[
OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga
qaratilgan choralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot]
[
TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoni ijrosini ta’minlash
maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali operatsiyalar to‘g‘risida maxsus vakolatli organga xabar berish, ushbu xabarlarni maxsus vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish hamda tashkilotlarga so‘rov yuborish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
maxsus vakolatli organ,
nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda tergov organlarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan sohaga doir axborot almashinuvini ta’minlash, xalqaro so‘rovlarni tayyorlash, yuborish, ijro etish va ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarga doir hisobotlarini masofaviy tarzda tahlil qilish hamda ularning faoliyatini tashkilotga chiqqan holda tekshiruv o‘tkazish orqali o‘rganish tartibini nazarda tutuvchi Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar haqidagi xabarlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot
yordamida taqdim etiladi, davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno;
tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan xabarga uni yuborish uchun asos bo‘lgan ma’lumot va hujjatlar ilova qilinadi;
maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tashkilotlarni va ularni nazorat qiluvchi organlarni tahliliy ma’lumotnoma, taqdimnoma, ma’ruza
va seminarlar, shuningdek, metodik tavsiyalar orqali muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari o‘rtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik taraflarning xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi vakolatli organlari maxsus vakolatli davlat organining so‘roviga muvofiq xalqaro hamkorlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan
amalga oshiriladi;
monitoring tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni talab qilib olish man etiladi;
nazorat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganish orqali o‘tkaziladi;
nazorat davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.
ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
402-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maxsus vakolatli davlat organiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlar va hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar)
taqdim etish, shu jumladan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan so‘rovlarni yuborish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: