183
9.2-rasm. O‘lchamlarni qo‘yish tizimi va zagotovka
yuzalarini ishlash ketma-ketligi.
3. Zagotovka aniqligi unchalik yuqori bo‘lmagan
holda uning qaysi
yuzasidan eng qalin qatlam-qiytim olinsa, o‘sha yuzani birinchi navbatda ishlash
lozim. Bunda quymakorlik va boshqa nuqsonlarni aniqlanadi. Yuza
aniqligi qancha
aniqroq bo‘lsa, u shuncha keyinroq ishlanishi kerak. Chunki, har bir yuza
ishlanishi o‘zidan oldingi aniqlikni buzishi mumkin.
4. Ikkinchi darajali yuzalarni ishlashda, (mayda teshiklarni parmalash, faska
olish, kanavka chiqarish, zirapchalarini yo‘qotish va h.k.) ular, asosiy parametrlar
aniqligiga ta’sir qilmaydi. Muhim yuzalarni oxirgi operatsiyalarda bajarish lozim.
Marshrutni oxiriga oson shikastlanadigan yuzalarni qoldirish lozim: tashqi
rezbalar, shlitsalarni tashqi yuzalari va h.k.
5. Termik ishlash natijasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalarni
yo‘qotish maqsadida, uni to‘g‘rilash operatsiyasini yoki talab qilingan aniqlikni va
yuza sifatini ta’minlovchi qayta ishlashni ko‘zda tutish kerak.
Ximik-termik va
galvanik
ishlashlar
texnologik
jarayonni
murakkablashtiradi.
Masalan,
sementitlash zagotovkaning ayrim yuzalari uglerod bilan to‘yintiriladi. Qolgan
qismi mis bilan qoplanib himoyalanadi yoki qiytim qoldirilib keyinchalik mexanik
usulda ishlanadi. Toblashga qadar bu ishlar bajariladi.
Yuqori aniqlikdagi (pretsizionniy) detallarni mexanik ishlash davrlari
dastlabki
- qora ishlash; oraliq - toza ishlash; yakuniy - sayqallovchi ishlashlarga
bo‘linadi. Birinchisida metalning barcha yuzalar bo‘yicha
asosiy qismi qiytim
184
sifatida qirqiladi. Ikkinchisida yuza aniqligi asta ko‘tariladi: Uchinchisida
belgilangan aniqlik va yuza qatlami sifati ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: