MDHningtashkiltopishivakO‘ptomonlamahamkorliklar. 1991 yilning avgust-sentabr oylariga kelib sobiq SSSR tarkibidagi barcha 15 ta respublika O‘zini mustaqil davlat deb e‘lon qilingan bO‘lsa-da, SSSR Prezidenti, parlamenti, hukumati O‘z faoliyatini tugatmagan edi.
1991 yil 8 dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Belovejskoe Pushcheda (Minsk, Belorus) Mustaqil Davlatlar HamdO‘stligi (MDH)ni tuzish tO‘g‘risidagi Bitimni imzoladilar. 1991 yil 13 dekabrda Ashxabodda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Davlat boshliqlari uchrashib, MDHni tuzish tO‘g‘risida Minskda imzolangan Bitimni muhokama qildilar va Bayonot qabul qildilar. 1991 yil 21 dekabrda Almatida MDHni tuzish tO‘g‘risidagi Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ham imzo qO‘ydilar. Shu kuni ushbu davlatlar rahbarlari Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari bilan birgalikda «Mustaqil Davlatlar HamdO‘stligining maqsad va tamoyillari tO‘g‘risidagi Shartnoma»ni imzoladilar.
Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank tizimi bO‘lishi, fan, ta‘lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinishi, tashqi siyosat va armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holatda yuritilishi qayd etildi. Mazkur hujjatda SSSR davlatining faoliyativaSSSRKonsitusiyasitO‘xtatiladi,debe’lonqilindi. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. MDH davlatlari boshliqlarining Almati kengashi maxsus qaror qabul qilib, HamdO‘stlik a‘zolari bO‘lgan davlatlarning BMT Nizomi bO‘yicha majburiyatlarni bajarish niyatida ekanligini va BMTga a‘zo bO‘lish istaklarini bildirdilar.
1993 yilda MDHga Gruziya qO‘shildi. Bu bilan MDHga a‘zo bO‘lgan davlatlar soni 12 taga
yetdi.
MDH oldida katta muammolarni yechish uchun HamdO‘stlik mamlakatlari davlat va
hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlar ishlab chiqdilar.
Jumladan, 1991 yil 30 dekabrda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida MDH mamlakatlari O‘rtasida O‘zaro manfaatli hamkorlikni yO‘lga qO‘yishga qaratilgan muhim masalalar kO‘rib chiqildi.
1992 yil 15 mayda Toshkentda O‘tkazilgan MDH mamlakatlarining navbatdagi Kengashida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida, havo bO‘shlig‘idan foydalanish haqida, kosmik dasturlarni bajarishga pul ajratish tO‘g‘risida, chegara qO‘shinlarini pul bilan ta‘minlash tO‘g‘risida, qurolli kuchlarni qisqartirish tO‘g‘risida bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
1994 yil 21 oktabrda Moskvada O‘tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida asosiy e‘tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH davlatlari O‘rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yO‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yO‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Davlatlararo iqtisodiy qO‘mita (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi MDH a‘zolari O‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta‘minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning shtab- kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi.
1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvi bO‘lib O‘tdi. Unda MDH a‘zolari bO‘lgan mamlakatlar chegaralarini qO‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-birlariga mos bO‘lmagan turli fikrlar bildirildi.
Jumladan, O‘zbekiston tomoni milliy tizimlardan ustun turadigan tuzilmalar, ayniqsa,
harbiy tuzilmalar tuzishga qarshi ekanligini bildirdi.
MDH davlat boshliqlarining 1996 yil 17 may, 1997 yil 28 mart va 1998 yil 29 aprel kunlari Moskvada, 1997 yil 23 oktabrda Kishinevda O‘tkazgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi birgalikda kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2006 yil 8 sentabrda Qozog‘istonning Semipalatinsk shahrida I.Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish bO‘yicha shartnoma imzolangani mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlashda muhim qadam bO‘lib xizmat qilmoqda. Buning yorqin amaliy ifodasi sifatida 2009 yil mart oyida ―Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud haqidagi shartnomaning kuchga kirgani olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etdi.
MDH tashkil etilgandan beri O‘tgan davrda hammasi bO‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy- siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. HamdO‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. O‘tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, O‘zaro hisob-kitoblar hozirgi kungacha muvofiqlashtirilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun‘iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, kO‘plab amaldorlar ishlaydigan ma‘muriy idoralar, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida kO‘rishni xohlaydi.