13.6-rasm. Toza anod-mexanikaviy ishlash sxemasi: a- qo‘zg‘aluvchan katod bilan;
b- qo‘zg‘almas katod bilan. 1-pritir; 2-buyum; 3-katod; 4-elektrolit.
Ikkinchi gruppada operatsiyalar elektroneytral asbob bilan katod-plastina
mavjudligida, mahsus ishchi suyuqlik qo‘llanilganda olib boriladi, (13.6-rasm, b).
Toza anod - mexanikaviy ishlash usuli, kerak bo‘lgan ishlangan yuza sifatini
va belgilangan o‘lchamlar aniqligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
13.5. Elektroabraziv ishlash
Elektroabraziv ishlash anod - mexanikaviy ishlashning bir turidir. Bu yerda
asbob va katod vazifasini tok o‘tkazuvchi jilvir tosh bajaradi. Jilvir tosh va
ishlanayotgan detal orasidagi tirqishni abrazivning donalari ushlab turadi (13.7-
rasm).
(
5
.
3
)
312
13.7-rasm. Elektroabraziv ishlash jarayoni sxemasi. 1- abraziv donalar; 2- jilvir tosh; 3-
elektrolit; 4- erish mahsulotlari; 5- chuqurlik; 6- ishlanayotgan detal.
Detal 6 bilan jilvir tosh 2 orasidagi tirqish (dona 1 tashkil qilgan) elektrolit 3
bilan to‘lg‘iziladi. Ishlanayotgan yuza anod erish jarayonida yemiriladi. Erish
mahsulotlari 4 buyum yuzidan aylanayotgan jilvir tosh donalari vositasida chiqarib
tashlanadi. Bir vaqtni o‘zida tirqishga yangi elektrolit uzatiladi. Erish
mahsulotlarini bir oz qismi chuqurliklarni 5 to‘ldiradi.
Elektroabraziv ishlashni prinsipial sxemasi 13.8-rasmda ko‘rsatilgan. Tok
o‘tkazadigan jilvir tosh 3 sirpanuvchi kontakt 2 orqali doimiy tok manbaining 1
manfiy qutibiga ulangan.
Ishlanayotgan detal 4, reostat 6 orqali musbat qutbga ulangan. Ishlash
zonasiga elektrolit 5 quyiladi. Jilvir tosh
V
ayl
=(20÷30) m/sek aylanadi. Shpindel
kallagi yoki detal u yoki bu yoqqa suriladi.
Qattiq qotishmalarni elektroabraziv ishlashda yuza sifati
R
a
=(0,08÷0,04)
mkm ga yetadi.
(
5
.
3
)
313
Dostları ilə paylaş: |