276
Lekin 1-usulda qirqish jarayoni titrashlar bilan boradi.Shuning uchun
bunday frezerlash usuli yuqori bikrlikka ega bo‘lgan stanok konstruktsiyalarida,
ya’ni surish mexanizmidagi lyuftni yo‘qotish qurilmasi bo‘lgan stanoklarda
ishlatish mumkin.
Torets frezalar bilan tekis yuzalarni ishlash unumdorligi
silindirik frezalar
bilan (tekis yuzalarni) ishlashga qaraganda yuqori bo‘ladi, undan tashqari
ishlangan yuzaning g‘adir-budirligini balandligi kamayadi, ya’ni ishlangan
yuzaning sifati ortadi. Shuning uchun seriyali ishlab chiqarishda,
tekis yuzalarni
ishlashda, yirik chekka o‘lchamli korpus tipidagi detallarni, katta diametrli torets
frezalardan foydalanib frezerlanadi. Odatda frezerlashda 8÷11 kvalitet aniqligini,
tezligi katta va ingichka frezerlashda 6÷7 kvalitet aniqligini olish mumkin.
Silindrik va torets frezerlashda asosiy (mashina) vaqt quyidagi ifodadan
aniqlanadi.
; (12.17)
bu yerda,
L =l+x+y
frezerlashning hisoblangan uzunligi, mm;
Z
- frezaning tishlari
soni, n- frezaning aylanishlar soni, ayl/min,
i
- o‘tishlar soni,
S
z
-frezaning bir tishiga
to‘g‘ri kelgan surish qiymati, mm/tish.
Silindrik frezerlashda, frezaning botib kirishi quyidagi ifodadan aniqlanadi.
(12.18)
bu yerda,
t
-
frezerlash chuqurligi, mm;
D
- freza diametri, mm; Toretsli
frezerlashda, frezaning botib kirishi
(12.19)
Bu yerda,
B
- frezerlash kengligi, mm;
- frezaning plandagi asosiy burchagi,
grad.
Frezaning ishlab bo‘lgandan so‘ng chiqishi “
y
”
ning qiymati, freza
diametriga qarab y=(2÷5) mm qilib olinadi.
Tekis yuzalarni frezerlashda ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning
keng imkoniyatlari mavjud. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun bir
vaqtda ishlanayotgan homashyolarni sonini orttirish,
bir vaqtda ishlaydigan
277
kesuvchi asboblarni sonini ko‘paytirish va qirqish rejimlarini oshirib ishlash
hisobiga erishish mumkin. Kichik o‘lchamli tekis yuzalarni ishlash uchun,
frezerlash stanogining to‘liq ishchi yurishidan foydalanib, ko‘p o‘rinli
moslamalardan foydalanib ishlanadi.
Tekis yuzalarni frezerlashning ishlab chiqarish unumdorligi frezerlash
stanogining konstruktsiyasiga va ularning texnologik imkoniyatlariga bog‘liqdir.
Frezerlash stanoklari quyidagi konstruksiyalarda (turlarda) tayyorlanadi.
Gorizontal,
vertikal, bo‘ylama frezerlash, karusel frezerlash, baraban frezerlash
stanoklarida yirik o‘lchamli korpus detallarini ikki yoki uch tomonini ishlash
uchun foydalaniladi. Baraban frezerlash stanoklari
parallel tekisliklarga ega
bo‘lgan detallarni bir vaqtda ikki tomonini ishlash uchun xizmat qiladi. Bu usulda
frezerlash yuqori unumdorlikka egaligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: