XIII BOB
METALLARNI ELEKTROFIZIK VA
ELEKTROXIMIK ISHLASH
Mehnat unumdorligini oshirish, yangi ilg‘or texnologik usullarni qo‘llash,
qo‘l mehnatini kamaytirish va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish hajmini
oshirish xalq xo‘jaligida ilmiy-texnik yo‘nalishning asosini tashkil qiladi.
Mashinasozlikda, materiallarga elektrofizik va elektroximik ishlash usullarini
qo‘llash katta ahamiyatga ega: (detal yuzalarini mahsus qoplamalar bilan qoplash,
qiyin ishlanadigan materiallarni ishlash, materiallarni bichib-qirqish (“raskroy”) va
hokazo.)
Materiallarni elektrofizik va elektroximik ishlash quyidagi usullarni o‘z
ichiga oladi: elektroximik, elektroximik-mexanik, elektroerroziya, elektrogidravlik,
elektron-nurli, plazmali, ultratovushli va boshqalar. Bu usullarning mexanikaviy
bosim bilan ishlashdan farqi, ishlovchi asbob (keskich) sifatida elektr energiyasi
yoki energiya hosil qiladigan fizikaviy hodisa qo‘llaniladi.
Bu usullarni hammasini elektrotexnologiya deb atasak, elektrotexnologiya
materiallarni ishlashni boshqa usullaridan foydali farq qiladi.
1. Ishlash tezligi, sifati va mehnat unumi ishlanayotgan materialni fizik-
mexanik xossalariga bog‘liq emas. Xohlagan mexanik xossali materialni ortiqcha
kuch qo‘llamasdan ishlash mumkin. Masalan, elektroerroziyali ishlashda 10000
0
C
harorat chiqadi va bu haroratda metal yoki tok o‘tkazadigan qotishma eriydi va
parlanadi. Elektroximik ishlash jarayonida, ishlanayotgan yuza erishi (yemirilishi),
materialni mexanik xossalariga bog‘liq emas. Mehnat unumiga materialning
mexanik xossalari ta’sir qiladi: elektroerroziya ishlashda issiqlik o‘tkazish
qobiliyati; elektroximik ishlashda, uning valentligi ta’sir qiladi.
2. Ishlanaytgan materialga nisbatan ancha qattiq bo‘lgan abraziv yoki
mahsus asbobni keragi yo‘qligi. Elektrofizik va elektroximik ishlashda asbob
tomondan zagotovkaga bosim yo‘q. Aksincha, ular orasida tirqish bo‘lishi kerak.
3. Materiallar sarfini talaygina qisqarishi.
302
Ayniqsa qimmatbaho materiallarni qirqishda qo‘l keladi. Germaniy,
kremniy, rubin, kvars, olmos va boshqa monokristalarni ishlashda - bichib
qirqishda talaygina iqtisod qilinadi. Ikkinchi tomondan, qimmatbaho (keskich)
asbobsozlik materiallari, abrazivlar, olmoslar, qattiq qotishmalar, asbobsozlik
po‘latlariga zarurat yo‘qoladi.
4. Detallarni tayyorlash aniqligi yuqori, mexanik ishlov berish mumkin
bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan holda ham amalga oshiriladi.
Hozirgi
zamon
mashinasozligida,
ayniqsa,
samolyotsozlikda,
dvigatelsozlikda, o‘ta yuqori aniqlikdagi detallarni ishlashga to‘g‘ri keladi:
forsunkalar, plunjer juftlari, pretsizion elektrodvigatellarining magnitoprovodlari
va hokazo. Bu detallarning aniqligi 2-5 mkm. Mexanik ishlov berish bilan bu
aniqlikni ta’minlash ancha mashaqqat. Aniq miniatyur detallar asosan shu usul
bilan ishlanadi.
5. Bir qator operatsiyalarni bajarish uchun texnologiyaning nisbatan
murakkab emasligi, ishlanayotgan yuzaning hammasi birdaniga ishlanishi.
6. Katta chekka o‘lchamli buyumlarning mahalliy (ba’zi) yuzalarini mahsus
yirik stanoklarsiz ishlash imkoniyati.
7. To‘la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati.
8. Yuqori mehnat unumi va iqtisodiy samaradorlik. Nuqson va braklarning
kamayishi. Mehnat sig‘imini pasayishi.
303
(
5
.
3
)
304
Dostları ilə paylaş: |