1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Detallarning sirtlariga rezbali ishlov berish



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.4. Detallarning sirtlariga rezbali ishlov berish 
 
12.4.1. Rezbalarning turlari va rezba hosil qiluvchi asboblar 
 
Mashinasozlikda va samolyotsozlikda silindrik rezbalar (mahkamlovchi va 
yuritkichli) hamda, konussimon rezbalar qo‘llaniladi. 
Profil burchagi 60
0
li uchburchakni tashkil etuvchi metrik rezbalar, asosan, 
mahkamlovchi rezba hisoblanadi. 
Yuritkichli rezbalar to‘g‘ri burchakli va trapetsiyasimon shaklli qilib 
tayyorlanadi. Trapetsiyali rezbalar bir kirimli va ko‘p kirimli bo‘ladi. Rezbalar 
tashqi (detalning tashqi aylana sirtida) va ichki (detalning ichki aylana sirtida) 
bo‘lishi mumkin. Yuritkichli rezbalar asosan turli qurilmalarda harakatni uzatish 
uchun ishlatiladi. Masalan, aylanma harakatni chiziqli harakatga o‘zgartirish. 


283 
Tashqi rezbalarni turli asboblar: keskichlar, taroqlar. plashkalar, rezba 
kesuvchi kallaklar, diskli va guruhli frezalar, jilvir tosh, dumalovchi asboblar bilan 
tayyorlash mumkin. 
Ichki rezbalarni tayyorlash uchun keskichlar, metchiklar, guruhli frezalar, 
dumalovchi roliklardan foydalaniladi. 
 
12.4.2. Rezbalarni keskichlar va taroqlar yordamida kesish 
 
Uchburchakli (metrik) rezbalar, ko‘pincha, tokarlik vint qirqar dastgohlarida 
rezba keskichlar yordamida hosil qilinadi. 
Rezba kesishda shakldor (fasom) keskichlardan foydalaniladi, ular prizmatik 
va dumaloq bo‘ladi. Keskichning shakli rezbaning parametrlari bilan bir xil 
bo‘ladi, masalan, keskichning o‘tkirlik burchagi, shakli, rezba shakli va burchagiga 
mos bo‘lishi kerak. Shakldor keskichlar rezba profili o‘lchamlarini oddiy 
keskichlarga nisbatan aniq saqlaydi. Seriyali ishlab chiqarish korxonalarida 
(aviasozlik korxonalari asosan o‘rta va kichik seriyali korxonalar qatoriga kiradi), 
ko‘p keskichli rezbali kallaklar qo‘llaniladi. Bunday kallaklarning kesuvchi qismi 
uchun charxlanmaydigan ko‘p qirrali plastinkalar qo‘llaniladi, ya’ni qattiq 
qotishmali plastinkalarning bitta qirrasi yeyilsa, ikkinchi qirrasi yordamida 
kesishni davom ettirish mumkin. Bu esa ishlab chiqarish unumdorligini keskin 
oshiradi. 
Rezbalarni bitta keskichda kesishda kesuvchi qirrasi tez o‘tmaslashishi 
natijasida, shaklini yo‘qotib qo‘yadi, shuning uchun bitta keskich yordamida 
xomaki o‘tishni amalga oshirish, so‘ng toza o‘tishni toza ishlov beradigan keskich 
bilan amalga oshirish tavsiya etiladi. 
Bir o‘tishda rezba kesish ham qo‘llaniladi. Bunda qattiq qotishmali uchta 
keskich bir paytda qo‘llaniladi. Birinchi qora keskich profil burchak - 70
0
, yarim 
toza keskich - 65
0
va toza keskich - 59
0
bo‘ladi. 
Uchburchakli rezbalarni kesishga nisbatan to‘g‘ri burchakli va trapetsiyali 
rezbalarni kesish juda murakkabdir. 


284 
12.14-rasm (a) da uchta keskich yordamida trapetsiyali rezbani ketma-ket 
kesish ko‘rsatilgan. 
12.14-rasm (b) va (c) da to‘g‘ri burchakli rezbani ikkita va uchta keskich 
yordamida kesish ko‘rsatilgan. 
Rezbalarni kesishda taroqlardan foydalanish, kesish vaqtini qisqartiradi va 
rezba kesish unumdorligini oshiradi. Taroqlarda rezba kesilganda, kesish ishi bir 
necha tishlarga taqsimlanadi, shu maqsadda tishlarni kesish chuqurligi ortib 
boradigan qilib charxlanadi. Juda katta partiyadagi, bir xildagi detallarni 
tayyorlashda taroqlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Taroqlarni dastlabki 
rezba kesishda qo‘llash mumkin, chunki ular yuqori aniqlikni bera olmaydi. 
Taroqlar yassi, tangensial, halqali, vintli, ariqachali va diskli bo‘ladi 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin