1-mavzu. Zamonaviy antropologiyaga kirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi va fandagi nazariyalar. Zamonaviy antropologiya tadqiqot usullari. (2-soat) reja


 Zamonaviy antropologiyaning maktablari



Yüklə 434,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix15.06.2023
ölçüsü434,7 Kb.
#130825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4. Zamonaviy antropologiyaning maktablari. 
Bashariyat tarixining Napoleon Banopart urushlari va Birinchi Jahon urushi 
davri oralig„idagi yillarida jahonning, xususan, Yevropaning rivojlanishi jadallik 
bilan kechdi. Bularning barchasi sanoat inqilobi asrida sodir bo„ldi. XVIII asrda 
Buyuk Britaniyaning qishloq xo„jaligi va manufaktura sohasida yuksalishi, bug„ 
mashinasi va shu kabi ixtirolarning amalga oshirilishiga olib keldi. Biroq eng 
buyuk o„zgarishlar hali oldinda edi. XIX asrning birinchi yarmidan yirik temir 
yo„llar qurila boshlandi. Oradan biroz vaqt o„tgach bug„da harakatlanadigan 
poroxodlar Atlantika okeanini kesib o„ta boshladilar va okean bo„ylab doimiy 
qatnov yo„lga qo„yildi. Ulkan axborot manbayi, qayta ishlanuvchi material, boy 
xomashyo resurslari, odamlar tomonidan ulkan (xalqaro) masofalarning kesib 
o„tilishi o„ziga xos yuksalish belgisi edi. Bu rivojlanishning tub mohiyati ham 
qishloq xo„jaligida, ham manufakturada mahsulot ishlab chiqarishning o„sishi bilan 
belgilanadi. Madaniyat va jamiyatdagi o„zgarishlar antropologik o„zgarishga 
qanchalar ta‟sir ko„rsatdi? Biz million yillardan buyon o„zgarish bosqichidamiz. 
Shu oo`rinda insonlar biologik va madaniy tomondan moslashishda davom 
etmoqdalar.
Yevropada mahsulot ishlab chiqarishining o„sishi koplab aholini oziq-ovqat 
bilan ta‟minlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Natijada Yevropada aholi soni o„sib 
bordi. Dehqonlarning qishloqlarni tashlab, shaharlarga kelishi shaharlarni 
urbanizatsiya markaziga aylantirdi va shaharlarda ishchilar sinfi shakllandi. Ishlab 
chiqarishga bo„lgan talabning keskin sur‟atda oshishi kasalliklar va epidemiyalarni 
ham keltirib chiqardi. XIX asr davomida poyezd va poroxodlarsiz ishchilar 
harakatini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo„lmasdi. Millionlab migrantlarning 
quruqlik va dengiz orqali AQSH, Avstraliya, Argentina, Janubiy Afrika, Sibir va 
boshqa hududlarga doimiy yoki uzoq muddatga yashash uchun ketishi 
Yevropadagi ishchilariga bo„lgan bosimni yengillashtirdi.
Shu davrda koloniyalarda ma‟muriyat va mahalliy aholi o„rtasidagi aloqalar 
yangicha ruhda rivojlanib bordi. Quldorlikka qarshi yurishlar bunga ilk misollar 
edi, ayni paytda 1830-yillarda Britaniya va Fransiya mustamlakachiligida quldorlik 
bekor qilindi. XIX asr mafkurasi bilan bir davrda shakllangan irqchilik ham 
yuqoridagi jarayonlarga javob tarzida paydo bo„ldi.


Tarixiy rivojlanish jarayonining bir bo„lagi sifatida yuqoridagi davrlarda ham 
antropologiya bir tartibda o„sdi va rivojlandi. Tarixchilar va tarixga asoslanuvchi 
antropologlar bu kabi o„zgarishning ham kichik ham yirik ko„rinishlarini 
o„rganadilar.
Tarixiy antropologiya va gumanitar fanlarning bog„liqlik zanjirining oxirgi 
xalqasi ularning etnografik ma‟lumotlarni yozuv shaklida qabul qilib 
o„rganishlaridadir.3 Bu o„rinda tarixiy antropologiya madaniyatlararo ma‟lumotlar 
bilan yordamga keladi. «Inson» fiziologiyasi borasidagi fikrlar bir jamoa yoki bir 
jamiyat turigagina asoslanib bildirilishi noto„g„ridir. 
Tarixiy antropologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo„yicha baxsli 
munozaralar mavjud. Tarixiy antropologiya fani XX asrga kelib amalda olib 
borilayotgan tarixiy bilimlarni o„rganishga oid tadqiqotlardagi nazariy modellari va 
usullarining o„zgarib borish zarurati asosida mavjud tarixni o„rganish, 
muammolarni tanlash, tadqiq etishda shakllangan an‟analarga qarshi chiqish, 
tarixni tadqiq etishda yangicha metodologiyalarni, ya‟ni umumiylikdan 
xususiylikka yo„naltirilgan usullardan keng foydalanish asnosida ko„plab yangi 
tarixiy fakt va dalillarning muomalaga kiritilishi asosida vujudga kelgan. Bu 
fanning asosiy o„ziga xosligi tarixni tadqiq etishda e‟tiborni yirik siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy voqeilikka qaratish emas, balki ijtimoiy hayotga yo„naltirilgan 
institusional mexanizmlar, siyosiy va harbiy tarix, hukmron tabaqalarning kundalik 
buyumlari, din tarixi, san‟at tarixi, jinoyatchilik tarixi, kundalik yozishmalar 
umuman olganda ijtimoiy munosabatlarning barcha tarmoqlarini tarixiy davrlar 
bo„yicha qamrab olganligidadir. Misol tariqasida, tadqiqotchi biror-bir tarixiy davr 
uchun xos bo„lgan kundalik hayot tarixini o„rganishga kirishsa, u o„sha davrda 
mavjud bo„lgan tabaqalarning hayot kechirishi tartiblari, ularni qurshab turgan 
dunyo manzarasi, odatlari, ularning steriotiplari, o„sha davr odamlarining 
“madaniy mentallik” xususiyatlarini, shahar va qishloq hayoti kabilarni o„rganishi 
zarur hisoblanadi. Tarixiy antropologiyada tadqiqotchilar kichik, e‟tibordan chetda 
qolgan tarixiy voqealik yoki odamlar qadrlagan odat, an‟ana, shaxslarni yaqindan 
o„rganish asosida shu davr tarixiga keng xulosalar berishgan. Shuning uchun 
Tarixiy antropologiya fani turli davlatlarda turlicha nomlar asosida rivojlangan. 
Jumladan, Fransiyada “Annallar maktabi”, Italiyada “Mikrotarix”, AQSHda 
“Madaniy antropologiya”, Angliyada “Ijtimoiy antropologiya” va boshqalar. 
Ularda tarix fanini tadqiq etishda ham o„ziga xos metodologik yondashuvlar 
ko„zga tashlanadi. Fransus tarixchisi Anri Berr ilk bor tarixga bunday yondoshuvni 
“Yangi tarix” atamasi nomi ostida olib kirgan.
Tarixiy antropologiya vujudga kelishi Fransiyadagi “Annallar” maktabi 
faoliyati bilan uzviy bog„liq hisoblanadi. Ushbu maktab namoyondalari tarixni 
tadqiq etishda amalda qo„llanilayotgan metodlar ancha eskirib qolganligini 
ta‟kidlashgan. An‟anaviy tarixiy tadqiqotlarni rad etuvchi va tarixiy tadqiqotlarga 
yangicha uslublarda yondashish tarafdori bo„lgan bu maktab namoyondalariga 
Mark Blok (1886 – 1941 yy) va renessans davri tadqiqotchisi Lyusen Fevr (1878 – 
1956yy.) kabi olimlarni kiritish mumkin. Ular Strasburg shahrida ”Tarixning 
iqtisodiy va ijtimoiy annallari” nomli jurnalga asos soladilar. Bu jurnal keyinchalik 
bir necha marta o„z nomini o„zgartirdi. Jumladan, 1939 yilda “Ijtimoiy tarixning 


annallari” deb nomlangan bo„lsa, 1954 yilda “Iqtisod, jamiyat, sivilizatsiya 
annallari” deb nomlanadi. Bu jurnal atrofida birlashgan olimlar tarixiy bilimlar 
yo„nalishida o„ziga xos inqilob yasaydilar. Tez orada Blok va Fevrning izdoshlari 
va shogirdlari Ferman va Brodellar “Annallar maktabi”ni rad etib, Anri Berr ilgari 
surgan “yangi tarix” atamasi atrofida birlashib, o„z g„oyalarini qo„llay 
boshlaydilar.
Tarixiy antropologiya fanining vujudga kelishi dastlabki jarayoni sifatida 
jurnal ta‟sischilari Blok va Fevr tarixiy bilimlarni yangilash ularning asosiy 
maqsadlari ekanligini bildirganlar. Buning sababi an‟anaviy tarix XIX asrning 
oxiri – XX asrning boshlarida jamiyat uning oldiga qo„ygan muammolarga javob 
bera olmay qoldi. Bu esa tarixiy antropologiyaning vujudga kelishining asosiy 
sabablaridan biri bo„ldi. CHunki, aniq va tabiiy fanlar taraqqiy etayotgan bir 
paytda, tarix fani an‟anaviy ravishda davlatlar tarixi, yirik urushlar, davlat, siyosat, 
jamiyat arboblari tarixini o„rgangan holda tarixiy jarayonlardagi mayda, kichik 
detallar va voqeliklarga deyarli e‟tibor qaratmasdan qolgan edi. Blok va Fevr 
an‟anaviy tarixga qarshi fikr yuritar ekan, yangi yo„nalishni “Total tarix” nomi 
ostida vujudga keltirmoqchi bo„ldilar. “Total tarix” o„z ichiga iqtisod, ijtimoiy 
jarayonlar, madaniyat, jamoaviy psixologiya va boshqa elementar bo„lib ko„ringan 
jarayonlarni tadqiq etish orqali yangi fakt va dalillarni topishga yo„naltirilgan edi.
Bu bilan antropologiya namoyondalari hikoya qilinadigan tarixdan muammoli 
va munozarali tarixga, yozishdan tushuntirishga o„tishni maqsad qilib qo„ygan 
edilar. Dastlabki davrlarda tarixiy antropologiyada quyidagi masalalarga e‟tibor 
qaratilgan:
- tarixda kichik voqeilikka sintez faoliyatini qo„llab quvvatlash;
- tarixiy xulosalar berishda har bir davr odamlarning psixologik o„ziga 
xosligini inobatga olish, buning uchun umumiylikdan qochish va xususiylikka 
e‟tibor qaratish;
- insonning dunyoqarashi va fikrlashining tarixiy jarayonlarda o„zgarishi 
mumkinligini esdan chiqarmaslik;
- u yoki bu madaniyatda, tarixning ma‟lum bir vaqtida ommaviylik va 
e‟tiqodning o„ziga xosligini bilish;
- insonni vaqt oralig„ida o„rganilishi tarixda aniq faktlarni berishini 
isbotlashga harakat qilganlar.
Birgina Mark Blok izlanishlarida yuqoridagi jihatlarga alohida e‟tibor 
qaratiladi. Blok insonni vaqt oralig„ida o„rganilishini fanga ilk bora kiritgan shaxs 
hisoblanadi5.
5 Qarang. Mark Blok. Apalogiya istorii. M.: Nauka. 1986g. Mark Blok 
Feodalnoe obshestvo. M.: Izdatelstvo imeni Sabashnikobix. 2003 g.
Ikkinchi guruh olimlari tadqiqotlarida iqtisodiy muammolar birinchi o„ringa 
chiqqanligini ko„rish mumkin.Tarixiy antropologiyaning ikkinchi guruh olimlari 
sirasiga Brodel, Sharl Moraze, Rober Mandru va boshqalarni kiritish mumkin. 
Brodel tarixdagi bunday burilishni - “Voqealar tarixida siyosiy hayot keskinligi va 
tezligi hamda bunda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning sekinligi natijasida 
amalda katta tarixiy davr o„tishi, o„zgarishlarni esa inson sezmay qolishi” - deb 


hisoblaydi. Bu g„oya orqali Brodel va uning shogirdlari tarixni o`rganishda yakka 
shaxs va uning rolini tadqiq etishni rad etadilar.
Keyinchalik tarixiy antropologiyaning bir tarmog„i sifatida va hatto, tarixiy 
antropologiyaning ikkinchi nomi sifatida “tarixiy mentalitet” atamasi ham ishlatila 
boshlanadi. Tarixiy mentallik yo„nalishi tarixiy antropologiyaning qiziqish 
doirasiga “yangi demografik tarix”, tabiat, madaniyat, biologik va kollektiv 
psixologiya kabi sohalarni ham tarixiy antropologiyaning qiziqish, tadqiqot 
obyektlariga kiritilishiga sabab bo„ldi. O„tgan asrning 40 – 60 yillarida olib 
borilgan tadqiqotlarning salmoqli qismini demografik yo„nalishdagi ishlar tashkil 
etdi. Demografik tadqiqotlar aholining alohida hududlardan boshqa joyga 
ko„chishi, bunga tabiiy omil, epidemiya, insonning turli yoshlarda vafot etishi, 
muammolari (xususan bolalar va keksalar o„limi bilan bog„liq) kasalliklarga 
chalinish, jinsiy faollik kabi masalalar eng ko„p o„rganilgan mavzular ekanligini 
ko„rishimiz mumkin. Jamoaviylik masalalari bilan bog„liq bu tadqiqot masalalarini 
o„rganishni yana Blok va Fevr ishlab chiqqan (Annallar maktabi) tarixiy 
psixologiya dasturiga qaytishni anglashimiz mumkin.
Tarixiy antropologiyaning bir tarmog„i bo„lgan tarixiy psixologiya o„zining 
taraqqiyotiga “Annallar maktabi” ning uchinchi avlod vakillari Jorj Dyubi, Jak le 
Goff, Emmanuel Lerua Ladyuri, Anre Byurger, Mark Ferro, Jak Revel, per Nora, 
Fransua Fyure va boshqalar davrida erishganligini ko„rishimiz mumkin. Ushbu 
olimlarning sa‟y – harakatlari va olib borgan tadqiqotlari natijasida Blok va Fevrlar 
ilgari surgan “total tarix” nazariyasi keyinchalik “tarixiy antropologiya”ga aylanib 
ketdi.
Agar “Annallar maktabi”dan ajralib chiqqan “total tarix” yo„nalishi 
asoschilari tarixiy davrda insonlarning odatlari, an‟analarini tahlil qilish orqali 
iqtisodiy va ijtimoiy tarixni chuqurroq o„rganish mumkin deb hisoblagan bo„lsalar, 
uchinchi guruh annallar maktabi vakillari bu mayda – chuydalarga alohida 
qimmatli manba sifatida qaradilar. SHunday qilib, tarixchilar ko„z o„ngida 
insoniyat tarixida ikkinchi darajali deb qaralgan voqeliklar (fikrlash xarakteri, 
hissiyotlar olami, jamoaviy faoliyat) endilikda ulkan kashfiyotlarga olib kela 
boshladi. Bu haqda keying mavzularda kengroq ma‟lumotlar beriladi.
1978 yilda e‟lon qilingan Tarixiy antropologiyaning dasturiy manifest 
loyihalarida Andre Byurger o„zining ensiklopedik ma‟lumotnoma hisoblanadigan 
“Yangi tarixiy fan” asarida: “Annallar maktabi” faoliyati natijasida tarixiy 
antropologiya vujudga kelmadi, balki qayta tiklandi” - degan fikrni ilgari surgan 
edi. Ushbu fanning asoschilari sifatida Andre Byurger XVIII asrda yashagan 
fransuz tarixchilari Legran d‟ossini ko„rsatib o„tadi. Uning ko„p tomlik 
“Fransuzlarning shaxsiy hayoti tarixi” asari deyarli unutilgan bo„lib, asarning uch 
tomlik “Ovqatlanish tarixi”ga oid qismi chop etilgan edi xolos. Tarixiy 
antropologiyaning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qo„shgan kishilardan biri 
umri davomida Fransiya tuprog„idan bir marta ham tashqariga chiqmagan. Ammo, 
u yashagan davrda tarixiy antropologiya nafaqat Fransiya, balki, Angliya, 
Germaniya, AQSH va Rossiyada ham keng taraqqiy eta boshlagan edi.
Ingliz tarixchisi Piter Berk tarixiy antropologiyaning asoschilari sifatida F. 
Nisshe, A. Varburg, F. Konford, M. Blok va boshqa olimlarning nomini keltirib 


o„tadi. 1998 yilda Moskva shahrida tarixiy antropologiya sohasiga bag„ishlab 
o„tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ma‟ruzachilardan biri bo„lgan A.A. 
Toporkov tarixiy antropologik yondashuvlar XIX asr o„rtalaridayoq vujudga 
kelganligi bilan bog„liq ma‟lumotlarni keltirib o„tadi. O„z fikriga asos qilib esa 
F.I.Buslaev, A.A. Potebni, A.N. Veselovskiy va boshqa bir qator rus 
tarixchilarining asarlarini keltirib o„tadi. SHuni alohida ta‟kidlab o„tish lozimki, 
yuqorida sanab o„tilgan olimlarning ko„pchiligi masalan, F. Nisshe, J. Mishle, F.I. 
Buslaevlar o„zlarini tarixiy antropologiya u yoqda tursin, hatto, tarixga oid tadqiqot 
ishlarini olib borgan deb hisoblamaganlar. Ammo keyingi davr tadqiqotchilari 
yuqoridagi tadqiqotchilarning asarlarini tarixiy antropologiyaning vujudga 
kelishida muhim omil bo„lgan, deb hisoblaydilar.
Yuqorida tilga olingan A. Byurger asarida tarixiy antropologiyaning vujudga 
kelishi tahlil qilinib, o„ziga xos “genealogiya” tuzilganligini ko„rishimiz mumkin. 
A. Byurger tarixiy antropologiyaning vujudga kelishini XVIII asr bilan bog„laydi. 
Aynan uning xizmatlari tufayli tarixiy antropologiya alohida yo„nalish, soha 
sifatida ko„rsatib beradi.
Tarixiy antropologiyaning ilk manifest holidagi dasturi ocherk holida Andre 
Byurger tomonidan 1978 yilda “Yangi tarixiy fan” nomli fransuz tilidagi 
ensiklopedik ma‟lumotnoma chop etilgan. Unda muallif tarixiy antropologiya ayni 
paytda qayta paydo bo„lib, keng yoyilmoqda deb yozgan edi.
A.Byurger o„zining tarixiy ocherkini yozishda asosan Fransiya yerlarida 
yashagan xalqlarning tarixi asosida o„z xulosalarini chiqargan. Ammo, tarixiy 
antropologiya fani boshqa mamlakatlarda ham, shu jumladan Buyuk Britaniya, 
Germaniya, AQSH va Rossiyada ham vujudga kelgan edi.
Piter Berk o„z maqolalarining birida tarixiy antropologiyani vujudga keltirgan 
olimlarning ro„yxatini beradi: Ularga F.Nisshe, A.Varburg, F.Kornford, M.Blok 
kabi yirik olimlarni sanab o„tgan. A.L.Toporkov XIX asrning birinchi yarmida va 
umuman Rossiya fanida tarixiy-antropologik yondashuv bo„lganligini, ayniqsa 
F.I.Buslaev, A.A.Potebni, A.N.Veselovskiy kabi olimlarning ishlarida bu narsa 
yaqqol ko„ringanligini yozadi.
Xulosa o„rnida shuni ta‟kidlash kerakki, G„arb tarixnavisligi tahlili shuni 
ko„rsatadiki, yangi konsepsiya va oqimlari doirasida faoliyat olib borgan 
tadqiqotchilar ishlarida aniqlangan yangiliklar va chop etilgan maqolalar tarixiy 
antropologiyaga mos ekanligini ko„rsatadi. Yuqorida nomlari keltirilgan J.Mishle 
ham, F.Nisshe ham, F.I.Buslaevlarning birontasi ham “tarixiy antropologiya” 
degan atamani o„z ishlarida umuman ishlatishmagan. Shuningdek, ular biron-bir 
ilmiy yo„nalish, ilmiy harakat yoki tashkilotga birlashishmagan edilar.
A.Byurgerning 1974 yilda chop etgan ensiklopedik uch tomli nashri “Tarixni 
o„rganmoq” (“Faire de l‟histoire”) asaridan muallif tarixiy antropologiyaning 
ildizlarini, XVIII asrgacha olib borganligini, hatto “tarixiy antropologiya” alohida 
fan sifatida o„z davrining juda obro„li o„rnini egallaganligini bilish mumkin.
Keyingi o„n yilliklarda tarixiy antropologiya faniga qiziqish butun dunyoda 
bo„lgani kabi Rossiyada ham keng yoyilib bormoqda. Shu o`rinda Nima sababdan 
butun boshli tarix fani yangi usul, yangicha qarashga qiziqib qoldi? Albatta tarix 


fanidagi bunday keskin burilishda mentallik tarixining alohida o„rni borligini aytib 
o„tishimiz kerak.
Tarixiy antropologiya shakillanishidagi yirik tarixchilaridan biri M.Blok 
bo„lib, uning “Mo„„jizakor qirollar” degan asari 1924 yilda chop etildi. M.Blok 
o„zining bu ishida “qirollik hukumatini g„ayritabiiy xarakterga ega ekanligi” 
to„g„risida yozadi. Bunday qirollik Angliyada va Fransiyada o„rta asrlardan 
boshlab XVIII asrlargacha bo„lgan davrlardagi davlatlarda qirollarni ulug„lash, 
ularni g„ayritabiiy, turli mo„jizaviy kuchga ega ekanliklarini, hatto turli 
kasalliklarni davolashi mumkinligi to„g„risidagi g„ayri ilmiy qarashlarni yozadi.
Bu muammo muallif tomonidan har tomonlama tahlil qilingan. M.Blok xuddi 
shunday ilk davolanish an‟anasi XI-XII asrlardan boshlangan desa, hozirgi 
tadqiqotchilar buning boshlanish vaqtini yuz yil keyinroqqa - XIII asr 
o„rtalarigacha surishgan; M.Blok shunday marosimlarni o„rta asr yodgorliklaridagi 
tasvirlar hamda monarxlar to„g„risidagi rivoyatlar asosida o„rgandi. Muallif eng 
asosiy diqqat va e‟tiborni “qirollik mo„„jizasi”ga qaratishni, qirollik boshqaruvi 
ilohiy, mujizaviy tushunchalar bilan bog„liq ekanligini yozdi.
Blokning aytishicha bu ishonch “dunyoni qurilishini tushunishning butun 
boshli konsepsiyasi” bilan bog„liq. Hozirgi zamon fanida “mentallik” deb qabul 
qilingan bu yo„nalish bo„yicha M.Blok juda kamdan-kam hollarda mentalite 
so„zini ishlatadi. Ko„pincha u “jamoaviy tushunchalari”, “jamoa ongi”, hatto 
“jamoaviy adashishlar” kabi so„zlarni ham qo„llagan.
Shunday qilib, tarixchilar asta-sekinlik bilan yangi tadqiqot hududini topishdi, 
bu yo„nalishga fransuzcha “mentallik tarixi” degan deb nom berishdi. Qiyin 
tarjima qilinadigan “mentallik” (mentalite) Fransiyada XIX asrning oxiri XX 
asrning boshlarida keng tarqaldi. Bu nom “dunyoni ko„rish” ma‟nosida ishlatildi. 
Ammo bu tushuncha juda ko„p hollarda jamoaning ongiga, ayniqsa uning oddiylik 
(arxaiklik) soyasi bilan berilar edi.
M.Blokning do„sti va hamfikri Lyusen Fevrning ijodiy evolyusiyasi 
boshqacha edi: u ijtimoiy va ekologik tarixdan (“odam geografiyasi”) o„zining 
yetuk davrida g„oyalar, madaniyatlar, psixologiyani o„rganishga o„tdi. Ayniqsa, 
uning yetukligi mentalitet tarixini o„rganishda ko„rinadi. Uning bir qator 
maqolalari, “Tarix va psixologiya” (1938), “Folklor va folklorchilar” (1939), 
“Sezuvchanlik va tarix” (1941) kabi kitoblarida u bir qancha fanlararo 
tadqiqotlarini tarixchilar, filologlar, psixologlar, sosiologlar, folklorchilar bilan 
birgalikda ko„tardi. XIX asr mobaynida kopchilik Nemis va Frantsuz sottsiologlari 
AQSH va Britan antropologlari ta‟sirida shaklllangan. Tarixiy antropologiya 
nazariyasining rivojlanish an‟anasi o„zaro farqli holda kechgan.
Shu yerda biz ikki a‟nanani bir-biridan farqli jihatlari bilan ishlagan ikki 
mashhur inson ijodidan misol keltiramiz, ular amerikalik antropolog Luis Genri 
Morgan(1818-1881) va nemis sottsiologi Karl Marks(1818-1883). 1835-yilda 
Frantsuz sottsiologi Aleksis de Toskevelli Morganning hayoti turli yo„llar bilan 
Amerikadagi teng imkoniyatlarni gavdalantirib beradi- deya ta‟rif beradi.


Morgan 
mahalliy 
amerikaliklar 
madaniyatinig 
buzilib 
ketishiga 
yevropoliklarning kirib kelishi sabab bo„lganligini tushunib yetgandi. Kech 
bo„lmasidan oldin amerikaliklar ijtimoiy hayoti va an‟anaviy madaniyati 
rasmiylashtirish asosiy vazifa ekanligini izohlab bergan. Bu munosabat, tezda 
Antropologiyani muhim ekanligini nazarda tutar edi va 2-buyuk amerikalik 
antropolog Frans Boas tomonidan targ„ib etilgan, shundan buyon mahalliy 
odamlar tadqiqotida keng yoyila boshlandi. Amerikalik antropolog Luis Genri 
Morgan (1818-1881) Nyu Yorkdagi fermada katta bo„lgan, Huquqshunoslik 
mutaxasisi bo„yicha ta‟lim olgan, mahalliy siyosatni chuqur o„rganishda faol 
ishtirok etgan. U birinchi bo„lib, Amerika millatlarining siyosiy haq-huquqlarini 
yoritib bergan, yoshligidan hindularning hayotini o„rganish uni jalb qilgan. 1840-
yillarda Morgan bir qancha vaqt davomida Irokezlar bilan yashagan, uni o„z 
tarkibiga olgan qabilani nomini Tayadaowuhkuh” U – koprik qurgan” deb atagan.

Yüklə 434,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin