1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Xoninglash. 
Ikki tomoni ochiq, bir tomoni berk silindirik, konussimon va 
pog‘onali teshiklarni dastlabki razvertkalashdan, ichki yo‘nishdan yoki 
jilvirlashdan so‘ng xoninglash operatsiyasi bajariladi. Xoninglash 6÷7 kvalitet 
aniqligini va yuza g‘adir budurligini R
a
=0,32÷0,04 mkm ni olishni ta’minlaydi. 
Xoninglash kallagiga olmos brusoklar aylana bo‘yicha joylashtiriladi. Xon kallagi 
bir vaqtda aylanma (V=10÷15 m/min) va ilgarilanma-qaytarilma (V=10÷15 
m/min) harakat qiladi,ishlanayotgan detal qo‘zg‘almas qilib qo‘yiladi. Olmos 
brusoklar ish vaqtida radius yo‘nalishida siljib harakatlanadi. Brusoklarni radius 
bo‘yicha surish mexanik, gidravlik yoki pnevmatik qurilma yordamida amalga 
oshiriladi. Olmos brusoklarni detal yuzasiga bosimi 0,2…1 MPa ni tashkil etadi.
Jilvir xoninglash brusoklari elektrokorunddan, kremniy karbididan 
(korborund), elbor (kub shaklidagi bor nitridi) va boshqalardan tayyorlanadi.
Jilvir asboblarga qaraganda, olmos brusoklarni ishlatish yaxshi natija beradi. 
Ularni turg‘unligi jilvir asboblarga qaraganda 10 marta ko‘p turg‘unlikka egadir. 
Olmos brusoklar asosan sintetik va tabiiy olmos donalaridan tayyorlanadi.
Xoninglash jarayoni albatta suyuqliklar quyish yo‘li bilan olib boriladi. Bu 
suyuqlik sovutish, moylash va yuvib chiqarish xususiyatlarini bajaradi. Cho‘yan 
ishlanganda kerosindan, po‘latni ishlaganda 25% li veretenka yog‘i bilan 75% li 
kerosin aralashmasidan foydalaniladi. Diametri 25÷500 mm li bo‘lgan cho‘yandan 
tayyorlangan detallarga qiytimni qiymati 0,02÷0,2 mm va po‘latlarga ishlov 
berilganda qiytimning qiymati 0,01÷0,08 mm gacha olinadi.
Xoninglash mahsus stanoklarda olib boriladi. Xoninglash vertikal, gorizontal 
va ko‘p shpindelli stanoklarda olib boriladi. Xoninglash jarayonini ovallik, 
konuslik, qavariq shakllilik va boshqa shakl xatoliklarini to‘g‘rilaydi. Xoninglash 
6÷7 kvalitet aniqligini va yuza g‘adir-budirligi R
a
=0,32÷0,04 mkm ni ta’minlaydi.
Xoninglash jarayonida asosiy vaqt (minut) quyidagi ifodadan hisoblanadi. 


266 
;
;
(12.13) 
Bu yerda, 
Z
-qiytim, mm; 
S
ko`nd
- xon kallagini bitta juft yurishiga to‘g‘ri 
kelgan radial surish, mm; 
n
- xon kallakni juft yurishlar soni, min; 
V
ilg qayt

ilgarilanma-qaytarilma harakat tezligi, m/min; (
V
ilg;qayt
=12÷15 m/min); 
l
yu
- xon kallakni yurishi, mm; 
l
- ishlanayotgan teshik uzunligi, mm; l
m

kallakni teshikdan chiqish masofasi, mm; (
l
m
= 12÷15 mm); 
l
b
r
-jilvir brusokni 
uzunligi, mm.
Hozirgi vaqtda xoninglash kallaklarini katta ishchi yuzali qilib, brusokni 
solishtirma bosimini oshirib va brusoklarni qattiqligini yuqori qilib olingan 
konstruksiyalar yaratildi. Bu konstruktsiyalar ishlaganda katta qiytimni oladi va 
ishlash vaqtini oddiy konstruktsiyali kallaklarga qaraganda 2-3 marta kam sarf 
qiladi.

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin