260
oladi. Bu kesish sxemasidan quymada yoki issiq bosim ostida olingan,
shtampovkadagi teshiklarni sidirishda foydalaniladi.
Teshiklar tortish kuchi 0,1 dan 1 MN gacha va o‘rtacha kesish tezligi (3÷5)
m/min bo‘lgan gorizontal va vertikal sidirish stanoklarida sidiriladi. Detallarni
sidirish uchun, ularni bikr va zoldirli tayanchlarga o‘rnatiladi.
Agar detalni yon tomoni teshik o‘qiga perpendikulyar qilib qirqilgan bo‘lsa,
detalni bikr tayanchga o‘rnatiladi. Agar detalni yon tomoni qirqilmagan bo‘lsa
(quyma va shtamplangan detallarni ishlanmagan yuzalari bilan) yoki qirqilgan
bo‘lsa ham, yon tomoni teshikni o‘qiga perpendikulyar bo‘lmasa ham sidirish
uchun detalni zoldirli tayanchga o‘rnatiladi.
Agar teshikni uzunligi sidirish asbobining 2÷3 qadamidan kichik bo‘lsa,
bunday holatlarda bir nechta detallardagi teshiklar bir vaqtda sidiriladi. Parmalash,
zenkerlash va ichki yo‘nish bilan olingan teshiklarni diametri bo‘yicha sidirish
qiymati 0,15 mm dan 1,5 mm gacha chuqurlikda olinadi. Tish bo‘yicha surish
tezligini qiymati 0,02÷0,1 mm/tish ni tashkil qiladi.
Sidirishning profil kesish sxemasi bo‘yicha olingan teshikning aniqligi
(11÷13) kvalitetni beradi.
Ishlangan yuzaning g‘adir-budirligi balandligini kamaytirish uchun, sidirish
asbobining turg‘unligini oshirish uchun sulfofrezol yoki emulsolning suvdagi 20%
li eritmasiga 4 % sovun qo‘shib ishlatiladi.
Sidirish operatsiyasini bajarish uchun ketgan asosiy vaqtni aniqlash ifodasi.
;
(12.8)
bu yerda,
L
– sidirish asbobini ishchi qismini uzunligi, mm;
V
p
– qirqish
tezligi, m/min;
V
o.x
– teskari harakat tezligi, m/min. Teskari harakat tezligi , ishchi
tezlikka qaraganda 2÷3 marta yuqori olinadi.
Sidirish asbobi bilan teshiklarda vintsimon shlitsalar va mahsus ariqchalar
ochish uchun, sidirish asbobiga aylanma harakat beriladi.
Dostları ilə paylaş: