1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 58,46 Kb.
səhifə4/19
tarix03.06.2023
ölçüsü58,46 Kb.
#124272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 bob 1 reja

5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta’minlash.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tuzilmalarni tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu moddada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari bayon etilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlashi kabi vakolatlari nazarda tutilgan. Ya’ni Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lganligi sababli mamlakat hayotining eng muhim va dolzarb sohalarini tartibga solish hamda nazorat qilishga doir ko‘plab vazifalarni amalga oshiradi. Bunda sharhlanayotgan moddada keltirilgan masalalar Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tuzilmalar tomonidan bevosita amalga oshiriladi, Vazirlar Mahkamasi esa xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida belgilangan dasturlar, chora-tadbirlarning tegishli organlar tomonidan ijro etilishini nazorat qiladi.

Yüklə 58,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin