1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari


Bilish yo‘llari. Bilishning dialektik metodi. Umumiy va xususiy bilish yo’llari. Ilmiy metodlarning paydo bo‘lishi



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə32/36
tarix17.04.2022
ölçüsü81,84 Kb.
#55628
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

32.Bilish yo‘llari. Bilishning dialektik metodi. Umumiy va xususiy bilish yo’llari. Ilmiy metodlarning paydo bo‘lishi.

Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo‘lgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u "Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: Olamda substansiya (javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir".

Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o‘zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir. Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo‘lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi. Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko‘rish sezgi organi orqali; ovoz eshigish organi orqali; mazata’m — maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali xis etiladi.

Har qanday fan amaliy bilish ustiga qo‘yilgan nazariy bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning o‘rganish predmeti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini ta’kidlagan edi..

Gegel tarixiy jarayonning dialektik xarakterini tadqiq qilar ekan, til taraqqiyotita alohida ahamiyat beradi. U tilni nazariy aqlning yaratuvchisi hisoblaydi, chunki til uningtashqi ifodasi sanaladi.

Insonning sezgi organlari yordamida hosil bo‘lgan bilimi hissiy yoki amaliy bilish sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surish, nutq yordamida ham bylimga ega bo‘lishi mumkin. Bilishning bu yo‘li quvvai notiqa va quvvai mutahayyila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning) etakchisidir. Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko‘pincha aldab qo‘yishi mumkin. Masalan, Quyosh yer atrofida aylanayotganday ko‘rinadi, aslida esa aksincha.

Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish xissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bo‘lishiga asos bo‘lgan orazlar) (aksidensiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni — javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko‘tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uning ma’lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o‘xshash, u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi aniqlanadi.


Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin