Tabiiy ekosistema Sun’iy ekosistema Tabiiy tanlanish Sun’iy tanlash 3. Quyida keltirilgan variantlardan tabiiy ekosistema va agroekosistemaning
umumiy hamda xususiy jihatlarini aniqlang va tegishli raqamlarni jadvalga yozing.
Xususiyatlar Raqamlar Umumiy xususiyatlar
Tabiiy ekosistemaning xususiy jihatlari
Sun’iy ekosistemaning xususiy jihatlari
1. Biosferaning evolutsiya jarayonida shakllangan birlamchi tabiiy elementar
birligi.
2. Biosferaning inson tomonidan o‘zgartirilgan sun’iy elementar birligi.
3. Oziq zanjirida redutsentlarning mavjudligi.
4. Ekotizim inson ishtirokisiz uzoq vaqt davomida barqaror.
5. Oziq zanjirida produtsentlarning mavjudligi.
6. Oziq zanjirida konsumentlarning mavjudligi.
7. Quyosh energiyasidan foydalanadigan ochiq sistema.
8. Qo‘shimcha energiya va kimyoviy mineral moddalar inson tomonidan sun’iy
ravishda kiritiladi.
9. Asosiy energiya manbayi quyosh.
10. Inson oziq zanjirining asosiy elementi hisoblanadi.
11. Inson aralashuvisiz ekotizim tez nobud bo‘ladi.
12. Inson faoliyati ta’siri kam.
13. Produtsentlar o‘zlashtirgan mineral moddalar ekotizimdan chiqarib tashlanadi.
14. Ekologik nishalarning turli-tumanligi bilan ta’riflanadi.
15. Ekosistemada ekologik piramida qoidasi ishlaydi.
16. Turlar xilma-xilligi bilan ta’riflanadi.
17. O‘z-o‘zini boshqarish va tiklanish xususiyatiga ega.
18. Kislorod o‘zlashtirib, karbonat angidrid ajratadi.
4. Quyida berilgan organizmlar ishtirokida suv havzasi oziq zanjirining sxe-
masini tuzing: Bir hujayrali suvo‘tlar, karp balig‘i chavoqlari, cho‘rtan baliq,
chivin lichinkalari, infuzoriya-tufelka.
133
III BOB. HAYOTNING BIOSFERA DARAJASINING UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI