185
kesar, tokar karusel, vertikal hamda radial parmalovchi, konsolli gorizontal
frezerlash, dumaloq jilvirlovchi va h.k. Mayda va o‘rta seriyali ishlab chiqarishda
kamroq universal, lekin yuqori mehnat unumli va boshqaruvi
avtomatlashtirilgan
stanoklar ishlatiladi: tokar-revolver yarim avtomatlar, bitta va ko‘p shpindelli
parmalovchi yarim avtomatlar, baraban-frezerlash, raqamli dastur bilan
boshqariluvchi (RDBli)
tokar vint-kesar stanoklar, bundan boshqa RDBli vertikal
parmalovchi stanoklar va h.k. Katta seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishga tor
mutaxassislik, yuqori mehnat unumi va yuqori avtomatlashtirish darajasiga ega
bo‘lgan stanoklar qo‘llash tavsiya qilinadi: agregat stanoklar, raqamli dastur bilan
boshqariladigan stanoklar, RDBli avtomatik tizimlar,
agregat va mahsus
stanoklardan tuzilgan avtomatik tizimlar.
Stanoklarni tanlash bilan bir vaqtda stanok moslamalarini ham belgilab olish
zarur. Agar moslamalar stanokka tegishli bo‘lsa, (pasporti bo‘yicha) ularni faqat
nomi ko‘rsatiladi: kulachokli patron, lyunet, tiski, vtulka va h.k. Agar bu
operatsiya uchun mahsus moslama kerak bo‘lsa, u holda texnolog odatda
moslamaning faqat sxemasini yaratadi yoki uning ishlash prinsipini ko‘rsatadi.
Albatta yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishda universal moslamalar
qo‘llaniladi: tiskilar, universal bo‘luvchi kallaklar,
aylanuvchi stollar, standart
qisuvchi qurilmalar komplekti va h.k. Agar mahsus moslama ishlatilishi ko‘zda
tutilsa, u holda, birinchi navbatda uning qo‘llanishining iqtisodiy maqsadga
muvofiqligi aniqlashtiriladi.
Katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda, albatta, mahsus moslamalar
qo‘llaniladi, bu asosiy va yordamchi vaqtni qisqartiradi va yuqori aniqlikni
ta’minlaydi.
Stanok va moslamalarni tanlashda har bir operatsiya uchun qirqish asbobini
aniqlash zarur.
Keskich yuqori mehnat unumini, talab qilingan aniqlikni
hamda
ishlangan yuza sifatini (g‘adir-budirligini) ta’minlashi zarur. Marshrut kartasida
keskich nomi, material markasi va standart nomeri ko‘rsatiladi. Agar keskich
mahsus bo‘lsa, uning konstruksiyasini chizmasi yaratiladi.
186
U yoki bu keskichni qo‘llanishi quyidagi faktorlarga bog‘liq: stanok turi;
ishlash usuli; ishlanayotgan zagotovka materiali; zagotovka o‘lchamlari hamda
konfiguratsiyasi; talab qilingan aniqlik va ishlangan yuza g‘adir-budirligi; ishlab
chiqarish turi.
Navbatda o‘lchov asbobini tanlanadi. Marshrut kartasiga uning nomi, tipi va
o‘lchamlari yoziladi. Bu yerda ham, donali va mayda seriyali ishlab chiqarishda
universal o‘lchagichlar ishlatiladi: shtangensirkullar, chizg‘ichlar, mikrometrlar,
ichki yuzalar o‘lchagichlari, chuqurlik o‘lchagichlari va h.k. Seriyali va ommaviy
ishlab chiqarishda mahsus o‘lchagichlar ishlatiladi: kalibrlar, probkalar, shablonlar,
mahsus o‘lchagichlar, mahsus o‘lchov moslamalari va h.k.
Dostları ilə paylaş: