12.2.5 Chuqur teshiklarni va kichik diametrdagi teshiklarni ishlash.
Chuqur teshikni ishlash
Teshikning uzunligi teshik diametridan 10 marta va undan ortiq bo‘lsa,
bunday teshikka chuqur teshik deb ataladi. Chuqur teshikni ishlashni texnologik
jarayonini tuzish, u ishlanayotgan detal materialiga, massasiga, teshikning
o‘lchamiga va aniqligiga bog‘liq.
Ko‘pchilik, chuqur teshiklar 8÷11 kvalitet aniqligi bo‘yicha, ovallilik va
konuslik darajasi bo‘yicha, teshik diametrini ruxsat etilgan xatoligini (0,2÷0,25)
mm qismiga teng qilib tayyorlanadi.
Chuqur teshikni o‘qi bilan nazariy o‘qining ustma-ust tushmasligi 1 metr
teshik uzunligiga 0,2÷0,4 mm ni tashkil qiladi. Ishlangan teshik yuzasining g‘adir-
budirligini R
a
=l,25÷0,32 mkm, ko‘pincha R
a
=5÷1,25 mkm qilib ishlanadi.
Chuqur teshiklarni ishlash, oddiy teshiklarni ishlashga qaraganda
murakkabdir. Chuqur teshiklarni ishlaganda qirindini chiqarib tashlash qiyinligi,
parmani qirqish zonasini sovutish qiyinligi va chuqur teshikni o‘qi bilan nazariy
269
o‘qining ustma-ust tushmasligi (parmaning o‘qdan qochishi) holatini keltirib
chiqaradi.
Chuqur teshiklarni parmalash uch xil usulda olib boriladi: kesuvchi asbob
parmaga aylanma va surish tezligi, detalga aylanma, parmaga esa ilgarilanma
harakati, detalga va asbobga teskari aylanma harakat va asbobga esa surish tezligi
berib ishlash usullari.
Katta va og‘ir detallarda chuqur teshiklar aylanuvchi va ilgarilanma harakat
qiluvchi asbob bilan ishlanadi. Parmani aylantirib ishlaganda, katta tezliklarda
ishlash mumkin. Bunda tezlikning qiymati parma turg‘unligi bilan chegaralanadi.
Bu usul bilan chuqur teshiklarni agregat, vertikal va radial parmalash stanoklarida
ishlanadi.
Bu usulning eng asosiy kamchiligi, teshik o‘qining qochishi bo‘lib, bu
xatolik parmaning kesuvchi qirralarini simmetrik qilib charxlanmasligidan, detalni
noto‘g‘ri o‘rnatishdan, ishlanayotgan materialning ichki donachalarini bir xil
emasligidan va boshqa shunga o‘xshash ta’sir belgilarida hosil bo‘lishi mumkin.
Bu holatlarda teshiklarni spiral parmalarda ishlanadi, chuqur teshiklar ishlanganda
parma (kanavkasi) ariqchasida qirindilar presslanib yig‘iladi. Parma sinib
ketmasligi uchun chuqur teshiklarni ishlaganda teshikdan parmani chiqarib, kiritib
turish kerak, bu esa ish unumdorligini kamaytiradi. Bunday usulda teshiklarni
parmalaganda qirqish zonasiga moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar yetkazib berish
qiyin bo‘ladi.
Gorizontal parmalash stanoklarida chuqur teshiklarni parmalaganda detalga
aylanma harakat berilib, parmaga esa surish tezligi berib ishlansa, ishlanayotgan
teshik o‘qining nazariy o‘qdan qochishini kamayishini ta’minlaydi.
Yirik detallarga katta tezlik berib bo‘lmasligi, bu usulning asosiy
kamchiligidir. Yirik detallar kichik tezliklar bilan harakatga keltiriladi va ular tez
qirqar po‘latlardan tayyorlangan asboblar bilan ishlanadi. Shuning uchun yirik
buyum detallarini aylantirib, chuqur teshiklarni ishlashning ish unumdorligi ancha
kamdir.
270
Kesuvchi asbobni va detalni bir paytda qarama-qarshi tomonga aylantirib,
chuqur teshiklarni ishlash eng ko‘p ish unumdorligiga ega bo‘lgan usuldir. Parma
katta tezliklar bilan aylanma harakat qiladi. Bu ishlash usuli, kesuvchi asbobni
aylantirish qurilmasi bo‘lgan gorizontal - parmalash stanoklarida olib boriladi.
Chuqur parmalashni 2 xil turi mavjud. 1-turi yaxlit materialda parmalash, 2-
turi halqasimon parmalash. Yaxlit materialda parmalashdan hosil bo‘lgan
teshikdan chiqqan metal hajmi to‘liq qirindiga aylanadi. Halqasimon parmalashda
esa, teshik markazida sterjen (kern) qoladi, qirindi esa faqat halqasimon
hajmdangina chiqadi. Ishlanayotgan teshik diametri 100 mm gacha, bo‘lgan
teshiklarni yaxlit parmalash usuli bilan, undan katta teshiklarni esa halqasimon
parmalash usuli bilan bajariladi. Agar ishlanayotgan teshikni bir tomoni berk
bo‘lsa, unda faqat yaxlit parmalash usulidan foydalaniladi. Qiyin ishlanuvchan
materiallarni ishlashda va juda chuqur teshiklarni l/80d, ochishda, ikki tomondan
parmalash usuli qo‘llaniladi.
Chuqur parmalashda parma konstruksiyasini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga
ega. Qirindini maydalanishini ta’minlash va teshikdan qirindini ishonchli chiqarib
tashlovchi kesuvchi asbobni qirqish tig‘larini to‘g‘ri joylashtirish bilan erishiladi.
Shunga qarab, parmalar qirindini kengligi va qalinligi bo‘yicha maydalab
ishlaydiganlarga bo‘linadi.
Qirindini kengligi bo‘yicha maydalab ishlaydigan parmalarga bir tomonlama
kesuvchi parmalar deyiladi. Bu parmalarda keskichlarni soniga va ulardagi qirqish
tig‘lari soniga qaramasdan, ular yagona qirqish tig‘ini tashkil qiladi. Bu parmalarda
keskichlarni parma yoniga aniq o‘rnatishga xojat qolmaydi. Qirindini qalinligi
bo‘yicha maydalab ishlaydigan parmalarga ikki tomonlama kesuvchi parmalar
deyiladi. Bunday parmalarda keskichlar ikki tomonlama joylashgan bo‘lib, qirqish
tig‘ining uzunligi, qirqish chuqurligiga teng bo‘ladi. Keskichlarni parma yon
tomoni bo‘yicha aniq o‘rnatish ancha qiyin. Ikki tomonlama kesuvchi parmalar bir
tomonlama kesuvchi parmalarga qaraganda teshik o‘qidan ko‘proq qochadi.
Shuning uchun ham, chuqur teshiklarni ishlashda ikki tomonlama kesuvchi
parmalar deyarli ishlatilmaydi.
271
Chuqur teshiklarni ishlayotganda chiqayotgan qirindining shakli, uning
o‘lchamlari katta ahamiyatga ega. Qirindining shakli mayda yoki kichik
bo‘lakchalardan iborat bo‘lsa, ishlanayotgan teshikdan oson chiqadi. Qirindining
bunday shakliga parmaning qirqish qismini charxlash natijasida erishiladi. Bunda
parmaning oldingi yuzasida qat’iy o‘lchamli va shaklli izlar hosil qilib, ishlanadi.
Chuqur teshiklarni parmalash moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar qo‘llab
amalga oshiriladi:
Bu suyuqlik o‘z tarkibida 1,5÷25% gacha oltingugurtdan va mineral
yog‘lardan iborat bo‘lgan sulfofrezol ishlatiladi, uni ish zonasiga (100÷500) kPa
bosim bilan uzatiladi. Ko‘p holatlarda yog‘li emulsiya qo‘llaniladi.
Bir tomonlama qirquvchi parmalar bilan ishlaganda surish tezliklarini [0,01-
0,1] mm/ayl va qirqish tezliklarini 100÷200 m/min gacha yoki undan ham ko‘proq
qilib amalga oshiriladi. Ikki tomonlama qirquvchi parmalar bilan ishlaganda surish
tezliklarini [0,15÷0,5] mm/ayl va qirqish tezliklarini [15÷40] m/min qilib amalga
oshiriladi. Diametri 60÷200 mm teshiklarni, mustahkamligi σ=0,75÷1 GPa bo‘lgan
po‘lat homashyolarni halqasimon parmalash uchun surish tezliklarini 0,1÷0,3
mm/ayl va qirqish tezliklarini 120÷140 m/min qilib olinadi.
Chuqur teshiklarni parmalashdan so‘ng, detalni g‘adir-budirligining
balandligini kamaytirish uchun, teshik diametrini aniqligini oshirish uchun
quyidagi ishlov turlari: zenkerlash, ichki yo‘nish, razyertkalash yoki protyajkalash
usullari qo‘llaniladi. Chuqur teshiklarni zenkerlash va razvertkalash teskari
surishni qo‘llab olinadi. Protyajkalash jarayonida, protyajkani teshikdan tortib
chiqariladi, shunda protyajkani mahkamlash qismi, siqilishga emas, cho‘zilishga
yaxshi ishlashi kerak.
Oxirgi vaqtlarda, qiyin ishlanuvchan materiallarda chuqur teshiklarni olish
uchun elektrofizik-elektroximik usullari qo‘llanilmoqda. Ularga (elektroerrozion)
elektryemirilish, anod - mexanik ionlash, ultratovush va shunga o‘xshash usullar
kiradi. Bu usullarning ko‘pchiligi parmalashdan farqli o‘laroq teshiklarni
tayyorlash uchun, homashyoni va asbobni aylanishini talab qilmaydi. Bu usullar na
272
faqat silindrik teshiklarni olishga imkon yaratibgina qolmay, balki silindrik
aylanaga ega bo‘lmagan turli shakldagi teshiklarni olish imkonini ham beradi.
Dostları ilə paylaş: |