1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə25/36
tarix17.04.2022
ölçüsü81,84 Kb.
#55628
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligi ekanligi.

Funksional belgisi – kommunikativlik, so‘z va so‘z birikmasiniki esa nominativlik ekanligi.



A.Nurmonov, Sh.Iskandarova: gap til va nutq birliklariga bo‘linishi kerak. Til birligi uchun – gap, nutq birligi –jumla. Gap yoki gap modeli jumlaning tipiklashtirilgan grammatik shakli, jumla esa uning muayyan vaziyat bilan bog‘langan nutqiy ko‘rinishidir. Gap modeli aniq jumlalar gavdalanishi, jumla esa shu gap modelining nutqda turlicha namoyon bo‘lishidir. Gap modeli yashash shakliga ko‘ra ijtimoiy, jumla esa xususiy belgiga ega.

Gapning boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanishi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlik ekanligi. A.Nurmonov, Sh.Iskandarova: o‘rik gulladi va o‘rikning gullashi. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida yo‘q.

Predikativlikning shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yig‘indisidan tashkil topishi. U gapning asosiy grammatik kategoriyasi bo‘lib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, son kategoriyalari sintezidan iboratligi.

V.V.Vinogradov: predikativlik faqat gap bo‘laklari o‘rtasidagi aloqa bilan bog‘lik emas, bu xodisa ayrim bo‘laklarga bo‘linmay, butun bir gapga xos: Jim! Issiq tipidagi sintaktik qurilmalarda xam predikativlik mavjud. Bunday gaplarda u modallik, zamon va shaxs kategoriyalari orqali ifodalanadi.

Ayrim tilshunoslar ega va kesimni bosh bo‘laklar, qolgan bo‘laklarni ikkinchi darajali bo‘laklar deb hisoblashligi. Asos: har bir gapdan ma’lum hukm anglashiladi. Hukm doimo sub’ekt va predikatning munosabatidan iborat. sub’ektga ega, predikatga kesim mos keladi. Qolgan gap bo‘laklari shu ikki konstitutiv birlikdan biriga bog‘lanib, informatsiya xajmini kengaytiradi.

Ikkinchidan, gapning asosiy belgisi predikativlik ekan, predikativ asos bo‘lgan ega va ke­sim gapning konstitutiv birliklari (bosh bo‘laklar) bo‘ladi.


Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin