1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.5-rasm Markazsiz jilvirlash 
sxemalari. 
a-umumiy sxemasi; b-bo‘ylama 
surish tezligi bo‘yicha; c-ko‘ndalang 
surish tezligi bo‘yicha; 1-abraziv 
tosh; 2-ishlanayotgan detal; 3-asosiy 
yetaklovchi abraziv tosh; 4-
tayanch(pichoq). 
1- diametri katta bo‘lgan jilvirlovchi tosh, 3- diametri kichik bo‘lgan 
yetaklovchi abraziv tosh, detalni aylantiradi va unga bo‘ylama surish uzatadi. 
Ishlov beriladigan detal pichoq ko‘rinishidagi tayanch yordamida qiya holatda 
turadi. Yetaklovchi abraziv tosh tomonga tayanchda qiyalik bo‘lganligi sababli, 
detal shu jilvir toshga siqiladi. Tayanchda ishlov beriladigan detal markazini 
abraziv tosh markazi o‘qlaridan yuqorida joylashtiriladi. Jilvirlovchi tosh 


245 
V=(30÷40) m/sek tezlik bilan, yetaklovchi abraziv tosh esa V=(20÷30) m/sek 
tezlik bilan harakatlanadi. 
Markazsiz jilvirlash ham 2 xil usulda amalga oshiriladi. 1-usul bo‘ylama 
surish (12.5-rasm, a,b), 2-usul ko‘ndalang surish (12.5-rasm, c). 
Bo‘ylama surishli jilvirlash bilan vallarni, vtulkalarni, porshenlarni, bo‘rtib 
turgan qismi bo‘lmagan vallarni va boshqa silindrik shakldagi detallarni olish 
mumkin. Jilvirlanadigan detal dastgohning bir tomonidan kiradi va ikkinchi 
tomonidan jilvirlanib chiqadi. Bu harakatni olish uchun yetaklovchi abraziv toshni 
jilvirlovchi tosh o‘qiga nisbatan α=1÷5° burchak ostida qiya qilib o‘rnatiladi. Bu 
qiyalik qiymati qancha katta bo‘lsa, surish qiymati va g‘adir-budirlik katta bo‘ladi. 
Ko‘ndalang surishda ham, detal tayanchga o‘rnatiladi. Yetaklovchi abraziv toshga 
ko‘ndalang surish tezligi berilib, jilvirlash amalga oshiriladi. Yetaklovchi abraziv 
toshning surilish qiymati, detalning bir marta aylanishiga to‘g‘ri kelgan 0,003 mm 
dan 0,01 mm li qiymatiga teng qilib olinadi. Ko‘ndalang surishli jilvirlash usuli 
bilan konus shakliga va bo‘rtib turgan qismi bo‘lgan vallarni olish uchun 
ishlatiladi. 
Markazsiz jilvirlovchi dastgohlarda silindrik, konus va fason yuzali aylanma 
jismlarni jilvirlab ishlash mumkin. 
Botirib jilvirlash usuli - bu usulda pog‘onali, bo‘rtib chiqqan qismi bo‘lgan 
homashyolar ishlanadi. Bunda jilvirlanuvchi jism o‘qi bilan abraziv tosh o‘qi 
parallel bo‘lishi kerak. 
Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini toza va ingichka jilvirlash boshqa 
ishlash turlariga qaraganda ancha unumdorligi yuqori usul hisoblanadi. Markazsiz 
jilvirlashda unumdorlikni yuqori bo‘lishining asosiy sabablariga qiytimning 
kichikligi va abraziv toshning keng olinishi kiradi. Bu usul ishlanuvchi yuzalarni 
o‘lchamlarini juda yuqori aniqlikda olish imkonini beradi. Lekin bu usulda, 
yuzalarning nisbatan o‘zaro joylashish aniqligini olib bo‘lmaydi. 
Dumaloq jilvirlash va markazsiz jilvirlash stanoklari oson avtomatlashadi va 
avtomatik tizimlar ichiga kirib moslasha oladi. Jilvirlash jarayonida homashyoning 
yuza qatlamlarini chuqurligini o‘zgarishi bo‘yicha katta harorat hosil bo‘ladi, bu 


246 
harorat qiymati homashyo yuzasida cho‘zilish kuchlanishlarini hosil bo‘lishida 
katta rol o‘ynaydi. 
Abraziv lentalarda jilvirlash - abraziv lenta bilan ishlash jarayonida lenta 
jilvirlanayotgan valning bo‘yinchasidan ushlaydi va natijada val aylanadi. Lenta 
yeyilgan qismini to‘g‘rilash yoki o‘zgartirish uchun u doimo uzluksiz ravishda 
tortib chiqarib turiladi va lentani yeyilmagan qismi bilan ishlash davom ettiriladi. 
Abraziv lentalar kleydan foydalanilgan materiallar asosida, suvga chidamli 
qilib tayyorlanadi. Abraziv lentalarning donlarining o‘lcham darajasi 80 dan 3 
gacha bo‘ladi va ular ishlov berishga ajratilgan qiytimga qarab tanlanadi. Mayda 
donali abraziv lentalardan foydalanilganda ishlangan yuzaning g‘adir-budirligi Ra= 
0,15 mkm gacha olish mumkin. 
Abraziv lentali jilvirlashda kesish kuchi bo‘lmaydi. Abraziv lentali jilvirlash, 
jarayoni butun yuza bo‘yicha bo‘lgani uchun, issiqlik butun ishlanayotgan yuza 
bo‘yicha, ma’lum chuqurlik qiymatida harorat deyarli bir xil qiymatda hosil 
bo‘ladi. Odatda ishlanayotgan yuza qatlamida siqiluvchi kuchlanishlar hosil 
bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, abraziv lentali jilvirlash stanoklarida ishlab 
bajarilgan buyumlarning yuzalar sifati, abraziv tosh qo‘yib ishlanadigan 
stanoklarnikiga qaraganda ancha yuqori ekan. Abraziv lentali jilvirlashda juda kam 
holatlarda kuyish, darz ketish va qilchalar paydo bo‘lar ekan. Odatda lentali 
jilvirlashda past darajali siqiluvchi qoldiq kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Shuning 
uchun ham lentali jilvirlash usuli ingichka yoki (oxirgi finish) jilvirlash ishlarida 
ko‘proq ishlatiladi. Bu usul bilan yuza qatlamining sifatini oshirish mumkin. Lekin 
bu usul bilan, ishlanayotgan yuzalarni va yuzalarni o‘zaro joylashish aniqligini 
oshirib bo‘lmaydi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin