MarkaziyOsiyoHamkorligitashkiloti. 2001-yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta‘minlash masalalari muhokama qilindi va Toshkent bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi. I.Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini tuzishga kelishib olindi.
2002-yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini ta‘sis etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib I.Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Har bir a‘zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a‘zo mamlakatlarining integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a‘zolari bo‘lgan 4 ta mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi pog‘onaga ko‘tardi.
MOH tashkilotiga a‘zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6-7-iyul kunlari Oqtov (Qozog‘iston), 5-6-oktabr kunlari Dushanbe (Tojikiston) sammitlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentda yil noyabr oyida MOH tashkilotiga a‘zo davlatlar parlamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillarining forumlari bo‘lib o‘tdi.
2002-yil 27-dekabrda va 2004-yil 28-mayda Astana shahrida bo‘lib o‘tgan MOH tashkilotiga a‘zo davlat boshliqlarining sammitlarida mintaqaviy xavfsizlik, Orol inqirozi, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy bozor barpo etish, suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umum mintaqaviy
infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma kommyunike va bitimlar imzolandi.
2017 yildan “O‘zbekistonningtashqisiyosatidaMarkaziyOsiyo–boshustuvoryO‘nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, O‘zaro ishonch va yaxshi qO‘shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlana boshlandi.
2017 yilda Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan strategik hamkorlik O‘rnatildi. Qozog‘iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlandi. Toshkent va Dushanbe shaharlari O‘rtasida aviaqatnov yO‘lga qO‘yildi. Qirg‘iziston bilan davlat chegaralari tO‘g‘risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan katta qadam bO‘ldi.