282
Shaberlash jarayoni quyidagi tarzda olib boriladi. Namunaviy plitaga
ingichka qatlamli kraska (surik, sinka va qora kuya (saja))
surtiladi, keyin
ishlangan yuzali detalni plitaga qo‘yib, yengil kuch bilan detalni siljitsak, yuzaning
g‘adir-budirligi balandliklariga kraska yopishib qoladi, qolgan (yerlari)
yuzalari
toza bo‘lib qoladi. G‘adir-budirlik balandliklaridagi kraska yopishib, qolgan
yuzalari shaberlash jarayoni bilan ishlanadi. Bu jarayonni ishlangan yuzalarni tekis
to‘liq kraska qoplaguncha davom ettiriladi. Namunaviy
plitadan kraskani quruq
artib tashlab, tekshirilayotgan buyumni plitaga qo‘yib siljitiladi. Bunda ishlangan
yuzaning balandliklari oq dog‘lar bilan qoplanadi. Shaberlash sifati ishlangan
yuzaning 1 sm
2
ga to‘g‘ri kelgan dog‘lar soniga qarab belgilanadi: Agar 1 sm
2
ishlangan yuzadagi dog‘lar soni (5÷6) ta bo‘lsa, shaberlash yaxshi o‘tkazilgan
hisoblanadi.
Shaberlashni mehnat sig‘imini kamaytirish
uchun bu jarayonni mexanik
usulga o‘tkazib, mahsus stanoklarda bajariladi, shaber asbobi esa katta quvvatga
ega bo‘lmagan elektrodvigatel yordamida ilgarilanma-qaytarilma harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: