1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari


Til va nutq haqida F.de Sossyur nazariyasining mohiyati. (Dialektik usul, sistem tilshunoslik, til va nutq oppozitsiyasi, nutq faoliyatining uch tarkibiy qismi)



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə35/36
tarix17.04.2022
ölçüsü81,84 Kb.
#55628
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

13. Til va nutq haqida F.de Sossyur nazariyasining mohiyati. (Dialektik usul, sistem tilshunoslik, til va nutq oppozitsiyasi, nutq faoliyatining uch tarkibiy qismi)

Tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir butunlik, bir sistema sifatida o‘rganuvchi tilshunoslik asrimizning 20-yillarida shakllandi. F. de Sossyur asos solgan sistem tilshunoslik nomi bilan mashhur bo‘ldi. Dialektik usul bilan qurollangan sistem tilshunoslikning asosini til va nutq oppozitsiyasi tashkil etadi.

Sistem tilshunoslikdagi til va nutq oppozitsiyasidan kelib chiqib, nutq faoliyati quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat, deb ko‘rsatiladi: 1) til; 2) so‘zlash qobiliyati (tildan foydalanish malakasi va ko‘nikmasi); 3) nutq (5:12).

Ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirilib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy, ya’ni qabul qilinishi va qo‘llanishi majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash uchun xizmat etadigan birliklar va bu birliklarning o‘zaro birikishini belgilovchi qonun-qoidalar yig‘indisi til deb ataladi.

Til inson ongidagi psixofizik hodisa bo‘lib, o‘ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat kabi sifatlarni mujassamlashtirgan. U o‘zining bu sifatlarini aniq shakllarda-xususiy hodisa va voqeliklar sifatida, rang-barang miqdoriy ko‘rinishlarda gavdalantiradi. Shu jihatdan til va nutqning o‘ziga xos nisbiy mustaqil birliklari mavjud: fonema, morfema, leksema, konstruksiya til birliklari hisoblansa; tovush, fon, bo‘g‘in, affiks, morf, so‘z, so‘z shakli, so‘z birikmasi, gap, matn nutq birliklari sanaladi.

Til birliklari hamisha ikki (tashqi va ichki) tomonning bir butunligidan iboratdir. Tashqi tomonda uning moddiy jihati namoyon bo‘ladi. Masalan, fonemalarning talaffuz xususiyatlari, morfemalardagi fonemalar tizimi kabi. Ichki tomonda til birligining vazifasi, ma’nosi va qiymati namoyon bo‘ladi. Masalan, fonemalarning ma’no farqlashi, morfemalarning mazmuni va vazifasi.

Ma’lum bir jamiyatga mansub shaxsning shu jamiyatga mansub tildan ogohligi, uning imkoniyatlaridan foydalana olish ko‘nikmasi va darajasi so‘zlash qobiliyati hisoblanadi.

Tilning til qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan ma’lum bir xabar berish (kommunikatsiya) maqsadi uchun qo‘llanishi, ishga solinishi nutq deb ataladi.

Til - til qobiliyati-nutq zanjirida faqat nutqqina tashqi shaklda namoyon bo‘ladi va bizning sezgilarimiz tomonidan qayd etiladi. Til yashirin ichki ideal hodisa sifatida anglashiladi.

F. de Sossyur til va nutq munosabatini shatranj o‘yini qoidalari misolida izohlab bergan. Til va shatranj birliklari orasida umumiy o‘xshashliklar mavjud.

Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini yaxshi anglamoq uchun tilning qanday qurilma ekanligini yaxshi anglamoq lozim.

Til birliklari tashkil etuvchilik prinsipi asosida o‘zaro bog‘langandir. SHu jihatdan til birliklarini ikki guruhga ajratish mumkin: a) tashkil etuvchi: bunga eng kichik til birliklari kiradi; b) hosila: bunga til birliklaridan vujudga keluvchi natija kiradi.

Tashkil etuvchilar bilan ular tomonidan yangi tashkil etilgan butunlik orasida ierarxik (pog‘onali) butun bilan bo‘lak bog‘lanishi mavjud. AVSD kvadrati tashkil etuvchilari ro‘yxatidagi kabi ierarxik munosabat til birliklarining sathma-sath qatlamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, o‘zbek tilidagi fonemalar ma’lum bir butunlik – fonologik sathni tashkil etadi. Bu sath esa, unli va undoshlardan iborat ikki qismdan tuzilgan. Unlilar tizimi lablangan va lablanmagan unlilardan iborat.

Tilshunoslikda bo‘linmas, eng kichik deb tushuniladigan fonema va morfema yana ham kichikroq tashkil etuvchilarga ajratiladi. Fonemada farqlovchi belgilar, morfemada mazmun rejasi (semema) va ifoda rejasi (nomema, semema) farqlanadi. Sememada semalar ajratiladi.

Eng kichik til birligi hisoblangan fonemalar inson nutq a’zolari yordamida hosil qilingan tovush tiplarining andozalari bo‘lib, ular psixik-akustik obrazlar qatori sifatida bizning xotiramizda saqlanadi. So‘zlovchi psixik-akustik obrazlar asosida nutq a’zolarini harakatga keltirib, fonemalarning nutqiy ko‘rinishlari hosil bo‘ladi. Masalan, a fonemasi turli talaffuzi natijasida mazmun o‘zgaradi: ota-ata, ona-ana, qora-qara kabilar.

Tilning eng kichik birliklari – fonemalar asosida vujudga kelgan leksema va morfemada ham ushbu holatni kuzatish mumkin.

Tilda fonema, morfema, leksema va qurilma kabi tashkil etuvchi birliklar mavjud bo‘lib, ulardan har biri o‘ziga xos qator belgilarga egadir.

Til bilan nutq bir-birini shartlaydigan, biri ikkinchisini vujudga keltiradigan, birisiz ikkinchisi to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydigan voqelikdir.

Til qobiliyati shaxsning aqliy faoliyat turi bo‘lib, u til o‘rganish va til qo‘llash komponentlaridan iborat. Kishi til o‘rganishda nutq-til, til qo‘llashda esa til-nutq tizmasi bilan ish ko‘radi.

F. de Sossyur qarashlarida ba’zi noto‘g‘ri jihatlar mavjud. U til va nutqning farqli tomonini bersa-da, tilni ijtimoiy hodisa, nutqni shaxsiy hodisa sanab bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. Tilda betayin belgilar hukmronlik qiladi deb, belgilardagi psixologik holatdan tashqari bo‘lgan hodisalarni inkor etadi. Belgilar psixik xarakterda, deydi. Tilni sinxronik va diaxronik aspektda o‘rganish bir-biriga bog‘liqdir. Lekin F. de Sossyur ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi.

Umuman, F. de Sossyur sotsiologizmni tarixiylikka qarshi qo‘yib, tilshunoslikni psixologizmga bog‘laydi.


Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin