mark Blok izlanishlarida yuqoridagi jihatlarga alohida e‟tibor
qaratiladi. Blok insonni vaqt oralig„ida o„rganilishini fanga ilk bora kiritgan shaxs
hisoblanadi5.
5 Qarang. Mark Blok. Apalogiya istorii. M.: Nauka. 1986g. Mark Blok
Feodalnoe obshestvo. M.: Izdatelstvo imeni Sabashnikobix. 2003 g.
Ikkinchi guruh olimlari tadqiqotlarida iqtisodiy muammolar birinchi o„ringa
chiqqanligini ko„rish mumkin.Tarixiy antropologiyaning ikkinchi guruh olimlari
sirasiga Brodel, Sharl Moraze, Rober Mandru va boshqalarni kiritish mumkin.
Brodel tarixdagi bunday burilishni - “Voqealar tarixida siyosiy hayot keskinligi va
tezligi hamda bunda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning sekinligi natijasida
amalda katta tarixiy davr o„tishi, o„zgarishlarni esa inson sezmay qolishi” - deb
hisoblaydi. Bu g„oya orqali Brodel va uning shogirdlari tarixni o`rganishda yakka
shaxs va uning rolini tadqiq etishni rad etadilar.
Keyinchalik tarixiy antropologiyaning bir tarmog„i sifatida va hatto, tarixiy
antropologiyaning ikkinchi nomi sifatida “tarixiy mentalitet” atamasi ham ishlatila
boshlanadi. Tarixiy mentallik yo„nalishi tarixiy antropologiyaning qiziqish
doirasiga “yangi demografik tarix”, tabiat, madaniyat, biologik va kollektiv
psixologiya kabi sohalarni ham tarixiy antropologiyaning qiziqish, tadqiqot
obyektlariga kiritilishiga sabab bo„ldi. O„tgan asrning 40 – 60 yillarida olib
borilgan tadqiqotlarning salmoqli qismini demografik yo„nalishdagi ishlar tashkil
etdi. Demografik tadqiqotlar aholining alohida hududlardan boshqa joyga
ko„chishi, bunga tabiiy omil, epidemiya, insonning turli yoshlarda vafot etishi,
muammolari (xususan bolalar va keksalar o„limi bilan bog„liq) kasalliklarga
chalinish, jinsiy faollik kabi masalalar eng ko„p o„rganilgan mavzular ekanligini
ko„rishimiz mumkin. Jamoaviylik masalalari bilan bog„liq bu tadqiqot masalalarini
o„rganishni yana Blok va Fevr ishlab chiqqan (Annallar maktabi) tarixiy
psixologiya dasturiga qaytishni anglashimiz mumkin.
Tarixiy antropologiyaning bir tarmog„i bo„lgan tarixiy psixologiya o„zining
taraqqiyotiga “Annallar maktabi” ning uchinchi avlod vakillari Jorj Dyubi, Jak le
Goff, Emmanuel Lerua Ladyuri, Anre Byurger, Mark Ferro, Jak Revel, per Nora,
Fransua Fyure va boshqalar davrida erishganligini ko„rishimiz mumkin. Ushbu
olimlarning sa‟y – harakatlari va olib borgan tadqiqotlari natijasida Blok va Fevrlar
ilgari surgan “total tarix” nazariyasi keyinchalik “tarixiy antropologiya”ga aylanib
ketdi.
Agar “Annallar maktabi”dan ajralib chiqqan “total tarix” yo„nalishi
asoschilari tarixiy davrda insonlarning odatlari, an‟analarini tahlil qilish orqali
iqtisodiy va ijtimoiy tarixni chuqurroq o„rganish mumkin deb hisoblagan bo„lsalar,
uchinchi guruh annallar maktabi vakillari bu mayda – chuydalarga alohida
qimmatli manba sifatida qaradilar. SHunday qilib, tarixchilar ko„z o„ngida
insoniyat tarixida ikkinchi darajali deb qaralgan voqeliklar (fikrlash xarakteri,
hissiyotlar olami, jamoaviy faoliyat) endilikda ulkan kashfiyotlarga olib kela
boshladi. Bu haqda keying mavzularda kengroq ma‟lumotlar beriladi.
1978 yilda e‟lon qilingan Tarixiy antropologiyaning dasturiy manifest
loyihalarida Andre Byurger o„zining ensiklopedik ma‟lumotnoma hisoblanadigan
“Yangi tarixiy fan” asarida: “Annallar maktabi” faoliyati natijasida tarixiy
antropologiya vujudga kelmadi, balki qayta tiklandi” - degan fikrni ilgari surgan
edi. Ushbu fanning asoschilari sifatida Andre Byurger XVIII asrda yashagan
fransuz tarixchilari Legran d‟ossini ko„rsatib o„tadi. Uning ko„p tomlik
“Fransuzlarning shaxsiy hayoti tarixi” asari deyarli unutilgan bo„lib, asarning uch
tomlik “Ovqatlanish tarixi”ga oid qismi chop etilgan edi xolos. Tarixiy
antropologiyaning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qo„shgan kishilardan biri
umri davomida Fransiya tuprog„idan bir marta ham tashqariga chiqmagan. Ammo,
u yashagan davrda tarixiy antropologiya nafaqat Fransiya, balki, Angliya,
Germaniya, AQSH va Rossiyada ham keng taraqqiy eta boshlagan edi.
Ingliz tarixchisi Piter Berk tarixiy antropologiyaning asoschilari sifatida F.
Nisshe, A. Varburg, F. Konford, M. Blok va boshqa olimlarning nomini keltirib
o„tadi. 1998 yilda Moskva shahrida tarixiy antropologiya sohasiga bag„ishlab
o„tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ma‟ruzachilardan biri bo„lgan A.A.
Toporkov tarixiy antropologik yondashuvlar XIX asr o„rtalaridayoq vujudga
kelganligi bilan bog„liq ma‟lumotlarni keltirib o„tadi. O„z fikriga asos qilib esa
F.I.Buslaev, A.A. Potebni, A.N. Veselovskiy va boshqa bir qator rus
tarixchilarining asarlarini keltirib o„tadi. SHuni alohida ta‟kidlab o„tish lozimki,
yuqorida sanab o„tilgan olimlarning ko„pchiligi masalan, F. Nisshe, J. Mishle, F.I.
Buslaevlar o„zlarini tarixiy antropologiya u yoqda tursin, hatto, tarixga oid tadqiqot
ishlarini olib borgan deb hisoblamaganlar. Ammo keyingi davr tadqiqotchilari
yuqoridagi tadqiqotchilarning asarlarini tarixiy antropologiyaning vujudga
kelishida muhim omil bo„lgan, deb hisoblaydilar.
Yuqorida tilga olingan A. Byurger asarida tarixiy antropologiyaning vujudga
kelishi tahlil qilinib, o„ziga xos “genealogiya” tuzilganligini ko„rishimiz mumkin.
A. Byurger tarixiy antropologiyaning vujudga kelishini XVIII asr bilan bog„laydi.
Aynan uning xizmatlari tufayli tarixiy antropologiya alohida yo„nalish, soha
sifatida ko„rsatib beradi.
Tarixiy antropologiyaning ilk manifest holidagi dasturi ocherk holida Andre
Byurger tomonidan 1978 yilda “Yangi tarixiy fan” nomli fransuz tilidagi
ensiklopedik ma‟lumotnoma chop etilgan. Unda muallif tarixiy antropologiya ayni
paytda qayta paydo bo„lib, keng yoyilmoqda deb yozgan edi.
A.Byurger o„zining tarixiy ocherkini yozishda asosan Fransiya yerlarida
yashagan xalqlarning tarixi asosida o„z xulosalarini chiqargan. Ammo, tarixiy
antropologiya fani boshqa mamlakatlarda ham, shu jumladan Buyuk Britaniya,
Germaniya, AQSH va Rossiyada ham vujudga kelgan edi.
Piter Berk o„z maqolalarining birida tarixiy antropologiyani vujudga keltirgan
olimlarning ro„yxatini beradi: Ularga F.Nisshe, A.Varburg, F.Kornford, M.Blok
kabi yirik olimlarni sanab o„tgan. A.L.Toporkov XIX asrning birinchi yarmida va
umuman Rossiya fanida tarixiy-antropologik yondashuv bo„lganligini, ayniqsa
F.I.Buslaev, A.A.Potebni, A.N.Veselovskiy kabi olimlarning ishlarida bu narsa
yaqqol ko„ringanligini yozadi.
Xulosa o„rnida shuni ta‟kidlash kerakki, G„arb tarixnavisligi tahlili shuni
ko„rsatadiki, yangi konsepsiya va oqimlari doirasida faoliyat olib borgan
tadqiqotchilar ishlarida aniqlangan yangiliklar va chop etilgan maqolalar tarixiy
antropologiyaga mos ekanligini ko„rsatadi. Yuqorida nomlari keltirilgan J.Mishle
ham, F.Nisshe ham, F.I.Buslaevlarning birontasi ham “tarixiy antropologiya”
degan atamani o„z ishlarida umuman ishlatishmagan. Shuningdek, ular biron-bir
ilmiy yo„nalish, ilmiy harakat yoki tashkilotga birlashishmagan edilar.
A.Byurgerning 1974 yilda chop etgan ensiklopedik uch tomli nashri “Tarixni
o„rganmoq” (“Faire de l‟histoire”) asaridan muallif tarixiy antropologiyaning
ildizlarini, XVIII asrgacha olib borganligini, hatto “tarixiy antropologiya” alohida
fan sifatida o„z davrining juda obro„li o„rnini egallaganligini bilish mumkin.
Keyingi o„n yilliklarda tarixiy antropologiya faniga qiziqish butun dunyoda
bo„lgani kabi Rossiyada ham keng yoyilib bormoqda. Shu o`rinda Nima sababdan
butun boshli tarix fani yangi usul, yangicha qarashga qiziqib qoldi? Albatta tarix
fanidagi bunday keskin burilishda mentallik tarixining alohida o„rni borligini aytib
o„tishimiz kerak.
Tarixiy antropologiya shakillanishidagi yirik tarixchilaridan biri M.Blok
bo„lib, uning “Mo„„jizakor qirollar” degan asari 1924 yilda chop etildi. M.Blok
o„zining bu ishida “qirollik hukumatini g„ayritabiiy xarakterga ega ekanligi”
to„g„risida yozadi. Bunday qirollik Angliyada va Fransiyada o„rta asrlardan
boshlab XVIII asrlargacha bo„lgan davrlardagi davlatlarda qirollarni ulug„lash,
ularni g„ayritabiiy, turli mo„jizaviy kuchga ega ekanliklarini, hatto turli
kasalliklarni davolashi mumkinligi to„g„risidagi g„ayri ilmiy qarashlarni yozadi.
Bu muammo muallif tomonidan har tomonlama tahlil qilingan. M.Blok xuddi
shunday ilk davolanish an‟anasi XI-XII asrlardan boshlangan desa, hozirgi
tadqiqotchilar buning boshlanish vaqtini yuz yil keyinroqqa - XIII asr
o„rtalarigacha surishgan; M.Blok shunday marosimlarni o„rta asr yodgorliklaridagi
tasvirlar hamda monarxlar to„g„risidagi rivoyatlar asosida o„rgandi. Muallif eng
asosiy diqqat va e‟tiborni “qirollik mo„„jizasi”ga qaratishni, qirollik boshqaruvi
ilohiy, mujizaviy tushunchalar bilan bog„liq ekanligini yozdi.
Blokning aytishicha bu ishonch “dunyoni qurilishini tushunishning butun
boshli konsepsiyasi” bilan bog„liq. Hozirgi zamon fanida “mentallik” deb qabul
qilingan bu yo„nalish bo„yicha M.Blok juda kamdan-kam hollarda mentalite
so„zini ishlatadi. Ko„pincha u “jamoaviy tushunchalari”, “jamoa ongi”, hatto
“jamoaviy adashishlar” kabi so„zlarni ham qo„llagan.
Shunday qilib, tarixchilar asta-sekinlik bilan yangi tadqiqot hududini topishdi,
bu yo„nalishga fransuzcha “mentallik tarixi” degan deb nom berishdi. Qiyin
tarjima qilinadigan “mentallik” (mentalite) Fransiyada XIX asrning oxiri XX
asrning boshlarida keng tarqaldi. Bu nom “dunyoni ko„rish” ma‟nosida ishlatildi.
Ammo bu tushuncha juda ko„p hollarda jamoaning ongiga, ayniqsa uning oddiylik
(arxaiklik) soyasi bilan berilar edi.
M.Blokning do„sti va hamfikri Lyusen Fevrning ijodiy evolyusiyasi
boshqacha edi: u ijtimoiy va ekologik tarixdan (“odam geografiyasi”) o„zining
yetuk davrida g„oyalar, madaniyatlar, psixologiyani o„rganishga o„tdi. Ayniqsa,
uning yetukligi mentalitet tarixini o„rganishda ko„rinadi. Uning bir qator
maqolalari, “Tarix va psixologiya” (1938), “Folklor va folklorchilar” (1939),
“Sezuvchanlik va tarix” (1941) kabi kitoblarida u bir qancha fanlararo
tadqiqotlarini tarixchilar, filologlar, psixologlar, sosiologlar, folklorchilar bilan
birgalikda ko„tardi. XIX asr mobaynida kopchilik Nemis va Frantsuz sottsiologlari
AQSH va Britan antropologlari ta‟sirida shaklllangan. Tarixiy antropologiya
nazariyasining rivojlanish an‟anasi o„zaro farqli holda kechgan.
Shu yerda biz ikki a‟nanani bir-biridan farqli jihatlari bilan ishlagan ikki
mashhur inson ijodidan misol keltiramiz, ular amerikalik antropolog Luis Genri
Morgan(1818-1881) va nemis sottsiologi Karl Marks(1818-1883). 1835-yilda
Frantsuz sottsiologi Aleksis de Toskevelli Morganning hayoti turli yo„llar bilan
Amerikadagi teng imkoniyatlarni gavdalantirib beradi- deya ta‟rif beradi.
Morgan
mahalliy
amerikaliklar
madaniyatinig
buzilib
ketishiga
yevropoliklarning kirib kelishi sabab bo„lganligini tushunib yetgandi. Kech
bo„lmasidan oldin amerikaliklar ijtimoiy hayoti va an‟anaviy madaniyati
rasmiylashtirish asosiy vazifa ekanligini izohlab bergan. Bu munosabat, tezda
Antropologiyani muhim ekanligini nazarda tutar edi va 2-buyuk amerikalik
antropolog Frans Boas tomonidan targ„ib etilgan, shundan buyon mahalliy
odamlar tadqiqotida keng yoyila boshlandi. Amerikalik antropolog Luis Genri
Morgan (1818-1881) Nyu Yorkdagi fermada katta bo„lgan, Huquqshunoslik
mutaxasisi bo„yicha ta‟lim olgan, mahalliy siyosatni chuqur o„rganishda faol
ishtirok etgan. U birinchi bo„lib, Amerika millatlarining siyosiy haq-huquqlarini
yoritib bergan, yoshligidan hindularning hayotini o„rganish uni jalb qilgan. 1840-
yillarda Morgan bir qancha vaqt davomida Irokezlar bilan yashagan, uni o„z
tarkibiga olgan qabilani nomini Tayadaowuhkuh” U – koprik qurgan” deb atagan.
Dostları ilə paylaş: |