1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari



Yüklə 58,46 Kb.
səhifə11/19
tarix03.06.2023
ölçüsü58,46 Kb.
#124272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
2 bob 1 reja

21-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
profilaktika suhbatini o‘tkazish;
himoya orderini berish;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarga joylashtirish;
zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish.
22-modda. Profilaktika suhbati
Muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati o‘tkaziladi.
Tazyiq va zo‘ravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Ushbu moddada esa xotin-qizlarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilishga vakolatli organlarning vakillari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan yoki bunga moyil shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish orqali jamiyatda belgilangan umumahloqiy qoidalar hamda barcha amal qilishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining mazmunini tushuntirish orqali, tegishli huquqbuzarlik harakatlarini sodir etishning huquqiy oqibatlari va javobgarlik choralarining mazmuni bilan tanishtirib, ularni ogohlantirish va jamiyat va davlat tomonidan o‘rnatilgan ahloqiy hamda huquqiy me’yorlarga rioya etishga da’vat qilinishi bayon etilgan.
23-modda. Himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish
Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Shaxs himoya orderini olish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin.
Himoya orderini berish, uzaytirish yoki himoya orderini berishni yoxud uzaytirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat uni bergan ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
Himoya orderining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risida nizom.

Yüklə 58,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin