(
5
.
3
)
319
13.10. Elektrokontakt charxlash
Metal qirquvchi asboblarni-keskichlarni charxlashni (13.11-rasm, c) amalga
oshirish, oson va nisbatan mehnat unumi yuqori jarayondir. Bu jarayonni
xususiyatlaridan biri charxlovchi diskni va ishlanuvchi keskichni to‘la yog‘ ichida
bo‘lishidir. Aks holda o‘ta qizishi va qattiq qotishmali
plastinka darz ketishi
mumkin.
13.11. Elektrokontakt yo
‘
nish
Bu mexanik ravishda qirqib ishlashning bir turidir. Faqat qirqish zonasiga
tok yuboriladi (13.11-rasm, d). Mehnat unumi ortadi; ayniqsa, qattiq va qovushqoq
materialni qirqishda qirqish kuchi kamayadi (toblangan po‘lat,
olovbardosh,
kislotabardosh). Ushbu usul bilan yana ishlangan yuza sifatini oshirish uchun
foydalaniladi. Keskich supportdan prokladka bilan izolyatsiya qilinadi va suv bilan
sovutiladi. Elektrokontakt yo‘nish usuli toblangan detallarni toza yo‘nishda ham
qo‘llaniladi. Natijada boshqa toza ishlov berish operatsiyalariga (masalan,
jilvirlash) xojat qolmaydi.
13.12. Elektrokontakt parmalash
Bu operatsiyada elektrokontakt ishlash hisobiga metal materiallar qo‘ynida
yemirilish natijasida teshik yoki bo‘shliq hosil bo‘ladi. Operatsiyani lozim
shakldagi bo‘shliqli elektrod yordamida bajariladi.
Ishlash zonasiga suyuqlik
berilib turiladi (13.11-rasm, e). Agar elektrod silindrik shaklda bo‘lsa, u
aylantiriladi.
Simmetrik
bo‘lmagan
elektrodlar
tebrantiriladi.
Xohlagan
qattiqlikdagi materialni ishlash mumkin.