VI BOB TASODIFIY XATOLIKLAR Ishlash jarayonida sistematik doimiy va sistematik o‘zgaruvchan xatoliklar
mavjud bo‘lmagan holda ham, moslangan stanokda bir guruh detallarni ishlashda,
detal o‘lchamlari doimiy (bir xil) bo‘lib qolmaydi.
Guruhdagi har bir detal o‘lchami, bir-biridan va moslangan o‘lchamdan
tasodifiy xato miqdorida farq qiladi.
Tasodifiy xatolik deb, har - bir detal uchun har xil qiymatlarga ega bo‘lgan
xatolikka aytiladi. Bu xatolikni paydo bo‘lishi hech qanday qonuniyatga
bo‘ysinmaydi.
Bir xil sharoitda ishlangan detallarni o‘lchamlari har xil bo‘ladi. Bu
xatoliklar yoyilish maydoniga ega.
O‘lchamlarning yoyilish maydoni bir qancha sabablarni ta’siri natijasida,
vujudga keladi.
Bu sabablarga quyidagilar kiradi:
1. Ishlanayotgan material qattiqligi ta’siridan tebranishi.
2. Olib tashlanayotgan qiytim kattaligi ta’siridan tebranishi.
3. Zagotovkaning moslamadagi holatini ta’siridan tebranishi.
4. Qirqish rejimidan hosil bo‘lgan haroratni ta’siridan tebranishi.
5. Keskich yeyilishi ta’siridan tebranishi.
6. SMAD tizimi elastik deformatsiyasi ta’siridan tebranishi va h.k.
6.1. O‘lchamlarni yoyilish qonunlari Bir guruhda ishlangan har bir detal o‘lchami tasodifiy xatolik bo‘lib, u
xohlagan o‘lchamga teng bo‘lishi mumkin.
O‘zgarmas sharoitda ishlangan detallarni haqiqiy o‘lchamlarini qiymatlari
to‘plami, o‘sib boruvchi tartibda shu o‘lchamlarni takrorlanishini ko‘rsatilishi,
detallar o‘lchamlarini taqsimlanishi deyiladi.
119
Amalda tasodifiy xatoliklarni o‘rganish uchun detallarni haqiqiy o‘lchamlari
qiymatlarini intervallarga bo‘linadi.
Detallar o‘lchamlarini taqsimlanishini jadval yoki grafik tarzida ko‘rsatish
mumkin (6.1-rasm).
6.1-jadval Interval, mm
Takrorlanish, m
Nisbiy takrorlanish, m/n
20,00-20,05
2
0,02
20,05-20,10
11
0,11
20,10-20,15
19
0,19
20,15-20,20
28
0,28
20,20-20,25
22
0,22
20,25-20,30
15
0,15
20,30 – 20,35
3
0,03
Jami:
n=
Sm/n=1