1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  11.4. Agregat stanoklari va avtomatik tizimlarda ishlash jarayonlarini



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 


233 
11.4. Agregat stanoklari va avtomatik tizimlarda ishlash jarayonlarini 
yaratish xususiyatlari 
 
Agregat 
stanoklari 
unifikatsiyalashgan 
qism 
va 
mexanizmlardan 
(agregatlardan) yig‘iladi. Bular o‘zlarini alohida kuch yuritgichlariga ega va bir-
birlari bilan elektrik boshqarish hamda blokirovkalash tizimi bilan bog‘langan. 
Agregat stanoklari ayniqsa, murakkab va yuqori mehnat sig‘imli 
zagotovkalarni (dvigatel bloklari, shesternyalar - tishli g‘ildirak, reduktorlar 
korpuslari kabi detallar zagotovkalarini) ishlashda ancha yuqori samaradorlik 
ko‘rsatadi. Agregat stanoklarida texnologik o‘tishlar parallel yoki parallel ketma-
ket olib boriladi. Mexanik ishlovning hammasi zagotovkani bir o‘rnatishda 
bajarilishi mumkin. Bitta agregat stanogi bir nechta universal stanoklarni o‘rnini 
bosadi va ishlab chiqarish maydonini va ishchilar sonini kamaytiradi. Agregat 
stanoklarida ishlashning mehnat unumi universal stanoklarida ishlashga nisbatan 3-
12 martaga yuqori bo‘ladi. 
Agregat stanoklari ko‘pincha yarim avtomat tarzida ishlatiladi. Agar 
zagotovkani o‘rnatuvchi, tayyor detalni oluvchi avtomatik qurilmaga o‘rnatilsa, 
agregat stanogi avtomatik siklda ishlaydi. Agar bunday qurilmalar stanoklar 
orasiga o‘rnatilsa, avtomatik tizimga aylanadi. 
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish katta harajatlar bilan bog‘liq. Shuning 
uchun barcha texnologik va konstruktorlik masalalar texnika-iqtisodiy hisoblar 
asosida olib boriladi. Avtomatik tizimlarni loyihalashda har bir ish holatini mehnat 
unumi (ishlash takti) bir xil yoki karra (“kratniy”) bo‘lishi lozim va shu bilan 
ishlash sinxronligi ta’minlanadi. 
 
11.5. Donabay ishlab chiqarish uchun texnologik 
jarayonini yaratish 
 
Donabay ishlab chiqarishda mahsulot kichkina hajmda chiqariladi va qayta 
ishlab chiqarish, qoida bo‘yicha, ko‘zda tutilmaydi. Bular asosan universal 


234 
stanoklarda ishlanadi. Donalab ishlab chiqarishda ishlanadigan zagotovkalar 
quyma, bolg‘alash, shtamplash, hamda kombinatsiyalashgan usullarda olinadi. 
Qo‘llaniladigan texnologik jarayon ishlab chiqarish siklini uzaytirib yuboradi. 
Masalan, razmetkalash va shu asosda kerak o‘lchamni olish. 
Donabay ishlab chiqarish texnologik jarayonini loyhalash jarayonni 
marshrutini tuzish bilan chegaralanadi. Normirovka qilish tajriba statistika usuli 
bilan amalga oshiriladi. Buni asosidan oldingi shunga o‘xshash ishlarni 
bajarilishiga solishtirish yetadi. 
GOST 14.301-83 bo‘yicha donabay ishlab chiqarish texnologik jarayonini 
yaratishda quyidagi axborotlar zarur: 
1. Mahsulotni bazaviy konstruktorlik hujjatlarini ishchi va yig‘ish 
chizmalari; ishlab chiqarish hajmi (dastur). 
2. Boshqaruv soha standartlari, texnologik jarayonga va boshqaruv usuliga 
talablarni belgilaydi; korxonadagi mavjud texnologik jihozlarning harakteristikasi; 
texnika - iqtisodiy axborotning klassifikatori; ishlash rejimini va materiallar sarfi 
normasini tanlash uchun yo‘riqnomalar. 
3. “Namuna” mahsulotini ishlab chiqarishning texnologik hujjatlari; yasash 
va ta’mir qilishni progressiv usullarini yoritish materiallari; katalog, pasport, 
ma’lumotnoma va hokazo; sex, uchastka, jihozlarini joylashish planirovkasi, 
texnologik jarayonni boshqarish bo‘yicha uslubiy materiallar. 
Detalni yasashni texnologik jarayonini yaratish, dastlabki materiallarni 
yaxshilab o‘rganib chiqilgandan so‘ng boshlash. 
Bundan keyingi texnologik jarayonni loyihalash etaplari, bir-birlari bilan 
chambarchas bog‘langan va aniq ketma-ketlikda bajariladi: 
1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga qarab ishlab chiqarish tipini aniqlash. 
Donabay ishlab chiqarishda operatsiyalarni bog‘lanish koeffitsiyenti K
b.on
>40 
bo‘ladi (GOST 14.004-83). 
2. Texnologik jarayonni yaratish turini aniqlash: tiplashgan, guruhli, donali. 
3. Texnologik tekshirish; detal zagotovkasini texnologikligini ko‘rish. 
4. Zagotovka turini tanlash. Uni olish usulini tanlash. 


235 
5. Ayrim yuzalarni ishlash texnologik marshrutini yaratish. 
6. Zagotovkani ishlash marshrutini yaratish. 
Donabay ishlab chiqarish texnologik jarayonini yaratishda iloji boricha 
operatsiyalar va o‘tishlar sonini kamaytirishga harakat qilinadi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin