1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]



Yüklə 385,12 Kb.
səhifə7/7
tarix15.11.2022
ölçüsü385,12 Kb.
#69130
1   2   3   4   5   6   7
402 29.06.2021

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organlar

1. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etgan hisobotlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni masofaviy tarzda tahlil qilish va o‘rganish.

1. Doimiy ravishda

2. O‘rganish davomida qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

2. Monitoring natijalariga ko‘ra


2-bosqich

Vakolatli organlar

1. Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq (farmoyish) qabul qilish.
2. Tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan tashkilotlar bundan mustasno.
3. Tekshiruv dasturini ishlab chiqish.

1 kun ichida

3-bosqich

Vakolatli organlarning tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxsini buyruq bilan tanishtirish.

1. Tekshiruv boshlangan kunda

2. “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirish.

2. 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

3. Tekshiruvni amalga oshirish, tekshiruv predmetiga doir hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish.

4-bosqich

Tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxsi

1. Tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish.
2. Tekshiruv materiallari bilan tanishish va nusxa olish.
3. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va tekshiruvga doir masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar berish.

Tekshiruv davomida

5-bosqich

Vakolatli organlarning tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzish va nusxasini tashkilot mansabdor shaxsiga taqdim etish.

1. Tekshiruv yakunlangan kunda

2. Tekshiruv natijalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish hamda ularni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish.

2. Tekshiruv yakunlangandan so‘ng uch kun ichida

3. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
Auditorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Moliya vazirligi

1. Auditorlik tashkiloti taqdim etgan hisobotlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni masofaviy tarzda tahlil qilish va o‘rganish.

1. Doimiy ravishda

2. O‘rganish davomida qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

2. Monitoring natijalariga ko‘ra

2-bosqich

Moliya vazirligi

1. Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq (farmoyish) qabul qilish.
2. Tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish.
3. Tekshiruv dasturini ishlab chiqish.

1 kun ichida

3-bosqich

Moliya vazirligining tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Auditorlik tashkilotining mansabdor shaxsini buyruq bilan tanishtirish.

1. Tekshiruv boshlangan kunda

2. “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirish.

2. 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

3. Tekshiruvni amalga oshi�ish, tekshiruv predmetiga doir hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish.

4-bosqich

Auditorlik tashkilotining mansabdor shaxsi

1. Tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish.
2. Tekshiruv materiallari bilan tanishish va nusxa olish.
3. Moliya vazirligining vakolatli xodimiga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va tekshiruvga doir masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar berish.

Tekshiruv davomida

5-bosqich

Moliya vazirligining tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzish va nusxasini auditorlik tashkiloti mansabdor shaxsiga taqdim etish.

1. Tekshiruv yakunlangan kunda

2. Tekshiruv natijalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish hamda ularni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish.

2. Tekshiruv yakunlangandan so‘ng uch kun ichida

3. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

_________________________________________________________________________ tomonidan 20_____ yilning ______ choragida

(vakolatli organ nomi)

pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat natijasida bo‘yicha
MA’LUMOT


T/r

Tashkilot nomi

Nazorat turi

Aniqlangan qonun buzilish holatlarining qisqa mazmuni

Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar

Tashkilotga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni

monitoring natijalari

nazorat natijalari

Jami

Shu jumladan

ma’muriy

intizomiy

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

(vakolatli organ rahbari)

20__ yil “____” ___________

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bo‘limida “Departament boshlig‘ining yordamchisi” so‘zlaridan keyin “Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda):
a) 7-band quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
yigirma birinchi xatboshi yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-band quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“DBQ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ushlab turadi hamda olib qo‘yadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi”;
yigirma yettinchi xatboshi o‘ttiz ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustuni 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo‘ladilar”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) 4-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi o‘n uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 4-modda) 6-bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-iyundagi 123-son qarorining nomidagi, 1-bandi uchinchi xatboshisidagi va 2-ilovasi nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53-bandi 4-kichik bandi birinchi xatboshisidagi va uchinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” va “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 10-dekabrdagi 309-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 50-51-son, 537-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qonunda belgilangan javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovasida:
a) quyidagi mazmundagi 81-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

“81.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Budjet mablag‘larini oluvchi davlat organlari va tashkilotlarida Departament tomonidan o‘tkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan hamda budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan budjet mablag‘larning noqonuniy xarajatlari, o‘g‘irliklar, talon-torojliklar, kamomadlar summasi

10”;

b) “**” izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlar va boyliklarni sotishdan tushgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan summaning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining maxsus hisob raqamiga tushgan 10 foizi yo‘naltiriladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 1-fevraldagi 25-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 48-modda) 2-bandidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 23-yanvardagi 16-son qarorida:
a) 1-banddagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasinlar”;
v) 3-banddagi va 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 90-modda) ilovasining 19-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashtirishdan olingan daromadlar legallashtirilishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik” so‘zlari “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida nizomning 13-bandi o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 3-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalarining 25-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” so‘zlari “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Ijtimoiy dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandida:
a) “a” kichik bandi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga — aholi punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha, — bo‘lajak qurilish uchastkasining yer qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi hamda tog‘ va tog‘oldi hududlarida xavfli geologik jarayonlar (ko‘chkilar, ko‘chishlar, cho‘kishlar, suffoziyalar va karstlar) xavfining yo‘qligi haqida”;
b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markaziga — xavfli gidrometeorologik hodisalar (qor ko‘chkilari, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud) hududlariga tushmaganligi haqida”;
yettinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
b) 11-bandda:
“v” kichik banddan yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga tovar-xomashyo birjalari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
tovar-xomashyo birjalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi”;
v) 13-bandda:
o‘ttizinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘ttiz uchinchi — qirq ikkinchi xatboshilar tegishincha o‘ttizinchi — o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
b) 10-bandda:
saksoninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakson birinchi xatboshi saksoninchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi saksoninchi — sakson oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
rieltorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi”;
saksoninchi xatboshi sakson yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 616-son qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentining 14-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 54-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Agar kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan bo‘lsa, kameral soliq tekshiruvi natijasida ko‘p va juda ko‘p miqdorda soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha undirilgan soliqlar, penya va moliyaviy jarimalar summalarining 20 foizi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hamda 20 foizi Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Bunda, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish va undirilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risida namunaviy nizomning 112-bandi “b” va “g” kichik bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2005-yil 6-noyabrdagi 243-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida” 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “v” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2013-yil 5-dekabrdagi 318-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 38-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida nizomning 10-bandi “g”, “d” va “e” kichik bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 26-martdagi 238-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 13-oktabrdagi 823-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek unga 1-ilova.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 46-bandi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son)

Yüklə 385,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin