1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa
Turli sathga mansub birliklar munosabati. Bir sathga mansub, murakkablik darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan lingvistik birliklar munosabatidan tashqari, turli sathga mansub, turli murakkablikdagi birlik dan ham o‘zaro munosabatga kirishadi. Murakkablik darajasi turli xil bo‘lgan, ikki xil sathga mansub lingvistik birliklar munosabati pog‘onali munosabat sanaladi. Demak, quyi sath birligi o‘zidan bir daraja yuqori sath birligi uchun qurilish (konstruktiv) birligi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori sath birligi esa qurilma (konstrukgiv) sifatida o‘zidan bir daraja quyi sath birliklarining ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatidan tashkil topadi. Masalan, maktabga so‘z shaklining morfologik sath birligi sifatida morfemik sath birligiga nisbatan murakkablik darajasi yuqori, chunki u o‘zidan bir daraja quyi morfemik sathning maktab va -ga birliklari o‘rtasidagi sintagmatik munosabat hosilasi sifatida maydonga kelgan. Demak, morfologik sath birligi bo‘lgan so‘z shakl morfemik sath birligi bo‘lgan morfemalarning (morfema variantlarining) o‘zaro sintagmatik munosabatidan gashkil topadi. Morfema (morfema varianti) esa so‘z shakl tarkibiga kiradi.
Lingvistik birliklarning murakkablik darajasi nisbiydir. Uning murakkab deb nom olishi o‘zidan bir daraja quyi sathbirligiga nisbatandir. Masalan, morfemik sathbirligi bo‘lgan morfemaning murakkab (qurilma, sistema) deb nom olishi fonologik sath birligi bo‘lgan fonemaga nisbatandir. Morfema, o‘z navbatida, morfologik sath birligi bo‘lgan so‘z shakl uchun element, qurilish (konstruktiv) a’zosi sanaladi. So‘z shakl morfemaga nisbatan murakkab, sintaksemaga nisbatan esa element hisoblanadi. Lingvistik birliklar o‘rtasidagi pog‘onali munosabat til sistemasi ichki tuzilishining oddiydan murakkabga qarab tadrijiy joylashganligidan dalolat beradi.