1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Chingizxon bosqini va unga qarshi O’rta Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi. Jaloliddin Mangubеrdi, Tеmur Malik, Maxmud Torobiy



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə25/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
тарих

27. Chingizxon bosqini va unga qarshi O’rta Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi. Jaloliddin Mangubеrdi, Tеmur Malik, Maxmud Torobiy.
Mo'g'ullar davlati urug'-aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli edi. Mo'g'ul urug' boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin g'olib chiqadi. 1206- Temuchin ulug' xon (qoon) deb e'lon qilinadi, unga «Chingiz» laqabi beriladi va Mo'g'uliar davlatiga asos solinadi. Chingizxon Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo'lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan viloyatlar Mo'g'ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo'g'ullar davlatining g'arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi. Chingizxon Sulton Muhammadga o'z minnatdorchiligini izhor etish va ikki buyuk qo'shni davlatlar o'rtasida shartnoma tuzish uchun 1218-yilning o'zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo’natadi. Karvon ko'p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo'ynalari va boshqa xil qimmatbaho mollar ortilgan 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlaridan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi. Ammo karvon yo'lda chegara shahar O'trorda ushlab qolinadi. Shaharning noibi G'oirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina o’limdan qutulib, Chingizxonning qarorgohiga zo'rg'a yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo'natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxon­ning talabiga javoban elchini o'ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol-mo'ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o'rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har ikki buyuk davlatlar o'rtasida urush boshlanishiga bahona bo'ldi. XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo'shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyosiy ma'muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo'ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya'ni «turklar onasi» nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo'shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq oq-suyaklari bilan urug'-qabila aloqalari orqali mahkam bog'langan edi. Bunday o'ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muhammad o'z hukmronligining so'ngida «Davlat kengashi»ni ta'sis etadi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsada, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo'g'ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo'ldi. Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko'rgan edi. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ahvolidan to'la xabardor edi. Sulton katta qo'shinni bir joyga to'plashdan qo'rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to'plangan qo'shin uni taxtdan ag'darib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o'z qo'shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishga, urashda mudofaa taktikasini qo’llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat mu-dofaaga tayyor bo'lmagan sharoitda mudofaachilikdan iborat xato yo'l tutildi.1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning janii askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo'shini Sirdaryo bo'yida joylashgan О 'tror shahrini qamal qiladilar. Qamalning dastlabki kunlaridayoq shahar hokimiyatining vakili Badruddin Amid, Safiy Aqra' Hojib boshliq sulton tomonidan qatl etilgan. Manbalarga ko'ra, O'tror qamali 5 oy davom etgan. 1220-yilning fevralida Chingizxon Buxoroga yetib borishadi 16-fevralda Buxoroni egallaydilar. Movarounnahrning qadimiy markazlaridan hisoblangan Buxoro talon-taroj etiladi. 1220-yilning mart oyida qo'rquv domiga tushgan, o'z kuchlariga ishonchini butunlay yo'qotgan Xorazmshoh o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab, orolda xor-zorlikda, g'ariblikda kasallanib, vafot etadi. Bu davrda mo'g'ullarning Jo'ji boshliq askariy qismi ham Sirdaryo etaklarida zafarona harakat qilmoqda edi. Xo'jand shahri Sirdaryo ikkiga ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy joylashishi hamda shahar hokimi Temur Malikning qahramonligi bilan xo'jandliklar mo'g'ullarga kutilmagan qarshilikni ko'rsatadilar. Temur Malikning farmoyishi bilan 12 ta qayiq yasalib, dushmanning o'qi teshib o'tmasligi, o't yondirib yubormasligi maqsadida qayiqlarning usti namat bilan qoplanib, sirkali loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik bor oziq-ovqat va qurol-yarog'lami 70ta qayiqqa yuklatib, tunda mash'alalar yorug'ida Sirdaryoning quyi oqimi bo'ylab suzib, Jand shahriga yetib boradi. Xo'jandliklar sohilga tushib, dushman bilan so'nggi jangga kiradilar. Bu jangda faqatgina o'zi halokatdan qutulib, Urganch shahriga yetib keladi. 1221-yilning boshlarida Chingizxon qo'shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Jaloliddin Manguberdi Jand noibi qochqin Qutlug'xon tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo'nashga majbur bo'ladi. 1221-yilning qishida mo'g'ul askarlari Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar dushmanning harbiy ustunligiga qaramay o'z ona shahrini mu­dofaa qiladilar. Najmiddin Kubroning iltijo bilan «Yo Vatan, yo sharofatli o'lim» deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko'cha-ko'y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har bir, xonadon janggohga aylanadi. Yurtda zo'rlik, jabr-zulmning nihoyatda kuchayishi, xilma-xil majburiy to'lov va yig'imlarning haddan tashqari ko'pligi mo'g'ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko'tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri 1238-yilda Buxoro vohasidagi Torob qishlog'ida ko'tarilgan xalq qo'zg'oloni bo'ldi. Qo'zg'olonga toroblik g'alvir yasovchi Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy va Buxoro aholisi qo'zg'olonchilarga qo'shilib qo'liga qurol oladi. Mahmud Torobiy Buxoroda o'z hukm­ronligini o'rnatgach, mo'g'ul tarafdorlari bo'lgan mahalliy amaldorlar Buxorodan qochib ketadi. O'rtada mo'g'ullar bilan jang boshlanadi. Jangda qo'zg'olon boshliqlari Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham shahid bo'ladilar. Qo'zg'olonchilar ulaming o'rniga Torobiyning ukalari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Oradan bir hafta o'tmay, ularga qarshi mo'g'ullarning yangi qo'shini hujum qiladi. Jangda qo'zg'olonchilar tor-mor qilinib, Torobiyning har ikkala ukalari ham halok bo'ladilar. Mo'g'ullar Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni qayta o'rnatadilar. 1238-yilda yuz bergan bu qo'zg'olon tarixga Mahmud Torobiy qo'zg'oloni nomi bilan kirgan.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin