1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə29/36
tarix17.04.2022
ölçüsü81,84 Kb.
#55628
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

Deskriptiv tahlil ob’ekti muayyan bir tildagi alohida tugal jumla sanaladi.Jumla esa ma’lum shaxs nutqining ikki pauza orasidagi parchasi hisoblanadi. Lekin jumla bilan gapning bir-biriga teng emasligi, jumla bir so‘zdan ham, so‘z birikmasidan ham, tugallanmagan gapdan ham tashkil topishi mumkinligi ta’kidlanadi.Deskriptivchilarning bayon qilishlariga ko‘ra, lingvisgik tadqiqot ma’lum bir dialektdagi jumlalarni to‘plashdan va to‘plangan materiallarni tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. To‘plangan material, ya’ni matn elementlarga bo‘linadi va bu elementlarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi aniqlanadi. Lingvistik elementlar sinfi substitutsiya eksperimental texnikasi asosiga quriladi. Elementlarningbirikish qonunlari esa bevosita ishtirokchilar bo‘yichatahlil qilish asosida tiklanadi.

Distributiv tahlilning birinchi bosqichi jumlani eng kichik qismlarga ajratish-segmentlash va ularni daftarda simvollar bilan ifodalashdan boshlanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o‘-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning ta-laffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant orqali talaffuz qildiriladi.

Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibidagi tovushlar oldingisidan bir oz farqlanishi mumkin. Masalan, o birida cho‘ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. CHunki o ning cho‘ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo‘lmaydi, ma’no farqlamaydi. So‘ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo‘yib ko‘ramiz va informant uchun shunday qilish mumkin ekanligini tekshirib ko‘ramiz.

28. 33. Til birliklari orasidagi paradigmatik, sintagmatik, iyerarxik munosabatlar. (ketma-ket tartibda birikishdagi munosabatlar, kombinatorlik munosabatlari, assotsiativ yoki paradigmatik munosabatlar)


Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin