Grammatik kategoriyalarga: a) sintaktik birliklarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi (konnektiv – egalik, kelishik) va b) sintaktik birlikni gap qilib shakllantiruvchi (konstitutiv – zamon, mayl, shaxs-son) kategoriyalar kirishi. Grammatik kategoriya tizim va uning ichki tuzilishi morfologik va sintaktik kategoriyalarga bo‘linishi.
Morfologiya bo‘limida so‘z shakllari va kategoriyalari, so‘z shakllarini tasniflash tamoyilari haqida, sintaksisda esa so‘z shakllarining gap tarkibida o‘zaro birikish yo‘llari, gap va uning kategoriyalari, gapning tuzilish tiplari haqida bahs yuritiladi.
So‘z shakllarida morfologik va sintaktik ma’nolarning uyg‘unligi ko‘rinadi.
Morfologiya morfologik ma’nolarni o‘rganadi. Grammatik ma’no tildan tashqaridagi predmetlar, hodisalar, xususiyatlarini aks ettiruvchi nosintaktik (referensional), masalan, mikdor, makon, zamon kabi va gap hamda so‘z birikmasi tarkibidagi, so‘z shakllarining aloqasini bildiruvchi sintaktik ma’nolarga bo‘linadi.
Grammatik ma’no muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalanadi. Ma’lum grammatik ma’noni ifodalovchi moddiy vositalar grammatik shakl hisoblanadi. Masalan, ko‘plik shakli, kelishik shakli va h.
9.Sintaktik sath. Sintaktik sathning so‘z birikmasi va gapdan iboratligi. (Gap modelining so‘z birikmasi modelidan farqlanishi)
Dostları ilə paylaş: |