241
kremniy karbididan, bor karbididan, sirkoniy karbididan, borsili karbididan,
borning kub nitrididan (elbor) va sintetik olmosdan foydalanilmoqda.
Standart abraziv toshlarida keramikali, bakelitli, vulkanitli, silikatli, grafitli
va metalli bog‘lovchilar ishlatiladi. Bularni ichida eng ko‘p ishlatiladigani
keramikali bog‘lovchidir. Uni o‘tga chidamli loydan, dala shpatidan va kvarsdan
tayyorlanadi. Keramikali bog‘lovchini yutug‘i, uning suvga chidamliligi va katta
unumdorlikka egaligidir.
Metalli bog‘lovchilar volfram-kobaltli, temir-nikelli va mis-ruxli bo‘ladi.
Ulardan abraziv toshlarda, xuddi shuningdek olmos (krug) toshlardan ham
foydalaniladi. Olmos toshlari yuqori yeyilish turg‘unligiga va unumdorlikka
egadir. Jilvirlash asboblarining xususiyatini aniqlovchi asosiy parametri uning
donalarini o‘lchamidir (GOST 3647-80). GOST 18118–79 da jilvir asboblarining
yettita qattiqlik sinfi ko‘zda tutilgan: yumshoq (M), o‘rtacha yumshoq (SM),
o‘rtacha (S), o‘rtacha qattiq (ST), qattiq (T), o‘ta qattiq( VT), haddan tashqari
qattiq (ChT).
Qattiq po‘latlarni jilvirlab ishlanganda yumshoq abraziv toshlardan
foydalaniladi, chunki abraziv toshning o‘tmaslashgan donachalari, bog‘lovchidan
oson yulinib chiqadi. Yumshoq po‘latlarni jilvirlab ishlaganda qattiq abraziv
toshlardan foydalaniladi, chunki ularning turg‘unligi yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: