12.8-rasm. Zenkerlash usullari.
Pastdan va yuqoridan yo‘naltiruvchi vtulkalardan foydalanib, teshiklarni
ishlashga ikkala tomondan zenkerni yo‘naltirib zenkerlash deyiladi. Bunday usul
bilan diametri 25 mm dan yuqori bo‘lgan teshiklarni teshishda foydalaniladi (12.8-
rasm, c).
Zenker shpindelga sharnirli va tekis o‘zgaruvchan qilib o‘rnatiladi. Bunday
o‘rnatish yo‘li bilan, stanokni ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarni oldi
olinadi. Masalan, shpindelning urishi, zenker o‘qi bilan konduktor vtulkasining
o‘qini ustma-ust tushmasligi va hokazolar. Bu holatda ishlanayotgan teshikni
o‘qini holati asosan moslamaning yo‘naltiruvchi qismlari ya’ni vtulkani va zenker
o‘qlarini ustma-ust tushishiga va tayyorlanish aniqligiga bog‘liqdir.
Zenkerlash uchun qiytimning qiymatini ishlanayotgan teshik diametrining
Z=0,1D ga teng qilib olinadi.
Shtampovkadan yoki quymakorlikdan so‘ng olingan dastlabki teshiklarni
qo‘pol zenkerlash 12-13 kvalitet aniqligini olishga, parmalashdan so‘ng zenkerlash
yoki ichki qora yo‘nish 11 - kvalitet aniqligini, yuza g‘adir-budirligi esa
Ra=10÷2,5 mkm ni olish imkoniyatini beradi.
253
Parmalash, tokarlik, ichki yo‘nish, tokarlik revolver va boshqa stanoklarda
teshiklar zenkerlar bilan ishlanadi.
Razvertkalash
. Bu usul bilan teshikni ishlash aniqligi oshiriladi. Material
qattiqligi HRC<40 bo‘lgan teshikni, 6÷8 kvalitet aniqligini va yuza g‘adir-
budirligini Ra =2,5÷0,15 ta’minlaydigan, aniq teshik olish uchun mo‘ljallangan
asosiy usuldir. Razvertkalashdan oldin parmalash, zenkerlash yoki ichki yo‘nish
bajariladi.
Razvertkalar ishlatilish usuliga qarab mashina va (qo‘l) dastaki
razvertkalariga bo‘linadi. Ular yaxlit qilib, sirpanuvchi yoki harakatlanuvchi
(razdvijnie), yig‘ma tishli qilib tayyorlanadi. Silindr shaklidagi to‘g‘ri va vintsimon
tishli dastaki razvertkalari bilan diametri 3 mm dan 50 mm gacha bo‘lgan teshiklar
ishlanadi.
Mahkamlash qismi silindr yoki konus shaklida bo‘lgan yaxlit mashina
razvertkalari bilan diametri 25÷80 mm gacha, tishlari o‘lchamga to‘g‘rilanadigan
(boshqariladigan) yig‘ma konstruksiyali mashina razvertkalari bilan diametri 52
mm dan 300 mm gacha bo‘lgan teshiklar ishlanadi.
Razvertkalar kichik qiytim olishga mo‘ljallangan. Razvertkalar zenkerdan
o‘zining tishlarini sonini ko‘pligi bilan, plandagi burchagi kichikligi bilan ajralib
turadi.Razvertka o‘qini ishlanayotgan teshik o‘qi bilan ustma-ust tushishi, qiytimni
qiymatini bir xilda qirqib olishi, razvertkalash bilan yuqori aniqlik olishning asosiy
shartidir.
Razvertkalash vaqtida, teshikka vtulka erkin o‘rnashishi yoki aniq
yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda razvertka ham konduktor vtulkalari
yordamida yo‘naltiriladi. Razvertkani yo‘naltirish ham zenkerniki kabi (2) pastdan,
(1) yuqoridan va (3) ikkala tomondan bo‘lishi mumkin.
Teshikni diametriga va unga talab qilib qo‘yilgan aniqlikka qarab
razvertkalash bitta yoki ikkita razvertka bilan bajariladi. Masalan: 8-9 kvalitet
aniqligi olish uchun bitta razvertka bilan, 7- kvalitet aniqligi olish uchun ikkita
razvertka bilan ishlanadi. Razvertkalash bilan 6- kvalitet aniqligi ham olish
mumkin.
254
Diametri 90...120 mm bo‘lgan teshik uchun, qora va toza razvertkalash
uchun umumiy qiytim 0,2÷0,4 mm ni tashkil etadi.Dastlabki (qora)
razvertkalashda berilgan umumiy qiytimni yarmidan ko‘pi qirqib olinadi.
Teshiklarni ishlash uchun qo‘shaloq (kombinirovanniy) asboblar: parma-
zenker, parma-razvertka, parma-zenker razvertkalar ishlatiladi. Zenkerlash va
razvertkalashni (dumaloq protyajkalash) sidirish operatsiyasi bilan almashtirish
mumkin.
Asosiy vaqt (min). Teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvertkalash,
sekovkalash va zenkovkalash operatsiyalarini bajarish uchun ketgan asosiy vaqt,
quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
(12.5)
bu yerda,
l
- ishlanayotgan teshik uzunligi, mm.
l
botirib kir
- parmani to‘liq botib kirishi, mm,
l
asbobni chiqishi
- kesuvchi asbobni,teshikni ishlab, bo‘lgandan keyingi chiqishi, (mm).
n
- shpindelning aylanishlar soni, ayl/min.
S
- surish tezligi,mm/ayl.
Parmalashda botib kirish masofasi, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
(12.6)
bu yerda,
D
- parma diametri, mm; φ - parmaning plandagi asosiy burchagi, φ°.
Qayta parmalashda, zenkerlashda, razvertkalashda botib kirish masofasi, quyidagi
ifoda bilan aniqlanadi.
ctgφ
+(1...3) (12.7)
bu yerda,
t
-qirqish chuqurligi, mm; φ-asbobning plandagi asosiy burchagi, φ°.
Aniq konus shaklidagi teshiklar konussimon zenkerlar va razvertkalar
yig‘ilmasidan (komplekt) iborat asboblarda ishlanadi. Diametri 25 mm dan katta
bo‘lgan konussimon teshikni ishlash uchun, oldin pog‘onasimon teshiklar
parmalanadi, uning shakli konus zenker shakliga o‘xshash bo‘lishi kerak. Keyin
255
teshikka konussimon zenker bilan dastlabki va qora-toza razvertkalar bilan ketma-
ket ishlov beriladi.
40> Dostları ilə paylaş: |