7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;
xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari Ichki ishlar organlari:
Oldingi tahrirga qarang. xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘radi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan va ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi;
himoya orderini beradi;
zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
LexUZ sharhi Qarang: Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining “b” kichik bandi.