1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga iboralarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   179
11sinif biologiya

Daftaringizga iboralarning ma’nosini yozib oling:
 
diffuziya, gemolimfa, 
arteriya konusi.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Umurtqasiz hayvonlarda qon aylanish sistemasining evolutsiyasini tushuntirib 
bering.
2. Baliqlarning qon aylanish sistemasini suvda hamda quruqlikda yashovchi 
hayvonlarning qon aylanish sistemasi bilan taqqoslang. Takomillashgan 
belgilarni ajratib ko‘rsating.
3. Sudralib yuruvchilarning qon aylanish sistemasining o‘ziga xos xususiyatlarini 
tushun tirib bering.
4. Qushlar va sutemizuvchilarning qon aylanish sistemasidagi umumiyliklar ni-
malardan iborat?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Jadvalni to‘ldiring.
 
Yurakning tuzilishi 
Qon aylanish doiralari
Umurtqasizlar 
Baliqlar 
Suvda hamda quruqlikda ya-
shovchilar
Sudralib yuruvchilar
Qushlar
Sutemizuvchilar


223
43-§. HAYVONLARNING HAZM QILISH ORGANLARI EVOLUTSIYASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Olgan bilimlaringizga asoslanib, 
hayvonlarning ovqat hazm qilishini gapirib bering.
Deyarli barcha hayvonlar tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi. 
Oziqlanish jarayonida bu moddalar murakkab o‘zgarishlarga uchraydi va 
organizm uchun zarur bo‘lgan moddalarga aylanib, qurilish materiali sifatida 
sarflanadi yoki oxirgi mahsulotlargacha parchalanib energiya hosil qiladi. 
Hayvonlarda oziqni qabul qilish, maydalash, hazm shirasini ishlab chiqish 
va o‘zlashtirish hazm qilish a’zolar sistemasida amalga oshadi.
Bir hujayrali organizm – amyobalar oziq moddalarni soxta oyoqlari yordamida 
qamrab olib, sitoplazmadagi suyuqlikdan hazm shirasi hosil bo‘lishi natijasida 
oziq hazm bo‘ladi. Hazm shirasi tarkibida oqsil, yog‘, uglevod va nuklein 
kislotalarni parchalaydigan fermentlar mavjud. Ular o‘lja tarkibidagi mazkur 
yuqori molekulali moddalarni aminokislotalar, yog‘ kislotasi, glitsirin, glukoza 
va nukleotidlargacha parchalaydi. Infuzoriyalarda oziqlanish biroz murakkabroq. 
Ular tanasining yon tomonida maxsus teshikcha, teshikcha tubida og‘iz teshigi, 
atrofida esa kiprikchalar joylashgan. Og‘iz teshigi qisqa halqum bilan tutashgan. 
Halqum tubida hazm qilish vakuolasi hosil bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan 
qismi esa maxsus chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Tuban ko‘p hujayralilarda tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq 
hujayra ichida hazm bo‘ladi, hazm bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, 
so‘ngra og‘iz orqali tashqariga chiqariladi.
Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta ichak paydo 
bo‘lgan. Ozuqa og‘iz teshigi orqali qisqa halqumga, u yerdan ichakka 
o‘tib hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan qismi og‘iz orqali tashqariga chiqarib 
yuboriladi. Ularning orqa ichagi va chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Parazitlik 
qilib yashaydigan tasmasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sodda-
lashib, oziq tana yuzasi bo‘ylab so‘rib olinadi. 
To‘garak chuvalchanglarda hazm sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, o‘rta 
ichak va orqa ichakdan iborat. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi anal teshigi 
orqali chiqarib yuboriladi. To‘garak chuvalchanglardan boshlab orqa ichak va 
anal teshigi paydo bo‘lgan.
Halqali chuvalchanglarda og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon, oshqozon, 
ichaklardan iborat. Ichak yuzasi burma shaklida botiqliklarni hosil qiladi, bu 
esa ichakning shimish yuzasining ortishiga sabab bo‘ladi.


224
Molluskalarning ovqat hazm qilishi halqali chuvalchanglarnikiga 
o‘xshaydi. Ulardan boshlab halqumida muskulli til, tilning ustida mayda 
tishchalar hosil bo‘lgan. Hazm qilishda ishtirok etadigan bezlarning faoliyati 
ortadi. Jigar ishlab chiqaradigan suyuqlik oshqozonga quyiladi, bir juft 
so‘lak bezlarining yo‘llari esa halqumga ochiladi. 
Bo‘g‘imoyoqlilarda jag‘lar faoliyati kuchayib, ular yordamida oziq 
maydalanadi. Bezlarning faoliyati ham kuchayadi. Masalan, o‘rgimchaklarda 
zahar bezi ovqat hazm qilishda ham ishtirok etadi. Bir juft so‘lak bezlarining 
yo‘li esa og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi. O‘rgimchak o‘lja tutadi va uni zahar 
bezidan chiqadigan suyuqlik ta’sirida falajlaydi, suyuqlik tarkibidagi 
fermentlar o‘lja tanasidagi moddalarni parchalab, qisman hazm bo‘lgan 
suyuq moddaga aylantiradi, o‘rgimchak uni so‘radi, ya’ni oziq dastlab 
uning organizmidan tashqarida hazm bo‘ladi. Oshqozon bilan o‘rta ichak 
chegarasida bir nechta uchi berk o‘simtalar paydo bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan 
ozuqa esa anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi. 
Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga ajralmagan 
nay shaklidagi ichakdan iborat. Ichak halqumdan boshlanib anal teshigigacha 
davom etadi. Ichakning oldingi qismidan jigar o‘simtasi hosil bo‘ladi. 
Baliqlardan boshlab hazm sistemasi ancha rivojlangan. Jag‘larda bir xilda 
tuzilgan tishlar joylashgan. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turish vazifasini 
bajaradi. Hazm nayi qismlarga ajralgan. Hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, 
qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va anal teshigi bilan 
tugaydi. Jigar yaxshi rivojlangan bo‘lib, baliqlardan boshlab o‘t qopi paydo 
bo‘lgan. 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar va 
so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan. So‘lak ovqatni ho‘llaydi, lekin kimyoviy 
ta’sir ko‘rsatmaydi. Ichagi baliqlarnikiga nisbatan uzun va hazm bezlari 
ham yaxshi rivojlangan. Baliqlardan farqli tomoni ichagi bevosita tashqariga 
ochilmay, balki uning kengaygan qismi kloakaga ochiladi.
Sudralib yuruvchilarning ovqat hazm qilish sistemasi suvda hamda 
quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshash, ular jag‘larida tishlar bo‘lishi va 
bezlarning faoliyati kuchayganligi bilan farq qiladi. Zaharli ilonlarda bir 
juft zahar bezlari ham ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Ingichka ichak 
bilan yo‘g‘on ichak chegarasida ko‘richak shakllangan, yo‘g‘on ichak yo‘li 
kloakaga ochiladi. 
Qushlarning hazm sistemasida uchishga moslanish imkonini beradigan 
o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Tishlari yo‘q, ichaklari kaltalashgan, hattoki ayrim 


225
qushlarda o‘t pufagi ham bo‘lmaydi. Ovqatni maydalashda qizilo‘ngachdan 
hosil bo‘lgan jig‘ildon ham qatnashadi. Oshqozon muskullari kuchli rivojlangan. 
Ovqatning mexanik va kimyoviy parchalanishi oshqozonda amalga oshadi. 
Qushlarda oziq tez hazm bo‘ladi. Bu esa hazm bezlarining faoliyati bilan 
bog‘liq. Jigarda ishlab chiqariladigan o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezining 
shirasi ingichka ichakka quyiladi. Qushlarning yo‘g‘on ichagi qisqa, to‘g‘ri 
ichagi bo‘lmaydi. Hazm bo‘lmagan oziq kloaka orqali tashqariga chiqariladi. 
Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi tufayli hazm sistemasida 
moslanishlar paydo bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i burmali lablar bilan o‘ralgan. Bu 
moslanish bolasini sut bilan boqish hisobiga hosil bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘ida 
yuzasi ta’m bilish retseptorlari o‘rin olgan ko‘p so‘rg‘ichlardan iborat til, uch 
juft so‘lak bezi, ildizlari jag‘ suyaklari chuqurchasida o‘rnashgan dentindan 
iborat, tashqi tomondan emal bilan qoplangan tishlar joylashgan. Ayniqsa, 
ixtisoslashgan tishlarning paydo bo‘lishi sutemizuvchilar hazm sistemasidagi 
muhim moslanish hisoblanadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon (sodda yoki 
murakkab), ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Ichaklarning 
o‘lchami kattalash gan. Ayniqsa, ko‘richak uzaygan. Chuvalchangsimon 
o‘simta ham ovqat hazm qilishda qatnashadi. Hazm bo‘lmagan oziq anal 
teshigi orqali tash qariga chiqariladi. 
Sutemizuvchilar ovqat hazm qilish sistemasida idioadaptatsiya yo‘lida 
tishlarning ixtisoslashuvi, oziq manbayiga ko‘ra oshqozonning soddalashuvi 
yoki murakkablashuvi vujudga kelgan. Murakkab oshqozon kavsh 
qaytaruvchi juft tuyoqlilarda bo‘lib, ular oziqlanadigan oziq asosan qiyin 
hazm bo‘ladigan kletchatkalardan iborat. Kavsh qaytaradigan hayvonlarda 
bunday oziqning hazm bo‘lishi oshqozonda saprofit holda yashaydigan 
alohida bakteriyalar va infuzoriyalar hayotiy faoliyati hisobiga amalga 
oshadi. Ya’ni ular kletchatkani yumshatib, bijg‘itib, hazm qiladigan holatga 
keltiradi. Oshqozonda bakteriyalar va infuzoriyalar tomonidan ishlov berilgan 
oziq og‘iz bo‘shlig‘iga luqma shaklida qaytarilib, oziq tishlar yordamida
maydalanadi va qaytadan yutiladi. Oziq oshqozon shirasi, keyin o‘t suyuqligi 
va oshqozon osti bezining shirasi ta’sirida hazm bo‘ladi.
Shunday qilib, umurtqalilar hazm sistemasining evolutsiyasi murakkab 
yo‘lni bosib o‘tgan, avval ichak nayining shakllanishi, keyinchalik turli 
bo‘limlarga bo‘linishi, hazm yo‘lining uzunlashishi, ichak sathining 
burmalar hisobiga kengayishi, hazm bezlarining rivojlanishi va tishlarning 
ixtisoslashishi hisobiga amalga oshgan.


226

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin