1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Metchiklar yordamida ichki rezbalarni kesish



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.4.6. Metchiklar yordamida ichki rezbalarni kesish 
 
Ichki rezbalar ko‘pincha metchiklar yordamida kesiladi. Metchiklar dastaki 
va mashinali bo‘ladi. Dastaki metchiklarning, odatda ikki yoki uch donadan iborat 
to‘plamlari qo‘llaniladi. Mashina metchiklari asosan parmalash dastgohida 
ishlashda qo‘llaniladi. Mashina metchiklari yaxlit, pichoqlar to‘g‘ri o‘rnatilgan va 
gaykali bo‘ladi.
Kichik va o‘rta diametrli teshiklarda rezba kesish uchun yaxlit va gaykali 
metchiklar, katta diametrli (300 mm gacha) teshiklarda rezba kesish uchun 
pichoqlari to‘g‘ri o‘rnatiladigan yaxlit metchiklar yoki suriluvchi plashkali rezba 
kesuvchi kallaklar qo‘llaniladi. 
Mahkamlovchi detallarni seriyali ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda gaykalar 
tayyorlashda, yani gaykalarni ixtisoslashgan ishlab chiqarishda, mahsus gayka 
kesuvchi dastgohlar qo‘llaniladi. 
Yuqori qattiqlikgacha termik ishlov berilgan po‘latlarda, hamda qiyin ishlov 
beriladigan po‘latlarda va mustahkamligi oshirilgan qotishmalarda qattiq 
qotishmali metchiklar yordamida rezba kesish uchun, kesiladigan rezbaning 
turg‘unligini va sifatini tezkesar po‘latdan yasalgan metchikda kesishdagiga 
nisbatan oshiradi. Diametri 40 mm va undan katta bo‘lgan rezbalarni qattiq 
qotishmali metchiklarda olinadi. Rezbalar ochishda qattiq qotishmali metchiklarni 
qo‘llash, asbobning yanada yuqori sifatini va uzoq muddat ishlatilishini taminlaydi. 
40 va 40X (HRC 38-40) po‘latlar uchun T5K10 plastinkali-metchik, yuqori 
mustahkam cho‘yan (HB350÷380) uchun BK8 plastinkali metchik qo‘llaniladi. 
 


288 
12.4.7. Rezbalarni jilvirlash 
 
Rezbalarni jilvirlash usuli rezba kesuvchi asboblarni, rezba kalibrlarini, 
dumalatish roliklarini, aniq vintlarni va boshqa aniq rezbali detallarni tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Rezbalar, odatda termik ishlov berilgandan keyin jilvirlanadi, chunki 
termik ishlov berilgandan keyin, ko‘pincha, rezbaning qismlari o‘zgarib ketadi. Bir 
va ko‘p ignali jilvirlash jarayoni, tegishli ravishda diskli yoki guruhli frezerlashga 
o‘xshaydi. 
Bir ignali jilvir tosh doirasi bilan jilvirlash detalning bo‘ylama surilishi 
hisobiga amalga oshadi. Ko‘p ignali jilvir tosh doirasini detalning rezba kesilgan 
qisqa qismini (odatda, 40 mm dan kam bo‘lgan) jilvirlashda qo‘llash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Jilvirtosh doirasining kengligi jilvirlanadigan rezba uzunligidan 
2÷4 qadam katta bo‘lishi kerak. Jilvirtosh doirasida talab qilingan qadam bo‘yicha 
halqali jilvirlash rezbalari hosil qilinadi. Jilvirlash detalni bo‘ylama surish 
bo‘yicha, 2÷4 ta rezba qadamini detalning 2÷4 aylanishida kesib olish usuli bilan 
amalga oshiriladi. 
Rezbalar asosan mahsus rezba jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi. Donaboy 
ishlab chiqarishda ichki va tashqi rezbalarni mahsus moslamalar yordamida, yuqori 
aniqlikdagi rezbalarni tokarlik-vint qirqish dastgohlarida jilvirlash mumkin. 
Rezbalarni markazsiz jilvirlash ommaviy ishlab chiqarishda ko‘p ignali jilvir 
toshlar bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin