1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə78/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l. 1993-yil mart oyida Qizil O‘rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to‘g‘risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta‘sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari BMT Bosh kotibi Butros G‘oliyga maktub yo‘llab, Orol bo‘yidagi murakkab ahvol va ro‘y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora- tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e‘tiborini jalb qilish zarurligi to‘g‘risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994- yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi ishtirokida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari qanday to‘planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma‘qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo‘yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam- baqadam amalga oshirib bordi. Tojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O‘zbekistonning bergan siyosiy va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O‘zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning dalilidir.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin