Qiyosiy-tarixiy metod. Tillar oilalari va guruhlari orasidagi qarindoshlik, o‘xshashlik va farqlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari majmuasi ekanligi. Uning X1X asrning boshlarida F.Gegel obyektiv idealizmi, naturalizm taraqqiyoti va Charlz Darvin ta’limoti, Evropada bozor iqtisodiyoti rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan individual psixologizm ta’sirida shakllanganligi. Xullas, bu metod yordamida oldin o‘rganilgan ob’ektni yangi o‘rganilayotgan ob’ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biri ekanligi va buning natijasida ob’ektlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlanishi. SHuning uchun uning qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo‘llanishi. qiyoslashning umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchrashi.
Struktur metod XX asrning 70-yillarida yosh grammatikachilarning lingvistik qarashlariga qarshi maydonga kelganligi. Struktural (sistem) tahlil metodlari mohiyatan xilma-xilligi, uning quyidagi to‘rt ko‘rinishi tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilishi: 1) deskriptiv tahlil usuli va tilshunosligi; 2) glossematik tahlil usuli va tilshunosligi; 3) funksional tahlil usuli va tilshunosligi; 4) generativ tahlil usuli va tilshunosligi.
Bir-biridan tubdan farq qiluvchi, turli maqsadlarni ko‘zlovchi bu tahlil usullarining birlashtiruvchi tamoyillar quyidagilardir:
-tilga ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida yondashish;
-til va nutqni izchil farqlash;
-tilni semotik, ya’ni shartli belgilar (ishoralar, ramzlar) tizimi sifatida tushunish;
-lisoniy birliklar mohiyatini birliklarning o‘zidan emas, balki ularning paradigmatik, sintagmatik va ierarxik munosabatlari orqali aniqlash;
-lisoniy birlik va hodisalarning material-moddiy tomoniga kam e’tibor berib, asosiy diqqatni semantik-funksional tomoniga qaratish.
Dostları ilə paylaş: |