9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari Mehnat organlari:
Oldingi tahrirga qarang. xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mulk shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang. ish qidirayotgan va og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirishga ko‘maklashish choralarini ko‘radi;
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-736-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son) xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda ta’lim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang. xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi;
ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ta’lim muassasalarida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang. xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-736-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son) tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sog‘liqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida xabardor qiladi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.