1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   179
11sinif biologiya

Tog‘ adaptiv tipi – 
atmosfera bosimi past, kislorodning miqdori kam, 
gipoksiya, sovuq sharoitda shakllanadi. Xarakterli xususiyatlari: asosiy 
moddalar almashinuvi jadal kechadi, ko‘krak qafasi keng, naysimon suyaklar 
uzun, eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori yuqori bo‘ladi. 
Cho‘l-sahro adaptiv tipi
– quyosh radiatsiyasi o‘ta kuchli, jazirama, 
quruq, kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi. Xarakterli xususiyatlari 
quyidagilar: issiqlik ajratilishi yuqori, ter bezlari yaxshi rivojlangan, suvni 
ko‘p iste’mol qiladi.
Markaziy Osiyo hududida yashovchi ko‘pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi.
Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida insoniyat ekologik omillar 
ta’sirida ixtisoslashib, bir-biridan ayrim belgilar bilan farq qiluvchi adaptiv 
(moslashgan) tiplarga ajralgan. Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qat’i 
nazar, turning genofondi bilan belgilanuvchi moslashish mexanizmlari 
asosida, muayyan ekologik muhitga moslashish natijasida shakllangan.
5 – Biologiya 11


130
Antropogen ekosistemalar, ularning inson salomatligiga ta’siri. 
Eng 
muhim hozirgi zamon antropogen ekosistemalariga shaharlar, qishloqlar, 
transport kommunikatsiyalari kiradi. Insonning hayot muhiti, ya’ni inson 
yashayotgan sharoit boshqa tirik organizmlar muhitiga qaraganda ancha 
kengroqdir. Chunki 
Y
er yuzida yashaydigan organizmlar uchun kerakli 
tashqi muhit omillaridan tashqari inson muhitiga insonning o‘zi tomonidan 
yaratilgan moddiy va ijtimoiy muhit ham kiradi. Ular bir-birlari bilan o‘zaro 
munosabatda bo‘lgan yagona murakkab sistemani tashkil qiladi. Kishilar 
tomonidan yaratilgan moddiy muhitga quyidagilar kiradi: 
1. Kishilar tomonidan o‘zgartirilgan tabiat: cho‘llarni o‘zlashtirish, o‘r-
monlar tashkil qilish, daryolar yordamida suv omborlari qurish va boshqalar. 
2. Sun’iy elementlar: binolar, inshootlar qurish, shovqinlar, elektromagnit 
maydonlari, radioaktiv nurlar, zaharli moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan 
har xil materiallar, mahsulotlar. Hozirgi kunda Yer shari aholisining yarmiga 
yaqini shaharlarda joylashgan. Transport, sanoat korxonalarining rivojlanishi va 
shunga o‘xshash boshqa omillar insonning eng muhim sifat ko‘rsatkichlaridan 
biri – salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Atmosfera, suv, oziq-
ovqatlarning sanoat, transport chiqindilari bilan ifloslanishi, elektromagnit 
maydonlari, shovqinlar, havoning ifloslanishi, ortiqcha axborot oqimlari, ovqatning 
yetishmasligi, zararli odatlarning paydo bo‘lishi kishilar sog‘ligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatib, turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 
Shahar aholisining zichligi yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi uchun sharoit 
yaratadi. Havoning ifloslanganligi natijasida 
Y
er yuzasiga ultrabinafsha nurlar -
ning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug‘likning yetarli bo‘lmasligi natijasida 
D vitamini yetishmasligi rivojlanadi. Shu sababli ko‘pchilik shahar aho lisi o‘zlarining 
dam olish vaqtlarini tabiatda, tabiiy sharoitda o‘tkazishga harakat qilishadi.
Qishloq ekologik sistemalari o‘z xususiyatlari jihatidan shahar ekosistema-
sidan ancha farq qiladi. Qishloqlarda hayvon va o‘simlik turlarining xilma-
xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazit organizmlar 
orqali vujudga keladigan kasalliklar qishloqlarda ko‘proq uchraydi. Qishloq 
xo‘jaligida pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalarning ko‘p 
ishlatilishi qishloq aholisining sog‘ligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin